1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


«Sali haqiqatiga» ko‘ra franklarning ijtimoiy tuzumi



Download 57 Kb.
bet8/20
Sana19.08.2021
Hajmi57 Kb.
#151601
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-dars maruza matni

«Sali haqiqatiga» ko‘ra franklarning ijtimoiy tuzumi. Franklarning V asr oxiri —VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi «Sali haqiqati» franklarning sud sohasidagi rasm-qoidalarni to‘plami bo‘lib, Xlodvig zamonida, uning podsholi-gining oxirlarida (500 yilga yaqin) yozilgan bo‘lsa kerak. «Sa­li haqyqati»ga («Lex Salia») asoslanib turib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. «Sali haqiqati»dagi bir qancha moddalar erkin frank­larning ekin erlari, turli xildagi dehqonchilik qurollari, ish hayvonlari bo‘lganligidan, boshoqli o‘simliklar etishtir-ganligidan dalolat beradi.

Ularning xo‘jaligida chorv'achilik (ayniqsa cho‘chqa boqish) ham katta rol o‘ynagan. «Sali haqiqati»da yana baliqchilik, asala-richilik, bog‘dorchilik va dehqonchilikka oid bo‘lgan asosiy hunarlar to‘g‘risida ham gapiriladi. Unda dehqonning hovlisi va bu hovlidagi har turli xo‘jalik binolari, asbob-uskunalar to‘la tasvirlab berilgan. Jam-oa a’zosi bo‘lgan frank dehqon-lari shaxsiy mulk tarzida tomorqa erga ega bo‘lganlar, jamoaga qarashli bo‘lgan dalada ma’lum er uchastkalarini ishlaganlar, jamoaga qarashli keng o‘rmon va yaylovlardan birgalikda foy-dalanganlar. «Sali haqiqati»da erni sotish va sotib olish to‘g‘­risida, uni birovga in’om qilish yoki vasiyatga muvofiq boshqa kishiga topshirish to‘g‘risida hech narsa deyilmaydi. Haqiqatda franklarda o‘sha vaqtda er xususiy mulk emas edi. Er jamo~a tash1kilotiping mulki bo‘lyb, ayrim frank o‘z er uchastkasidan ma’lum shartlar asosida foydalanardi, xolos. Hosil yig‘ib olingapdan keyin dalalarda hamma birgalikda mol boqardi.

«Sali haqiqati»da o‘rmon va yaylovdan, suvdan birgalikda foydalanish haqida gapirilgan moddalar bor. Qishloq jamoa-si (marka) bu manbaga ko‘ra, o‘z hayotining ilk bosqichida hali mutlaqo urug‘chilik tuzumiga xos bo‘lgan belgilarga ega edi. <-Sali haqiqati»ga ko‘ra urug‘ jamoaga qarashli erlarning aso­siy egasi bo‘lish bilan birga, yana siyosiy tashkilot ham edi. Urug‘ a’zolarining havdmasi ,kafillgakda qatnashardi, ya’ni sudda aybdor qarindoshi uchun kafolat berardi. Qotillik uchun to‘la- shdig.'sh xunning (vergeldning) faqat bir qlsminigina qotil-ippg oilasi to‘lar edi. Buni urug‘ a’zolari ham to‘lashi lozym edi. SHuningdek vergeld ham o‘ldirilgan odamning oilasi bilan urug‘ o‘rtasida taqsimlanardi. Er urug‘dan tashqariga chiqib ketmasin uchun erni ayollarga berish yoki qoldirish taqiq-langan edi. Farzandsiz frank o‘lsa, uning eri aka-ukalariga va o‘zining urug‘idagi boshqa erkak qarindoshlariga o‘tar edi.

Biroq «Sali haqiqati» urug‘chilik tuzumining emirila bosh-laganligidan ham dalolat beradi. Vorislik va kafolat huquqi-dan voz kechib, urug‘dan chiqish mumkin edi. Franklarda sotsial va mulkiy bo‘linish (tabaqalanish) ochiq ko‘rinib turardi. Bi-rinchi o‘rinda korol drujinachilari turardi, bularning ver-geldi (xuni) 600 solid1 belgilangan zdi. Oddiy erkin frank-ning joni uchun faqat 200 solid vergeld to‘lanar edi. YArim erkin kishining — litning — vergeldi esa 100 solid edi. Qul-ni o‘'ldirganlik uchun quldorga 30 solid to‘lanardi, ya’ni urushda miniladigan otni o‘g‘irlaganlik uchun qancha to‘lansa, qul uchun ham o‘shancha to‘lanardi. SHunisi xarakterliki, rimlikni o‘ldir-ganlik uchun to‘lanadigan vergeld franknikidan ancha kam edi.

Yirik pomestelar bo‘lgan-bo‘lmaganligi «Sali haqiqati»da ochiq aytilmagan. Lekin, ba’zi bir alomatlarga (xonaki hu-narmandlar sonining ro‘yxatiga qullar sonining juda ko‘pchi-ligiga va boshqalarga) qarab fikr yuritganda, V—VI asrlar-dayoq 'erkin frank qishlog‘i bilan bir qatorda yirik er egala-rining pomestelari ham bo‘lgan. Katta er egalari korolning o‘zi, uning drujyanachilar, govori tabaqa ruhoniylari va qis-man erlarni saqlab qolgan hamda saroy ahliga yaqin bo‘lgan («Sali haqi!qati»da aytilishicha, «korolning hamtovoqlari» bo‘lgan) rimlik er egalari edi. SHunday bo‘lishiga qaramay, bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to‘la huquqli a’zosi, jamoa erining egasi, yirik er egasiga qaram bo‘lmagan, mustaqil bo‘lgan erkin deh-qon edi. F. Engels feodalizmdan oldingi frank qishlog‘ining o‘ziga xos ahvolda bo‘lganligivi qayd qili|b, «Erkin frank dehqoni rim kol'oni bilan yangi krepostnoy o‘rtasidagi figura edi»2 deb yozgan edi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish