1- Mustaqil ish
Glossariy
Sirt
— fazoning ikki qo‘shni sohasidagi umumiy qismi,
geometriyaning asosiy
tushunchalaridan biri. Maktab geometriya
kursida faqat tekislik, ko‘pyoqlik va
ayrim egri S.lar qaralib, ularning har biri aniq shartlar asosida ta’riflanadi.
Masalan, shar S.i berilgan nuqtadan biror aniq masofadagi nuqtalar to‘plami deb
qaraladi. Matematik jihatdan S.ning qat’iy ta’rifi topologiya
tushunchalariga
asoslanadi.
Bunda sodda S. tushunchasi asosiy rol o‘ynaydi. Sodda S. deganda,
uzluksiz deformatsiya (cho‘zilish,
qisilish, egilish)ga
uchragan oddiy tekislik
bo‘lagini tasavvur etish mumkin. Masalan, kvadrat ichki yuzlarining
gomeomorf
(ya’ni o‘zaro va uzluksiz) aksi sodda S.dir. Yarim sfera ham sodda S.ga
misol
bo‘ladi. Lekin butun sfera sodda S. bo‘la olmaydi. Bunda muntazam S.
tushunchasidan foydalaniladi. Muntazam S. — har bir nuqtasining
yetarlicha
kichik atrofi sodda S. bo‘lgan S.dir.