1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Peptidlar va ularning ro’li



Download 1,68 Mb.
bet13/42
Sana15.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#366861
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
biokimyo

14. Peptidlar va ularning ro’li. Biologik faol peptidlar Biologik faol peptidlar ta’siriga ko‘ra quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi: 1. Gormonal faollikka ega bo‘lgan peptidlar (vazopressin, oksitotsin, adrenokortikotrop, glyukagon, kaltsitonin, melaninstimullovchi gormon, rilizing omili va boshqalar). 2. Ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi peptidlar (gastrin, sekretin va boshqalar). 3. Vazoaktiv peptidlar. 4. Neyropeptidlar. Angiotenzin, bradikinin va kallidinlar vazoaktiv peptidlarga kirib, qon tomir tonusiga ta’sir etadi.. Angiotenzin angiotenzinogendan renin ta’sirida hosil bo‘ladi. Angiotenzinogen faol bo‘lmagan oqsil bo‘lib, bir qancha proteolitik fermentlarni (tripsin va renin) ta’sirida quyidagi sxema bo‘yicha hosil boradi:Bradikinin – polipeptid bo‘lib quyidagi tuzilishga ega: H-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH Kallidin – dekapeptid bo‘lib, faol bo‘lmagan plazmin oqsilidan kininogen hosil bo‘ladi va bradikinindan oxirgi aminokislota qoldig‘i bilan farq qiladi: H-Liz-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH Hamma hayvon to‘qimasida va qisman o‘simliklarda kichik molekulali tripeptid glutation ko‘p miqdorda tarqalgan bo‘ladi. Glutation (γ-glutamil-tsistein-glitsin) qaytarilgan va oksidlangan shakllarda bo‘ladi. Ularni qisqartirilgan holda quyidagicha GSH, G - S - S - G yoziladi. Ba’zi peptidlar xotira, qo‘rqish, uyqu va boshqa hodisalarning biokimyoviy mexanizmida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq neyrpeptidlar ma’lum bo‘lib ular asosan bosh miyada uchraydi. Ularning ikkita vakili enkefalinlar va endorfinlar deyiladi. Bular metioninenkefalin va leytsin enkefalinga bo‘linadi. Bu peptidlar asosan C-oxirgi aminokislota bilan farq qilib, og‘riq qoldiruvchi ta’siriga ega va ular dorivor modda (preparatlar) sifatida ishlatiladi. Enkefalinlar – pentapeptidlar bo‘lib, B-lipotrop aminlarni fragmenti hisoblanadi. Shunday qilib, oqsillar organizmda juda ko‘p xilma-xil vazifalarni bajaradi: organizmning qurilishi va unda sodir bo‘ladigan hamma biologik jarayonlar albatta oqsillar faoliyati bilan bog‘liq. 15. Oqsillarning mikromolekulyar strukturasi: protomerlardan iborat oligamerlar. Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, ular subbirliklar yoki protomerlar deb nomlanadi. Har bir protomer o‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga ega. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoda joylashuvi oqsil molekulasining to‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.Ayrim oqsillar to‘rtlamchi strukturasida protomerlar globulyar ko‘rinishda bo‘ladi.Masalan: gemoglobin oqsili molekulasida polipeptid spirallari vintsimon simmetrik holda birlashgan bo‘ladi. To‘rtlamchi strukturaga gemoglobin, tamaki virusi oqsili, RNKpolimeraza, laktatdegidrogenaza, katalaza va boshqalar ega bo‘ladi. Demak, birgina polipeptid zanjiridan iborat bo‘lgan oqsil molekulasi to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘la olmaydi. To‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan oqsil molekulasiga oligomer oqsil deyiladi. Masalan: gemoglobin molekulasi (M=64500) 4ta subbirlikdan yoki polipeptid zanjirlaridan tashkil topgan. Bu polipeptidlarning har biri birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturaga egadir. To’rtta polipeptid zanjirining har ikkitasi bir xil birlamchi strukturaga ega, shuning uchun ikkita α va ikkita β -polipeptidlar gemoglobin molekulasini to’rtlamchi strukturasini hosil qiladi. α -polipeptid zanjirida 141, β−polipeptid zanjirida esa 146 ta aminokislotalar qoldig’i joylashgan. Gemoglobin oqsili globulyar konfiguratsiyada bo’ladi.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish