4. FAZAVIY MUVOZANAT. FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI. Massalar ta’siri qonuni bir jinsli gomogen moddalar orasida bo‘ladigan muvozanatlar uchungina tadbiq etiladi.Ko‘p jinsli moddalar orasidagi yuzaga keladigan muvozanat geterogen yoki fazaviy muvozanat deyilib, bunday muvozanat massalar ta’siri qonuniga bo‘ysunmaydi. Ko‘p fazali geterogen sistemalardagi muvozanatni xarakterlash uchun Gibbs (amerika fizigi) 1873-1878 yillarda fazalar qoidasini yaratdi. Bu qoida – geterogen sistemaning alohida olingan gomogen qismlari qanday sharoitda ( P, T, C va h.z. ) o‘zaro termodinamik muvozanatda turishini ifodalaydi.Geterogen sistemadagi moddalar bir-biridan chegara sirtlari bilan ajralgan bo‘ladi. Geterogen sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirt bilan ajralgan va bir xil kimyoviy, fizikaviy hamda termodinamik xossaga ega bo‘lgan gomogen qismi faza (Ф) deyiladi. Misol:chin eritmalar, gazlar aralashmasi(masalan – havo) bitta fazani tashkil etadi. To‘yingan eritmaning o‘zi birgina fazadan iborat, lekin uning ustidagi to‘yingan bug‘ ham nazarga olinsa, albatta ikki fazadir.Demak, moddalar sistemani har xil agregat holatda (gaz, suyuq, qattiq) tashkil etishi mumkin. SHunga ko‘ra sistemalar bir fazali, ikki fazali, uch fazali va ko‘p fazali bo‘ladi.Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo‘lib, bu moddalar sistemasining tarkibiy qismlari deb ataladi. Sistemadan ajratib olinganda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘la oladigan tarkibiy qism (individual kimyoviy birikma) komponent deyiladi. Komponentlar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.Har bir komponent boshqa komponentlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘la oladi va o‘zgarishi mumkin. Muvozanatdagi sistemalar komponentlar soniga qarab – bir, ikki va ko‘p komponentli bo‘ladi. Komponentlar sonini aniqlashda sistemaning hamma tarkibiy qismlari hisobga olinmaydi.Sistemaning tashqi parametrlari (P, T) o‘zgarsa, muvozanat buziladi: eritma konsentratsiyasi o‘zgaradi , biror faza yo‘qoladi yoki yangi faza hosil bo‘ladi. Bu kabi o‘zgarishlar sistemada yangi muvozanat yuzaga kelgunga qadar davom etadi. Fazalarni bu kabi bir-biriga aylanishida o‘zgaradigan parametrlar soni fazalar qoidasi asosida topiladi. 5.Ideal gaz qonunlari. Gaz holati tenglamalari. Boyl-Mariott, Sharl va Gey-Lyussak qonunlari Moddalar uch agregat holatda gaz, suyuqlik va qattiq holatda bo’ladi. Gaz, suyuq va qattiq moddalarning bir-biridan farqi ularning molekulalari orasidagi masofada va ulardagi molekulalararo ta’sirning tabiati bilan kuchidadir. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa katta, molekulalarning o’zaro ta’sir kuchi esa kichik bo’ladi. SHuning uchun gazlar katta hajmni egallashga intiladilar.Suyuqlik molekulalari orasidagi masofa gazlarnikiga qaraganda ancha kichik, molekulalarning ta’sir kuchi ancha kattadir. SHu sababli suyuqliklarning shakli o’zgarsa ham hajmi o’zgarmaydi, chunki molekulalar orasidagi ta’sir kuchi shaklini saqlashga etarli emas.O’zgarmas sharoitda qattiq moddalarning hajmi ham, shakli ham o’zgarmas bo’ladi, chunki ularining molekulalari odatda bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan va ularni o’zaro ta’sir kuchi katta bo’ladi.Suyuqlik molekulalari orasidagi masofa gazlarnikiga qaraganda ancha kichik, molekulalarning ta’sir kuchi ancha kattadir. SHu sababli suyuqliklarning shakli o’zgarsa ham hajmi o’zgarmaydi, chunki molekulalar orasidagi ta’sir kuchi shaklini saqlashga etarli emas.O’zgarmas sharoitda qattiq moddalarning hajmi ham, shakli ham o’zgarmas bo’ladi, chunki ularining molekulalari odatda bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan va ularni o’zaro ta’sir kuchi katta bo’ladi.Demak, moddaning agregat holatini o’zgaritirish uchun uning molekulalari orasidagi masofani va ularning o’zaro ta’sir kuchini o’zgartirish kerak. Bu bosim va temperaturani o’zgartirilishi bilan amalga oshiriladi.Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha ideal gazga yaqinlashib boradi. T-raning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni Ideal gazlar deb qarash mumkin.Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi.Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha ideal gazga yaqinlashib boradi. T-raning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni Ideal gazlar deb qarash mumkin.