1-keys. Mavzu. Pedagogik tadkikotlar metodologiyasi fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalari


Siz nima deb o‘ylaysiz, seminar-trening oldiga qo‘yilgan maqsad to‘liq



Download 384,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana13.12.2022
Hajmi384,84 Kb.
#884835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
55887 PTM Keyslar banki (1)

1.Siz nima deb o‘ylaysiz, seminar-trening oldiga qo‘yilgan maqsad to‘liq 
amalga oshdimi?
2.Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq holda qo‘llanilayotgan 
tushunchalarning mohiyati yetarlicha aniqlashtirildimi? 
3. Siz mazkur tushunchalarni qanday izohlagan bo‘lar edingiz? 
4.Seminar-treningda qaysi tushuncha mohiyatiga umuman e’tibor 
qaratilmadi? 
5.“Metodika” va “texnologiya” tushunchalarini farqlashga doir I.Jo‘raev 
tomonidan 
berilgan 
javobga 
siz 
qanday 
munosabat 
bildirasiz? 
D.Abdullaevaning o‘z nutqida Aqliy hujum, B-B-B, kaskad, pinbord kabilarni 
texnologiya deb ishlatishi to‘g‘rimi? L.Vasiljonovaning “metod” va 
“texnologiya” tushunchalariga nisbatan aytan fikrini qanday baholaysiz? 
6.Grafik organayzerlarni “ta’lim vositasi”mi yoki “metod” sifatida talqin etish 
maqsadga muvofiqmi?
2-КЕЙС. II. Mavzuga oid keys topshirig‘ini bajarish. 
KEYS-STADI: Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash: muammo va yechim. 
Real ta’lim amaliyoti ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish 
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini to‘liq tasdiqlamoqda. Biroq ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni oliy ta’lim jarayoniga qo‘llash bilan bog‘liq bir qator 
muammolar ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqdaki, ularni e’tiborga olish va hal etish 


ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday dolzarb muammolar sirasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)ta’limda qo‘llash uchun mo‘ljallangan interfaol metodlar tasnifi va ularning 
mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning yetarli 
emasligi. 
Garchi respublikamizda J.G‘.Yo‘ldoshev, N.N.Azizxodjayeva, 
L.V.Golish, O‘.Tolipov, N.Sayidaxmedov, B.Ziyamuxammedov, M.Tojiyev kabi 
olimlar tomonidan pedagogik texnologiyaga doir qator o‘quv qo‘llanmalar 
yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur o‘quv qo‘llanmalarda ta’lim jarayonida 
qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol metodlar va ularni qo‘llashga doir metodik 
ko‘rsatmalar aniq o‘z ifodasini topmagan. Mazkur holat o‘qituvchilarining interfaol 
metodlarni qo‘llashga doir ma’lumotlardan to‘la xabardor bo‘lmasligiga olib 
kelmoqda. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonini kuzatish o‘qituvchilar keng 
qo‘llaydigan interfaol metodlar juda kamchilikni tashkil etishini ko‘rsatadi. Bunday 
metodlar sifatida klaster, B-B-B chizmasi, aqliy hujum, “Baliq skeleti” chizmasi, 
“Qanday? diagrammasi” kabilarni aytib o‘tish mumkin; 
2) o‘qituvchilar interfaol metodlarni qo‘llash qoidalariga ham to‘liq rioya 
qilishmayapti. Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning o‘ziga xos 
xususiyati, mavzuning maqsad va vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, 
mashg‘ulot shakli, auditoriyada maqbul shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni 
aniq hisobga olmasdan qo‘llanilmoqda. Oddiy bir misol: o‘qituvchilar, ayniqsa, 
yosh o‘qituvchilar deyarli har bir mashg‘ulotida klaster metodini qo‘llaydi. Eng 
qizig‘i, mazkur metod orqali o‘quv maqsadiga erishish mumkin yoki mumkin 
emasligidan qat’iy nazar undan foydalanish holati ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, 
uch-to‘rt doirani chizish orqali tarmoqlar hosil qilish ham mumkin emas. Mazkur 
metod o‘quvchilarning ma’lum bir narsa-hodisa, jarayon yoki tushunchaga oid 
fikrlarini umumlashtirish, ularni tizimlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ana shu 
asosdan kelib chiqqan holda, klaster metodidan o‘tilgan materialni mustahkamlash 
bosqichidagina foydalanish mumkin. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, 
interfaol metoddan noo‘rin foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga emas, 
aksinchi mashg‘ulot sifatini pasaytirishga olib keladi. Demak, o‘qituvchilarning 


kognitiv kompetentligini oshirmasdan turib, interfaol metodlarni qo‘llashda ma’lum 
samaradorlikka erishib bo‘lmaydi; 
3) oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan ta’lim 
texnologiyalari tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, aksariyat o‘qituvchilar 
o‘quv maqsadlarini pedagogik vazifalarga aylantirish, uni kutiladigan natijaga mos 
holda aniqlash ko‘nikmasiga ega emasdirlar. Ular tomonidan ishlab chiqilgan barcha 
mashg‘ulotlarning texnologik ishlanmalarida identiv o‘quv maqsadlarini vazifalarga 
aylantirish bir xil fe’l turkumidagi so‘zlar (ma’lumot berish, ochib berish, yoritib 
berish, izohlash kabilar)dan foydalanilgan. Yana-da, aniqroq qilib aytganda, 
aksariyat professor-o‘qituvchilar ta’lim texnologiyalarini tayyor namunaga o‘xshash 
tarzda yaratganlar. Mazkur holat o‘qituvchilarning Blum taksonomiyasi va shunga 
o‘xshash taksonomiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega emasliklarini 
ko‘rsatadi. Identiv o‘quv maqsadlarini o‘quv vazifalariga aylantirish ko‘nikmasiga 
ega bo‘lmasdan turib, mashg‘ulot jarayonini muvafaqqiyatli loyihalashga erishish 
mumkin emas. 
Professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ta’lim texnologiyalarida o‘quv 
maqsadini vazifalarga aylantirish, o‘quv maqsadiga erishish metodlarini belgilashda 
bir xillikka yo‘l qo‘yganliklarining yana bir sababi o‘quv-uslubiy majmualarni 
to‘playdigan mutaxassislarning andozadan chiqib ketmaslikni qat’iy talab qilishidir. 
Hatto ayrim texnologik ishlanmalarning deyarli barcha mavzularida bir yoki bir 
nechta metodlarning qayta-qayta takrorlanishi ko‘zga tashlanadi. Professor-
o‘qituvchilar aynan shu metodlardan foydalanilmasa, ular tomonidan yaratilgan 
ta’lim texnologiyalari qabul qilinmasligini haqidagi fikrni bildirishadi. Texnologik 
ishlanmalarni yaratishni bunday tarzdagi talabni qo‘yish ham texnologik jarayon 
qoida va mezonlariga ziddir; 
4) ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish an’anaviy o‘qitish 
tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi lozim. Chunki barcha auditoriya 
mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash imkoniyati mavjud emas. 
O‘qituvchilaridan har bir mashg‘ulot jarayonida interfaol metoddan foydalanishni 
talab etish ham o‘rinli bo‘lmaydi. Eng asosiysi, texnologik yondashuv asosida o‘quv 


mashg‘ulotida kutilgan natijaga erishilishi lozim. Mazkur jarayonda maqsadga 
erishishga imkon beruvchi istalgan maqbul metodlardan foydalanish mumkin. 
Shuningdek, ayrim o‘qituvchilar texnologik yondashuvni noto‘g‘ri talqin etgan 
holda, yangi mavzuni o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘tib berilishini talab 
qilishmoqda.Mashg‘ulotga nisbatan bunday yondashuv uning samaradorligini 
ta’minlashga to‘liq xizmat qilmaydi.
Faqat anjuman-ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning ma’ruzalari asosida 
tashkil etish imkoniyati mavjud va bu sohada respublikamizda katta tajriba 
to‘plangan. Bunda ham anjuman-ma’ruzani tashkil etish va o‘tkazish talablariga 
rioya qilinishi lozim. 

Download 384,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish