Savol: Tajribaga ko‘ra qaysi holatda mavhum qaynash yuz beradi
5-KEYS
SUYUQLIK MUHITLARIDA ARALASHTIRISH
Kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish, gomogen sistemalar hosil qilish, issiqlik va modda almashinish jarayonlarini tezlatish uchun suyuqlik muhitlarini aralashtirish keng kullaniladi.
Aralashtirgich, suyuqlik yoki gazning ingichka oqimi ta’sirida qurilma xajmidagi oquvchan muhit zarrachalarini bir-biriga nisbatan ko‘p marotaba stljitishga asoslangan jarayon aralashtirish deyiladi.
Aralashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: a) qattiq zarrachalarni suyuqlik xajmida bir tekisda tarkatish (suspenziya hosil qilish); b) suyuqlik zarrachalarini tegishli o‘lchamlargacha maydalash va ularni suyuqlik muhitida bir tekisda tarkatish (emulsiya hosil qilish); gaz zarrachalarini suyuqlikda bir tekisda tarkatish (aeratsiya); g) suyuqlikni isitish yoki sovutish jarayonlarini tezlashtirish; d) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish) modda almashinishini tezlashtirish.
Savol: Kimyo sanoatida aralashtirishning qanday usullaridan foydalaniladi?
Bu usullarni tanlash paytida qanday sharoitlar hisobga olinadi?
6-KEYS
TURLI JINSLI SISTEMALARNI AJRATISH
Har xil fazalardan (masalan, suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va hokazo) tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistema deb ataladi. Ko‘pchilik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida hosil bo‘ladi. Har qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko‘p fazalardan tashkil topadi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o‘rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi.
Savol: Fazalarning fizik holatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar qanday guruxlarga bo‘linadi? Bu guruxlanga ta’rif bering.
Texnikada turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar yoki komponentlarga ajratish to‘g‘ri keladi. Ajratish usullarini tanlashda turli jinsli sistemani tashkil etuvchi fazalarning holatiga, qattiq yoki suyuq zarrachalarning o‘lchamiga, fazalar o‘rtasidagi zichliklar farqiga, muhitning qovushqoqligiga ahamiyat berish kerak.
Savol: Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qanday gidromexanik usullardan foydalaniladi?
7-KEYS
Turli jinsli sistemalarni filtrlash
Suspenziya va changli gazlarni filtr to‘siqlar orqali o‘tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr to‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuborish kobiliyatiga ega. Filtrlash paytida suspenziya tarkibidagi mayda zarrachalar filtrlovchi materiallarning ustki qismida cho‘kma holida yoki filtrlovchi materialning (ustki qismida) o‘zida teshiklarini to‘ldirgan holda o‘tirib qolishi mumkin.
Savol: Filtr to‘siqlar yoki filtr sifatida qanday materiallar ishlatiladi?
Sanoatda filtrlashdan so‘ng qanday qo‘shimcha jarayonlar amalga oshiriladi? Ularni izohlab bering.
SENTRIFUGALASH
Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash jarayoni sentrifugalarda amalga oshiriladi.
Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o‘qqa joylashgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo‘lib, u elektr dvigatelp yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho‘kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat deyiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib olinadi.
Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko‘ra sentrafugalar ikki turga bo‘linadi:
1. Filtrlovchi sentrifugalar
2. CHo‘ktiruvchi sentrifugalar
Savol: Bu qurilmalarni tuzilishi, ish prinsipi va farqlarini izohlang.
8-KEYS
Skrubberlar
Kimyo sanoati korxonalaridan chiqayotgan gaz aralashmalarini tozalash texnologik jihatdan muhim va katta ahamiyatga ega.
Gazlar quyidagi maqsadlarda tozalanadi:
1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun;
2) jarayonga salbiy ta’sir qiluvchi va qurilmalarni buzilishga olib keluvchi gaz aralashmalarini chiqarib tashlash uchun;
3) atrof-muhit havosini ifloslanishini kamaytirish uchun.
Ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan har xil fizik kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan gaz aralashmalari turli jinsli gaz deyiladi. Gaz aralashmalari tarkibidagi zarrachalarning o‘lchamiga qarab ikki sistemaga bo‘linadi: mehanik va kondensirlangan.
Qattiq moddalar maydalanganda, ularni bir joydan ikkinchi joyga uzatganda qattiq moddalarning gazlarda taqsimlanishi mehanik sistema yoki changlar deyiladi. Aralashmadagi qattiq modda zarrachalarining o‘lchami 5-50 mikrongacha bo‘ladi.
Kondensirlangan sistema suyuqliklarni bug‘latganda, quritish jarayonlarida bug‘larning suyuqlikka aylanishida hosil bo‘ladi. Buning natijasida tutun va tuman paydo bo‘ladi.
Savol: Sanoatda gazlarni tozalash qanday usullarda va qaysi qurilmalarda olib boriladi?
GAZ YUVUVCHI QURILMALAR
Toza gaz olish uchun changli gazlarni suv yoki boshqa suyuqliklar bilan yuvib ularni chang zarrachalaridan tozalanadi. Bunda oqindi suvlar hosil bo‘lib ularni tozalash talab qilinadi. Bu usul ayniqsa sovigan gazlarni tozalash ancha oson, chunki gazlar soviganda suv bug‘lari kondensatsiyalanib changlar jamlanadi va ularning og‘irligi ortib, chang zarrachalari gazdan oson ajraladi. Bu qurilmalarni chang to‘tishdan tashqari gazlarni sovitish yoki namlash, tumanlarni tutib qolish, gaz qo‘shimchalarini absorbsiyalash kabi ishlar bajariladi.
Savol: Gaz yuvuvchi qurilmalarni kamchiligini izohlang.
Gaz yuvuvchi qurilmalar quyidagi sinflarga bo‘linadi: 1) fazalar kontakt yuzasining turiga ko‘ra: suyuqlik sochib beruvchi, nasadkali, tarelkali, plyonkali; 2) ish prinsipiga ko‘ra: gravitatsion, markazdan qochma, oqimchali va mexanik; 3) energiya sarfiga ko‘ra: past bosimli, o‘rta bosimli, yuqori bosimli qurilmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |