1-Keys «Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari» fanining mazmuni va kelib chiqishi


Savol: Markazdan qochma va o‘qli ventilyatorlarning farqi hamda ish prinsipini tushuntiring



Download 0,92 Mb.
bet5/5
Sana05.12.2019
Hajmi0,92 Mb.
#28434
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-кейс банки


Savol: Markazdan qochma va o‘qli ventilyatorlarning farqi hamda ish prinsipini tushuntiring.


11-KEYS

Issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik o‘tkazuvchanlik usulida issiqlikni o’tishini hisoblash.
Har xil haroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning harorati o‘rtasidagi farq issiqlik almashinishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Haroratlar farqi bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi harorati yuqori bo‘lgan jismdan harorati past bo‘lgan jismga o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar o‘rtasidagi issiqlik almashinishi hisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘larni kondensatsiyalash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan. Issiqlik tarqalishning uchta prinsipial turi bor: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va issiqlikning nurlanishi.
Savol: Issiqlik tarqalishning prinsipial turlarini izohlang.
Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi
Muhitlar harorati o‘rtasida biror farq bo‘lgandagina issiqlik harorati yuqori bo‘lgan muhitdan harorati past bo‘lgan muhitga o‘tadi. Bunday haroratlar farqi issiqlik almashinish yuzasi bo‘ylab o‘zgaradi, ya’ni ular bir xil qiymatga ega bo‘lmaydi. SHu sababli issiqlik almashinish jarayonlarini hisoblashda o‘rtacha haroratlar farqi to‘r degan tushuncha ishlatiladi. Muhitlarning o‘rtacha haroratlar farqi issiqlik almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi deb yuritiladi.

Suyuqliklar haroratlarining issiqlik almashinish yuzasi bo‘yicha o‘zgarishi muhitlarning o‘zaro yo‘nalishiga bog‘liq. Issiqlik almashinish qurilmalarida issiq va sovuq suyuqliklar o‘zaro parallel, qarama-qarshi yoki o‘zaro kesishgan bo‘lishi mumkin.



Savol: Issiqlik tashuvchi agentlarning yo‘nalishi bir yoki qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lganda o‘rtacha haroratlar farqi qanday tenglamalar orqali topiladi?

12-KEYS
Isitish, sovitish va kondensatsiyalash
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida suyuqlik va gazlarni isitish va sovitish, bug‘larni kondensatsiyalash kabi issiqlik jarayonlari keng tarqalgan. Bunday jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshiriladi.

Issiqlik almashinish jarayonlarida katnashuvchi moddalar issiqlik tashuvchi agentlar deb yuritiladi. YUqori haroratga ega bo‘lib, o‘zidan issiqlikni isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar isituvchi agentlar deb yuritiladi. Sovitilayotgan muhitga nisbatan past haroratga ega bo‘lgan va o‘ziga muhitdan issiqlikni oluvchi moddalar sovituvchi agentlar deb ataladi.



Savol: Sanoatda isituvchi va sovituvchi agentlar sifatida qanday moddalar ishlatiladi?

Oddiy haroratgacha (1030oS) sovitish uchun suv va havo keng ishlatiladi. Issiqlik almashinishini yaxshilash uchun havo oqimi ventilyator yordamida majburiy sirkulyasiya qilinadi va havo oqimi tomonidan issiqlik almashinish yuzasi ko‘paytiriladi (masalan, qurilmalarning yuzasi qovurg‘ali qilib tayyorlanadi). Tajriba shuni ko‘rsatdiki, sanoatda bug‘ni kondensatsiyalash qurilmalarida majburiy sirkulyasiyali havo oqimi yordamida sovitish suv bilan sovitishga nisbatan tejamliroqdir.


Savol: Moddalarni sovitishda havoning afzallik va kamchiliklarini izohlang.

13-KEYS
Issiqlik almashinish qurilmalari
Kiimyo va oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonida keng foydalaniladi. Bu narsa quyidagi maqsadlarga olib boriladi:

1) jarayon haroratini berilgan darajada ushlab turish; 2) sovuq mahsulotni isitish yoki issiq mahsulotni sovitish; 3) bug‘ni kondensatsiyalash; 4) eritmalarni qo‘yiltirish va boshqalar.

Bu jarayonlar aloxida olingan issiqlik almashinish qurilmalarida yoki texnologiya qurilmasining o‘zida amalga oshiriladi.

Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi.

Ish prinsipiga ko‘ra issiqlik almashgichlar uchga bo‘linadi:

1) rekuperativ; 2) regenerativ; 3) aralashtiruvchi.



Savol: Rekuperativ, regenerativ va aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarini ish prinsiplarini tushuntiring.

Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o‘lchamlari, parametrlari va materiallari bo‘yicha juda keng nomenklaturaga ega. SHu sababdan har bir konkret sharoit uchun hamma ko‘rsatkitchlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Savol: Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashda qanday umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga muvofiq

14-KEYS
Issiqlik almashinish qurilmalarining hisobi

Issiqlik almashinish qurilmalarini loyixalash uchun turli hisoblash ishlari bajariladi. Hisoblash uch qismdan iborat bo‘ladi: a) issiqlik xisobi; b) konstruktiv hisoblash; v) gidravlik xisobi.


Savol: Bu hisoblarning maqsadi nima va qanday kattaliklar aniqlanadi?

15-KEYS
Bug‘latish
Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi.

Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalarga yuboriladi.

Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra har xil bosim ishlatiladi.
Savol: Vakuum ostida bug‘latishning afzallik va kamchiliklarini tushuntiring.

16-KEYS
Bug‘latish qurilmalarining turlari

Bug‘latish jarayoni har xil bug‘latgichlarda olib boriladi. Bug‘latish qurilmalari isituvchi yuzaning konstruksiyasi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo‘nalishi, sirkulyasiya turi, rejimi va boshqa bir qator omillarga ko‘ra bir necha turlarga ajratiladi.

Bug‘latish qurilmalarini klassifikatsiyalash usullari ko‘p. Lekin, bug‘latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyasiyasining turi va karraligi klassifikatsiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug‘latish qurilmalari keng tarqalgan:

1. Erkin (tabiiy) sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari;

2. Majburiy sirkulyasiyali bug‘latish qurilmalari;

3. YUpqa qatlamli (plyonkali) bug‘latish qurilmalari.


Savol: Bu qurilmalarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.


17-KEYS
Bug‘latish qurilmalarining hisobi
Bug‘latish qurilmalarini loyixalash va hisoblash uchun ularning isitish yuzasi aniqlanadi. Bunday qurilmani hisoblash uchun bug‘latish lozim bo‘lgan eritmaning miqdori Gb uning boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalari vb va vk qurilmaga kirayotgan eritmaning harorati t, isitilayotgan bug‘ning harorati T hamda oxirgi ya’ni uchinchi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ning kondensatsiyalanish harorati Tk ma’lum bo‘lishi kerak.
Savol: Bug‘latish qurilmalarini moddiy va issiqlik balanslarini tuzing.
Bug‘latish qurilmalarining konstruksiyalari umuman quyidagi talablarni qondirishi kerak: unumdorligi yuqori, kichik hajmli qurilmalarda iloji boricha issiqlik o‘tkazishning tezligi katta, tuzilishi sodda, tayyorlash uchun kam metall sarflanishi, ishonchli ishlaydigan, issiqlik almashinish yuzasini tozalash oson va qurilmaning ba’zi bir qismlari buzilganda tuzatish qulay bo‘lishi kerak. Qurilma konstruksiyasi va u tayyorlanadigan material, bug‘latilishi lozim bo‘lgan eritmaning fizik-kimyoviy xususiyatlariga qarab tanlanadi.
Savol: Kristallanmaydigan, yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan eritmalarni bug‘latish uchun qanday qurilmalar ishlatiladi?

18-KEYS
Modda almashinish asoslari
1. Kimyo va oziq - ovqat ishlab chiqarish texnologiyasida modda almashinish jarayonlari muhim o‘rin egallaydi. Bunday jarayonlar moddalarning bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishiga asoslangan. Fazalar gaz, suyuq, qattiq va bug‘ holatda bo‘lishi mumkin.
Savol: Sanoatda qanday modda almashinish jarayonlari ishlatiladi? Ularni izohlab bering.
2. Faza ichida moddaning tarqalishi molekulyar diffuziya bilan (agar muhit qo‘zg‘almas bo‘lsa) yoki birdaniga molekulyar va turbulent diffuziyalar (agar muhit harakatchan bo‘lsa) yordamida yuz beradi.
Savol: Molekulyar va turbulent diffuziyalarlarni tushuntirib bering.

19-KEYS
Absorbsiya
1. Gaz hamda bug‘ — gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. YUtilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotagn gaz absorbent bilan o‘zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya) deyiladi.
Savol: Sanoatda absorbsiya jarayoni qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

2. Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuv qiladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruxga bo‘linadi: yuzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.


Savol: YUzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntirib bering.

20-KEYS
Suyuqliklarni haydash
1. Ikki yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratishda haydash usuli keng ishlatiladi.

Agar boshlang‘ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo‘lsa, bunda bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash yo‘li bilan esa komponentlar turli uchuvchanlikka ega bo‘lgan holda ham suyuq aralashmalarni ajratish mumkin. Haydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil haroratda aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo‘lishiga asoslangan.

Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug‘ kondensatsiya jarayoniga uchraydi, hosil bo‘lgan kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug‘lanmay qolgan va qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan suyuqlik esa qoldiq deb yuritiladi.

Bug‘ fazasining engil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan haydash usuliga bog‘liq. Suyuqliklarni haydashning ikkita prinsipial usuli bor: 1) oddiy haydash (distilyasiya); 2) murakkab haydash (rektifikatsiya).


Savol: Oddiy va murakkab haydash jarayonlari qanday sharoitlarda ishlatiladi?
2. Rektifikatsiya jarayonini amalga oshirish uchun har xil qurilmalar ishlatiladi. Bu qurilmalar asosiy kontakt qurilmalarining tuzilishi bo‘yicha tegishli absorberlardan farq qilmaydi. Rektifikatsion qurilmalarda asosan ikki tipdagi qurilmalar ishlatiladi: 1) pog‘onali kontakt qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (nasadkali kolonnalar).
Savol: Nasadkali va tarelkali kolonnalarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntirib bering.

21-KEYS
Suyuqliklarni ekstraksiyalash
1. Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni eritgichlar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:

a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.

Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar — ekstragentlar yordamida ajra­tib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.

Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Eng ko‘p tarkalgan erituvchi — suv xisoblanadi.


Savol: Erituvchilarga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Ekstraksiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) qurilmaning ish xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta bo‘lishi kerak; 2) hosil bo‘layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo‘lishi zarur; 3) oxirgi eritma xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan energiya sarfi kam bo‘lishi lozim.

Ekstraktor davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo‘linadi. Fazalarning o‘zaro yo‘nalishiga ko‘ra, ular to‘g‘ri yo‘nalishli, qarama - qarshi yo‘nalishli va aralash yo‘nalishli qurilmalarga ajraladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo‘lganligi sababli ular kichik xajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi.

Kimyo sanoatida har xil tuzilishga ega bo‘lgan ekstraktorlar ishlatiladi. Bular asosan uch turga (aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlarga) bo‘linadi.
Savol: Ekstraktorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.

22-KEYS
Adsorbsiya
1. Gaz yoki suyuq faza tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yordamida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Gaz yoki suyuq faza tarkibida bo‘lib, adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo‘lgan modda esa adsorbat deyiladi.

Adsorbsiya jarayoni sanoatda gazlarni tozalash va kuritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug‘ aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi.

Sanoat gazlarini SO2, CS2, NO2, NO va boshqa shu kabi birikmalardai adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Savol: Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar qanday talablarga javob berishi kerak?
2. Ish rejimiga ko‘ra adsorberlar davriy va uzluksiz bo‘ladi. Adsorbent qatlamining xarakteriga ko‘ra davriy adsorberlar o‘zgarmas va mavhum qaynash qatlamli qurilmalarga bo‘linadi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalar esa harakatchan va mavhum qaynash qatlamli bo‘lishi mumkin.
Savol: Vertikal va uzluksiz ishlaydigan harakatchan qatlamli adsorberlarning tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.

23-KEYS
Ekstraksiyalash. Ekstraktorlar
1. G‘ovaksimon murakkab qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi.

Ekstraksiyalash paytida kerakli komgyunent qattiq fazadan diffuziya orqali suyuq fazaga o‘tadi, biroq bunda murakkab qattiq jismning negizi o‘zgarmay qoladi, ya’ni u inert — tashuvchi vazifasini o‘taydi. Qattiq jismlarni ekstraksiyalash jarayoni sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, kislota va tuzlarni, oziq-ovqat sanoatida qand, o‘simlik moylari, soklar, vitaminlarni, kimyo-farmatsevtika sanoatida turli dorivor moddalarni, gidrometallurgiyada esa rangli va nodir metallarni olishda ekstraksiyalash usullaridan keng foydalaniladi.



Qattiq jism va suyuqlikning o‘zaro ta’sirlashuviga ko‘ra, kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan ekstraksiyalash va eritish jarayonlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) cheklangan hajmli davriy jarayon; 2) to‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishli 3) qo‘zg‘almas qatlamli va 4) mavhum qaynash qatlamli jarayon (11.2-rasm).





11.2-расм. Қаттиқ жисмларни экстракциялаш ва эритиш усуллари:

а– чегараланган ҳажмдаги даврий жараён; б– тўғри йўналишда ташкил этиладиган жараён; в– қарама-қарши йўналишда ташкил этиладиган жараён; г – қўзғалмас қатламда ташкил этиладиган жараён; д – мавҳум қайнаш қатламли жараён.



Savol: Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish usullarini tushuntirib bering.

2. Ekstraksiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) qurilmaning ish xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta bo‘lishi kerak; 2) hosil bo‘layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo‘lishi zarur; 3) oxirgi eritma xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan energiya sarfi kam bo‘lishi lozim.

Ekstraktor davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo‘linadi. Fazalarning o‘zaro yo‘nalishiga ko‘ra, ular to‘g‘ri yo‘nalishli, qarama - qarshi yo‘nalishli va aralash yo‘nalishli qurilmalarga ajraladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo‘lganligi sababli ular kichik xajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi.

Kimyo sanoatida har xil tuzilishga ega bo‘lgan ekstraktorlar ishlatiladi. Bular asosan uch turga (aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlarga) bo‘linadi.


Savol: Aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushunting.

24-KEYS
Quritish
1. Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi.

Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi.

Materiallarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
Savol: Mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish usullarini tushuntiring.
2. Nam havo quruq havo va suv bug‘larining aralashmasidan iborat. Quritishda nam havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ba’zan tutunli gazlar yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo‘yicha farq qiladi.

Nam havoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya.


Savol: Nam havoning asosiy xossalarini tushuntiring.
3. Sanoatda turli tipdagi quritish qurilmalari ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko‘ra qurilmalar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritkichlarga bo‘linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin.
Savol: Sanoatda ko‘proq qaysi turdagi quritgichlar ishlatiladi? Ularni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.

25-KEYS
Kristallanish
1. Eritma yoki suyuq qotishma tarkibidagi qattiq fazani kristallar holida ajratib olish jarayoni kristallanish deb ataladi. Kristallanish jarayoni eritishning teskarisi hisoblanadi. Ikkala jarayon ham qattiq faza — suyuqlik sistemasida yuz beradi. Kristallanish jarayoni odatda suvli eritmadagi kristallanishi lozim bo‘lgan moddaning eruvchanligini kamaytirish orqali, ya’ni uning temperaturasini o‘zgartirish yoki erituvchining bir qismini bug‘latish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Suyuq qotishmalardan kristallarni ajratib olish uchun esa ular sovitiladi.

Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligining o‘zgarishiga asoslangan. Temperatura ortishi bilan modda­larning eruvchanligi ko‘payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Temperatura ortishi bilan ba’zi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar hisoblanadi.



Savol: Kristallanish moddalarni ajratishning boshqa usullariga nisbatan qanday afzalliklarga ega?

2. Sanoatda kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun turli qurilmalar ishlatiladi. Ishlash prinsipiga ko‘ra kristallizatorlar bir necha turga bo‘linadi: 1) erituvchining bir qismini bug‘latish yo‘li bilan ishlaydigan kristallizatorlar;

2) eritmani sovitish bilan ishlaydigan kristallizatorlar;

3) sovituvchi qurilmasi bo‘lmagan vakuum — kristallizatorlar;


4) mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar.

Barabanli kristallizator:



1 — bandajlar; 2 — tojli shesternya; 3 — qobiq; 4 — g‘ilof; 5 — tayanch g‘ildirakchalari.




Vakum-kristalizator:

1-bug‘latgich; 2-barometrik turba;

3- yig‘gich; 4-nasos; 5- eritma beruvchi truba; 6-sirkulyasiya trubasi;



7-kristallardan ajralgan eritma chiqadigan patrubka.



Savol: Barabanli va vakuum — kristallizatorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring?
Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish