1. keys fan: “Ijtimoiy pedagogika”


Xalqaro baholash dasturlari



Download 247,2 Kb.
bet15/17
Sana20.06.2022
Hajmi247,2 Kb.
#681831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Мус таьлим Ижтимоий педагогика

Xalqaro baholash dasturlari

  • PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi

  • PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

  • TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring

  • ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.

  1. TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI

Talabalar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.


Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi.
Talabalarning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddatga muvofiq amalga oshiriladi.
Mustaqil ishga qo‘yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasiligi lozim.
Talaba(lar)ning fan(modul) bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari elektron platforma va guruh jurnaliga butun sonlar bilan qayd qilinadi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har o‘quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.
Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari maksimal 1 ball bilan baholanadi.
Baholash mezoni:
0.9-1 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni aniq ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini taklif eta olishi, muammoni yechish usulini asoslagani, ijodiy fikrlay olishi, mavzu yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi, alternativ variant taklif eta olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.7-0.8 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini qisman asoslay olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.6 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0-0.5 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.



Download 247,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish