1. Kesim va uning ifodalanishi 2gapning ikkinchi darajali bo’laklari. To’ldiruvchi. Aniqlovchi va uning ifodalanishi



Download 39,62 Kb.
bet6/7
Sana17.07.2022
Hajmi39,62 Kb.
#816794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GAP BO’LAKLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.BOSH BO’LAKLARI.EGA VAUNING IFODALANISHI.

Izoohlovchi. Izoxlovchi biror predmetga boshqa nom berish, uni boshqacha atash yo`li Bilan aniqlaydi. Izoxlovchi aniqlab kelgan bo`lak izohlanmish deb ataladi. Izoxlovchi va izoxlanmish bitishuv yo`li bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo`lak, asosan, ot bilan ifodalanadi. Izohlovchilar quyidagi ma`nolarni anglatadi:
Unvonni: professor A.N.Kanonov atoqli olimdir (“Sharq yulduzi”).

  • Mashg`ulot, kasb, amalni: Hovliga bosh buxgalter Sulaymon Sodiqovich kirib keldi (“Sharq yulduzi”). Yo`lchi o`z do`sti Qoratoy bilan hangomalashib o`tirar edi (Oybek).

  • Qarindoshlik va shunga uxshatilgan beligini: To`xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko`rdi (I.Raxim).

  • Jinsi: Uzoqda qiz bolalarning ashulasi yangradi (R.Fayziy).

  • Laqabni: Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo`l qovushtirib turardi (M.Ismoiliy).

  • Taxallusni: Otaqo`zi o`g`li Rahmatilla-Uyg`un yirik o`zbek adibidir (“Sharq yulduzi”).

O`xshashlikni: Ozodlikka olib chiqdi yurtboshi-quyosh (“Xalq so`zi”).

So`zning ikki holatda izohlovchi bilan izohlanmish orasiga tire qo`yiladi.





  • Ba`zan izohlovchi birdan ortiq bo`ladi: Qadam tashlayotgan ogyoqlar, ozodlik qadamlari, ildamlanmoqda (“Xalq so`zi”).


Xol va uning ifodalanishi. Xoll ikkinchi darajali bo`laklarning eng muraakabidir. Xol harakat-xolatni qanday xolda, qanday vaziyatda, qayusulda, qachon, qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, belgilarni ko`rsatadi; sub`ekt, predtkt va ob`ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob`ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi.
To`ldiruvchiga nisbatan xolning qo`llanish doirasi ancha keng. Har qanday yig`iq gapning xolning u yoki bu turini qo`shish bilan yoyiq gapga aylantirish mumkin. Lekin to`ldiruvchi yordamida kengaytirib bo`lmaydi. Masalan: konsenrt juda kech tamom bo`ldi (A.Qaxxor). Kengayish aniqlovchilar yordamida ham amalga oshiradi.
Xol boshqaruv yo`li bilan xokim bo`lakka ergashadi. Xolning boshqarilishi kelishikli, ko`makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagiga yelpinib dam oldi (Oybek). Men siz kabi bo`lishni istar edim (Ayniy).
Xol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: ravish xoli, o`rin xoli, payt xoli, sabab xoll, maqsad xol, daraja-miqdor xoli, shart va to`siqsizlik xoli. Ayrim ishlarda xolning olti turi2 boshqalarida o`n uch turi ajraladi.3
1. Ravish xoli harakat yoki xolatning qanday xolda, qanday kayfiyatda bajarilishini, bajarilish sifatini ko`rsatadi va qanday qanday, qanday qilib, qanday xolda, qanday ravishda, qanday tarzda kabi so`roqlarga javob beradi.
Ravish holi semantik-sintaktik xususiyatlarga ko`ra quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Harakatning bajarilish xolatini ko`rsatadi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi (Oybek).

  • Harakatni bajarishda sub`ektning qanday ruxiy qiyofada bo`lganligini ko`rsatadi: Solix Mahmud kulimsiragan kuyi daxlizda yurib berdi (A.Qodiriy).

  • Harakat yo xolatni bajarilish sifatini anglatadi: Gulchehra atlas kuylagini olovday yondirib daraxtlar orasida go`yo uyinga tushganday yengil, nozik yo`rg`alar edi (Oybek).

  • Harakat-xolatning belgisini tasvirlab ko`rsatadi: Domla g`azabidan qalt-qalt titrab yana vaysadi. Yuragim qinidan chiqquday gup-gup uradi (Oybek).
  • Harakat yo xolatning qanday usulda, qanday yo`l bilan bjarilishini ko`rsatadi: Kampir g`azablanibdi, uklok bilan urib itning oyog`ini sindiribdi (O`zbek xalq ertaklari).


  • Bir predmet harakatning ikkinchi bir predmet harakatiga o`xshashligini ko`rsatadi, shu o`xshashlik zaminida harakat-xolatning belgisi aniqlanadi: Manzura yosh qizchalarday yuguradi, qax-qax uradi (A.Muxtor).



2. O`rin xoli predmetning o`rnini ko`rsatish bilan birga predmet xolatining yuz berish o`rnini, predmet harakatiga mos bo`lgan turli o`rin ma`nolarini ifodalaydi. O`rin xoli voqelikka nisbatan urin ma`nosini quyidagicha ifodalaydi:
O`rin xoli o`rin kelishigida kelib, predmetning turish joylashish o`rnini bildiradi: eshik tagida, devor buylarida turishibdi. (A.Muxtor).

    • Predmet xolatining yuz berish o`rnini ko`rsatadi. Ariq buyida cho`zilib ulagan (Oybek).

    • Perdmet chiqish, harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatadi: Sal o`tmay Shirinoy daladan qaytib keldi (Oybek).

    • Predmet harakatining yo`nalish o`rnini ko`taradi: Arslonqul o`z to`dasi turgan chodirga bordi (Oybek). Zangori osmonga tutashgan tog` cho`qqilariga qadar ajoyib boy manzaralar ochilar edi (Oybek).

O`rin xoli bosh, o`rin chiqish kelishigi va ko`makchiligi va ko`makchilar bilan birga qo`llaniladi. U ega, kesim, to`ldiruvchi va xolning boshqa turlariga ergashishi mumkin.
3.Payt xoli harakat yoki xolatning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi va qachon, qachondan beri, qachondan boshlab kabi so`roqlarga javob bo`ladi.

Payt xoli zamon ma`nosiga aniqlik kiritishda bir xil xususiyatga ega emas. Shunga ko`ra, quyidagi xolatlarda payt munosabatlarini anglatadi:





  • Harakat xolat voqeaning yuz berish vaqtini ko`rsatadi: otryad tongda qishloq shurosi oldida saf tortdi. (G`.G`ulom).

  • Harakat xolatning boshlanish paytini ko`rsatadi: B bakaterakni va undagi laylak uyasini bu yerning qariyalari ham bolaligidan biladi (A.Muxtor).

  • Payt chegarasini ko`rsatadi: Jo`raxon zalni anchagina tinchitolmadi (A.Muxtor).

  • Harakat va xolatning boshlanish va tugash paytini ko`rsatadi: ular soat birdan ikkigacha dam olishda olishdi (“Sharq yulduzi”).

  • Harakat-xolatning boshqa harakat va xolatdan oldin bo`lish yoki bo`lmasligini ko`rsatadi: To`qqiz yil burun mana shu bozor ko`chada, mana shu bozor ko`chada, mana shu o`zimiz o`tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo`lgan (A.Muxtor).

  • Harakat-xolatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko`rsatiladi: Onasi bilan ertayu kech dalada timiskilanib yuradi (X.G`ulom).

4. Maqsad xoli so`zlovchining qanday maqsadda ish tutishi, harakat-xolatning ular tomonidan nima uchun qilinayotganligini ko`rsatadi va nega, nimaga, kim uchun, nima deb, nima maqsadda, qanday maqsadda kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Maqsad xoli ko`pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko`makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning –gali affisi shakli va jo`nalish kelishigidagi ayrim so`zlar bilan ifodalanadi.

Aniq maqsad xollari: Bu gal o`z o`quvchilarning Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat keldi (S.Zunnunova).



  • Noaniq maqsad xollari: ular atayin aylanma yo`ldan yurdilar (A.Muxtor).

5. Sabab ish-harakat yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xoli ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xollari uchun, sabali, tufayli yordamchilari bilan birga kelgan sifatdosh, sabab ravishlari, chiqish kelishigidagi so`zlar va ravishdorlar bilan ifodalanadi. Sabab xollari nima uchun, nima sababdan so`roqlariga javob bo`ladi.
Sabab xoli semantik tomonidan bir necha ko`rinishlarga ega:
Harakatni bajaruvchi shaxsning biror ishi shu harakatning yuzaga kelishmasligiga sabab bo`ladi: Bu gapning tarixini bilganligi uchun Siroj ham kulib yubordi (S.Zunnunova).



  • Harakatning bajarilish-bajarilmasligiga boshqa birovning harakati sabab buladi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi (A.Muxtor)

Predmet harakatining yuzaga kelishi uchun shu predmet biror xususiyatning sabab bo`lishini ko`rsatadi: Qishloq bir oz pastlikka bo`lganidan daraxtzor biror boqqa o`xshab guj bo`lib ko`riladi (S.Zunnunova).
Bir predmet harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa bir predmet harakatining sabab bo`lishini ko`rsatadi: urush tufayli korxona ro`zg`ori birmuncha oqsab qoldi (“Sharq yulduzi”).



  • Harakat-xolatning kim tufayli, nima sabali bo`lish-bo`lmasligini aniq ko`rsatmaydi: Bu odam o`sha vaqtda uchundir Gulnora ishlayotgan idoraning hisobiga turardi (S.Zunnunova).

6. Miqdor xoli ish-harakatning bijarilish miqdorini bildiradi va qancha, necha marta so`roqlarga javob bo`ladi. Miqdor xoli maktab grammatikasida ravish xoli tarkibiga kiritiladi.4 Oliy o`quv yurti darsligida miqdor daraja xoli deb o`rganilsa-da, kam material berilgan.5 A.N.Kononov uni o`lchov va daraja xoli deb nimaga ajratadi. Biz uni miqdor xoli deb atadik va shu tushuncha doirasida uni boshqa guruhlarga bo`lib o`rganishi lozim topdik.

Miqdor hol semantik jihatidan quyidagi ko`rinishlarga ega:



  • Sinov-o`lchov belgilarni ifodalovchi so`z xoll bo`lib kelib, u miqdor anglatishi jihatidan rial va nisbiy miqdorni anglatadi: u ikki hovuch tutni ozgina tikdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga o`girildi (A.Qaxxor).

  • Harakat va xolatning miqdor belgisini darajalab ko`rsatadi va aniqlaydi: Yormat shaxardan piyoda qaytib, o`lgiday charchagani uchun otlarga Yo`lchi qaradi (Oybek).

  • Harakat yo holatning qaytarilishini, takrorlanishini ko`rsatadi: Bashorat onasining yuzlaridan, ko`zlaridan qayta-qayta o`pdi (A.Muxtor).

  • Harakat yo holatning og`irligi narx-navo, uzoq-yaqinlik, uzun-qisqalikka oid miqdor belgilarini kuchaytirib ko`rsatadi: Nagan ham biram yarashib turibdiki (X.G`ulom).

7. To`siqsizlik xoli, ma`lum bir harakatning bajarilishida to`siq, zudlik bo`lishiga qaramay, shu harakatning bajarilishini anglatadi: to`siqsizlik xoli nimaga qaramasdan, nimaga qaramay, nima demay so`roqlarga javob bo`ladi. To`siqsizlik xoli mazmunan ikki xil bo`ladi:





  • Ichki to`siqsizlikni ko`rsatadi, bunda kesimdan anglashilgan harakat bir shaxs, predmetga tegishli bo`ladi: Men xoxlasam – xoxlamasam, otin oyiga qatnashishim shart edi (S.Ayniy).

  • Tashqi to`siqsizlikni bildiruvchi xoll biror shaxs, biror predmet xususiyatining bajarilishiga to`siq bo`la olmasligini ko`rsatadi: Oysulton juda charchadi, shunga qaramay, yana shunga yurgisi kela berdi (B.Kerboboyev).

8. Shart holi harakat ifodalaydigan bo`lakka bog`lanib, shu bo`lak orqali anglashilgan harakatning sodir bo`lishidagi sharoitni ko`rsatadi va xokim bo`lakka- SA aafiksi yordamida bog`lanadi: Borsam, injenerni boshlab kelaman (Oybek). Shart xolli gaplarda sub`ektning bajarilishi mo`ljallangan. Biroq hali yuzaga keladigan ikki xil harakat indeyasi bo`ladi. Bulardan biri xol-yordamchi harakat, ikkinchisi xol bog`langan so`z-asosiy harakat orqali anglashiladi. Asosiy harakatning yuzaga kelish-kelmasligi yordamchi harakatning bajarilish-bajarilmasligiga bog`liq. Sirni sizga aytib berganimni bilib qolishsa o`ldirishadi (X.G`ulom). Meni ko`rsa toyginam xursand bo`lib kishnaydi. (Z.Diyor).


Kesim bosh bo’laklarning ikkinchisi bo’lib, egadan anglashilgan predmetning belgisini ifoda qiluvchi bo’lakdir.
Kesim belgi anglatish jihatidan aniqlovchiga o’xshaydi. Lekin aniqlovchi belgini predmet bilan bo`lanib, atributiv yul bilan ifoda qilsa, kesim belgini egadan anglashilgan predmetda mavjud yoki emasligi nuqtai nazardan ifoda etadi.
Kesim gap tuzishda asosiy bo’lak hisoblanadi. Gapning asosiy belgisi bo’lmish predikativlik, asosan, kesim orqali ifodalanadi: Saida o’zida yuq xursand edi (A.Qaxxor).
Kesim predmetning aktiv (ishqharakat) yoki (sifat, holat) belgisini ifodalaydi: Kishilar ishchi qizlarni maqtashdi (Oybek). Istiqbolimiz naqadar porloq va quvonchli! («Xalq so’zi»). Birinchi gapda kesim aktiv belgini, ikkinchisida passiv belgini ifodalangan.
















Download 39,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish