To`ldiruvchi va uning ifodalanishi. To`ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo`laklaridan bo`lib, u harakatni o`z ustiga olgan ob`ekt yoki predmetni ifodalaydi va o`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanadi.
To`ldiruvchi predmetni ifoda qilish jihatidan egaga o`xshaydi. Lekin ega xokim xolatdagi predmetni, fikr predmetni, to`ldiruvchi esa tobe xolatdagi predmetni harakat ob`ektini bildiradi. Bu xol ularning grammatik shaklida ham ko`riladi: ega bosh kelishik shaklida, to`ldiruvchi esa tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari keladi. O`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanib, shut obe omponent orqali anglashilgan harakat ta`siriga berilgan, shu harakatni o`z ustiga olgan, ob`ekt yoki predmet to`ldiruvchi deb aytiladi.
To`ldiruvchi ko`pincha kesimga bog`lanadi. Ba`zan ega aniqlovchi, biror boshqa to`ldiruvchiga bog`lanib kelishi ham mumkin. Bu ega, aniqlovchi,to`ldiruvchi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalanganda yuz beradi.
Ajralmas frazeologik birikmalar bilan: Kishilar orasiga qora ip tashlashdan hazar qiling...-dedi Mirhaydar (Oybek).
To`ldiruvchilar, o`zlari bog`lanib kelayotgan gap bo`lagi bilan aloqaga kirish usuliga ko`ra, vositasiz va vositali to`ldiruvchilarga bo`linadi.
Vositasiz to`ldiruvchilar. Xokim bo`lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o`ziga qabul qilganpredmetni bildiruvchi to`ldiruvchilar vositasiz to`ldiruvchilar deyiladi.
Vositasiz to`ldiruvchilar ob`ektli (utimli) fe`l bilan bog`lanib, tushum kelishigi shakldagi so`zlar bilan ifodalanadi va kimni? nimani? va nimani? so`roqlarga javob bo`ladi: Tog`lar shaxarni o`rab turganga o`xshaydi (Yashin).
Vositasiz to`ldiruvchi belgisiz va belgili holatda bo`ladi.
Xokim bo`lak ifodalangan harakat aniq ob`ektga emas umuman shu turdagi ob`ektlarga utish tushunchasi ifodalansa, vositasiz to`ldiruvchi belgisiz qo`llanadi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g`azal yozadi,
Kuychilari o`qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla (H.Olimjon).
Vositasiz to`ldiruvchi o`timli ish-harakat ma`nosini turli so`zlarga ergashib, ular orqali ifodalangan ma`nolarga aniqlik kiritadi va to`ldiradi.
Harakat yuzaga keluvchi ob`ekti ifodalaydi: Tog` bag`rini tutun qoplaydi (X.G`ulom). Xusayn Bayqaro Tepalikni uzoqdan ko`radi (Oybek).
Harakat ta`sirida o`z belgi-xususiyatini o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Dasturxonchi qizlar dasturxonni ayvoni taomlar, shirinliklar bilan bezab tashladilar (Oybek).
Harakat ta`sirida o`zining makonidagi o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Sufi qo`liga tushib qolgan qayroqni uloqtirib yubordi (A.Qaxxor).
Sub`ektning eshitish sezgisida bevosita ta`sir qilgan ob`ektni ifodalaydi: Tuya minib uzoqni ko`zla (maqol). Men bu zo`r maktabning maqtovini ko`p eshitgan edim (A.Qaxxor).
Sub`ektning ob`ektiv borliqqa (shaxs, predmet yoki voqea-xodisaga) munosabati ifodalaydi: Seni esga olib gullar ochildi (Zulfiya). Men bu yigitni keyinchalik tanidim (A.Qaxxor).
Xokim so`zdan ifodalangan xis-tuyg`u, psixologiko`zgarish (xolat)ni yugaza keltirgan shax syoki predmetni ko`rsatadi: Yosh bolaning tili har qanaqaligi ko`nglini eritadi (A.Qaxxor).
So`zlovchining tinglovchiga ijodiy yoki salbiy munosabatiga ifodalovchi predmet yoki shaxsni ifodalaydi: Qutbedin bola bechorani xush urishdi (A.Qaxxor).
Vositasiz to`ldiruvchi chekish kelishigi shaklida qo`llanadi, bunday vaqtda ish-harakatning ta`siri ob`ektga to`la ravishda o`tmasdan, uning bir qismigina o`tganligi ko`rsatadi: Sen menga osmondagi gaplardan emas, yerdagi haqiqatni gapir (P.Tursun).
Do'stlaringiz bilan baham: |