1. Kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida



Download 20,75 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi20,75 Kb.
#95082

1.Kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida. Kasb va professionalizm haqida, kasb haqida umumiy tasavvur, mutaxassis va havaskorlar psixologiya xususida, psixolog kasbini shakllanish tarixi. Malakali psixolog nazariyotchi va amaliyotchi sifatida. Amaliy psixologiya haqida umumiy tasavvur, psixologik yordam, psixologik himoya va psixologik yo„naltirish, amaliy psixologiyaning asosiy bo„limlari va tuzilishi, psixoprofilaktik ishlarning muhim vaziflari, psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo„nalishi sifatida, psixokorreksiya haqida umumiy tushuncha, psixokorreksiyaning metod va usullariga umumiy tavsif, psixologik maslahatning nazariy va metodologik asoslari, psixologik maslahatning nazariy va metodologik asoslari, psixologik maslahatning metod va turlari, amaliyotchi psixolog ishining shakllari, psixolog ishining individual va guruhiy shakllarining qiyosiy tahlili, psixologik trening amaliyotchi psixologning metodi sifatida. Amaliyotchi psixologning faoliyat sohalari. Xalq ta‟limi bo„g„inida psixologik xizmatning asosiy muammolari va vazifalari, oilaga psixologik yordam, oilalar bilan psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarning o„ziga xosligi. Amaliyotchi psixolog 4 faoliyatining umumiy masalalari. Amaliyotchi psixolog faoliyati samaradorligini baholash muammosi, amaliyotchi psixolog shaxsiga qo„yiladigan muhim talablar, amaliyotchi psixolog faoliyatida o„z-o„ziga yordam muammosi, amaliyotchi psixolog ijodkor sifatida. Psixologning kasbiy o„zini o„zi anglashning axloqiy jihatlari. Psixologiyada etnik muammolarni qayta ko„rib chiqish darajasi va asosiy variantlari, psixologiyaning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining etnik muammosi, amaliyotchi psixologning “qiziqtiradigan” va asosiy etnik muammolari, psixolog faoliyatining muhim etnik tamoyillari, psixolog faoliyatida umuminsoniy qadriyatlar muammosi, psixolog-amaliyotchining muhim etnik yo„nalishi. Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, metodlari. Shaxsni o„rganishning metodologik asoslari. Inson va insoniyat haqidagi fan. Psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Psixologiya fanining tamoyillari. Psixologiyaning asosiy metodlari. Psixologiya zamonaviy fanlar tizimida. Ruh va ong haqidagi antik davr va o„rta asrlardagi qarashlari. Introspeksiya metodi va o„zini o„zi kuzatish muammosi. Bixeviorizm xulq-atvor haqidagi fan. Psixikaning rivojlanish tarixi. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiyaning sohalari. Psixika va uning evolyusiyasi. Psixika haqida tushuncha. Hayvon psixikasining rivojlanishi. Ong va uning taraqqiyoti. Ong haqida tushuncha, inson psixikasini rivojlanishining tarixiy-madaniy konsepsiyasi. Inson psixikasining rivojlanishi. Inson psixikasining fiziologik asosi. Ongsizlik muammosi. Faoliyatning psixologik tavsifi. Faoliyatning psixologik nazariyalari. Faoliyatning operatsional-texnik jihatlari. Harakatlar fiziologiyasi va faollik fiziologiyasi. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs borasida biogenetik va sotsiogenetik nazariya. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi. Shaxs nazariyalari. Diqqatning haqida tushuncha. Diqqat turlari. Diqqat xususiyatlari. Diqqatning rivojlanishi. Sezgi haqida tushuncha. Sezgi turlari. Sezgining xususiyatlari va tavsifi. Sensor adaptatsiya va sezgilarning o„zaro ta‟siri. Sezgining rivojlanishi. Idrokning umumiy tavsifnomasi. Idrokning nerv-fiziologik asosi. Idrok xususiyatlari va turlari. Idrokning individual farqlari va uning rivojlanishi. Idrokda predmet va fon. Fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish. Xotira haqida tushucha va tavsifi. Xotira turlari. Xotira jarayonlari va mexanizmlari. Xotiradagi individual farqlar va rivojlanishi. Xayol haqida tushuncha va uning inson psixik faoliyatidagi roli. Xayol turlari. Xayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari. Xayolning individual farqlar va rivojlanishi. Xayol va ijod. Tafakkur tabiat va uning turlari. Tafakkur shakllari. Tafakkurni o„rganishga nazariy va empirik yondashuv. Aqliy operatsiyalarning asosiy turlari. Murakkab mantiqiy masalalarni yechish va ijodiy tafakkur. Tafakkurning rivojlanishi. Nutq haqida tushuncha. Nutqning fiziologik asoslari. Nutqni o„rganishga nazariy yondashuv. Nutqning turlari. Nutqning rivojlanishi. Irodaviy harakatlar haqida tushuncha. Iroda borasidagi psixologik nazariyalar. Irodaviy harakatlarning fiziologik motivatsion asoslari. Irodaviy harakat tuzilishi va rivojlanishi. Hissiyotning umumiy tavsif va uning turlari. Hissiyotning fiziologik asosi va psixologik nazariyalari. Hissiyotning rivojlanishi va inson hayotidagi o„rni. Shaxs yo„nalganligi va faoliyat motivi haqida tushuncha. Motivatsiya haqidagi nazariyalar. Motivatsion soha rivojlanishining asosiy qonuniyatlari. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat rivojlanishi va individual 5 farqlar. Inson qobiliyatining biologik asoslari. Qobiliyatning rivojlanishi. Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi ta‟limotlarning qisqacha mazmuni. Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyati. Xarakter haqida tushuncha. Xarakterni o„rganishga nazariy va empirik yondashuv. Xarakterning shakllanishi.

2. XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va tsivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi ma’ruzasida yettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. 1 Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. SHunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu 1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. – Т.: “Туркистон”, 2002 йил 31 август 5 muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. SHuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixikaga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq qiladi. SHunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi. Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin

3. Badiiy ijodni ruhiy tahlil nuqtai nazaridan o‘rganishda o‘arb falsafasida katta mavqega ega bo‘lgan ruhshunos olim, tub ruhshunoslikning asoschisi Karl Gustav Yungning estetik qarashlari diqqatga sazovordir.

Karl Yung 1875 yilning 26 iyulida Shveytsariyada dunyoga keladi.1895 yilning aprel oyida Bazel universitetiga kirib, avvaliga tibbiyot, so‘ng ruhshunoslik bo‘yicha tahsil oladi. U 1900 yili Syurixga ko‘chib o‘tadi va o‘sha davrning mashhur psixiatr-shifokori Yujin Bleyerning assis­tenti bo‘lib, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ishlay boshlaydi.

K.Yung 1907 yilda aqliy zaiflikning ilk davrlari haqida ilmiy maqola chop etib, Z.Freydga jo‘natadi va shu yilning o‘zida u bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ladi. Bu uchrashuvdan boshlangan do‘stlik besh yil davom etadi. 1913 yili ikki ruhshunos o‘rtasida kelishmovchilik ro‘y beradi. Buning sababi ilmiy izlanishlardagi o‘zaro ziddiyatlar edi. Zero, Freyd ruhiy nuqs va kasalliklar hirsiy mayllarning siqilishi tashqi dunyo ob'ektlaridan bemorning ichki dunyosiga o‘tkazib yuborilishidan vujudga keladi, degan fikrni ilgari sursa, Yung tashqi olam bilan bo‘lgan aloqa hirsiy mayllardan tashqari boshqa motivlarga ham bog‘liq, reallikdan uzilishni, ayniqsa shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) kasalligini faqat hirsiy maylga intilish bilan izohlab bo‘lmaydi, deb e'tiroz bildiradi. Keyinchalik Yung tomonidan yana boshqa nazariyalarning o‘rtaga tashlanishi ustoz va shogird o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytiradi. Masalan, Freyd nevroz xastaligi ilk bolalik davridayoq boshlanadi, bunga xayolot va mayllar kabi omillar sabab bo‘ladi, desa, Yung nevroz sabablarini hozirgi kundalik hayot tarzining botinidan qidirish kerak, bu xastalikda bolalar xayoloti, mayllari - barchasi ikkinchi darajali holatdir, degan fikrni aytadi.

Xullas, ustoz va shogird o‘rtasida butunlay ajralish yuz berdi va u Yung uchun og‘ir kechadi, shuningdek, keyingi olti yil davomida (1913 - 1918) uning o‘zi «ichki ruhiy chalkashlik» yoki «ijodiy kasallik» deb atagan murakkab davrni boshdan kechiradi. Lekin, bir muddat o‘tgach, u Sharq mutafakkirlarining o‘z-o‘zini anglash tamoyili va tajribasiga tayangan holda tahliliy ruhiy terapiya va ruh tuzilmasi bobida yangiliklar yaratadi; yigirmanchi yillarda Afrikada hamda Shimoliy Amerikadagi Tueblo hindulari vohalarida uzoq ilmiy safarlarda bo‘ladi va u yerlarda tsivilizatsiyadan yiroq turmush tarzidagi ruhiy holatlarni o‘rganadi. Ruhiy tahlil uyushmasini ham, Syurix universitetini ham tark etgan Yung «Ruhiy tiplar» degan kitob ustida ish boshlaydi va o‘ttizinchi yillarga kelib, ruhshunoslik olamidagi eng mashhur olimlardan biriga aylanadi.

K.Yungning «Ruhiy tahlil va adabiyot» degan maqolasida Freydning nevroz kasalligining manbai bo‘lmish bolalikdagi xayolotlar ijodiylikka borib taqalishi haqidagi ta'limotini rad qilmasa-da, K.Yung bu qarashlar san'atkor ahlining boshqalardan ajralib turuvchi individual xususiyat egalari ekanliklarini e'tirof etadi. Biroq san'atkorning asosiy tomoni uning boshqalardan ajralib turishida emas, balki unda individuallikdan o‘zga yana nimadir borligi va u ob'ektiv ruhiy hodisa ekanligidir. Aynan ana shu ob'ektivlilik san'atkorning maqsadi va badiiy asarning asosiy g‘oyasini aniqlab beradi. Yung o‘zining «tahliliy ruhshunosligi»ni yaratishga bel bog‘lar ekan, u Freyd qo‘llagan tushunchalar va atamalardan ko‘p hollarda voz kechib, yangi istilohlarni ilmiy muomalaga kiritadi.

Karl Gustav Yung ijodkorning ijod jarayonidagi ruhiy holatlarini o‘rganib, ularni uch tomonlama: ijodkor shaxsini, ijod jarayonini hamda shu jarayon mahsuli bo‘lmish san'at asarini alohida tahlildan o‘tkazdi. Bunda Yung asosan ijodkor, asar va ijod jarayonini ikki turga, introvert va ekstravert turlariga ajratib ko‘rsatish orqali ruhiy tahlil estetikasiga yangiliklar kiritdi.

Introvert ijod jarayonida badiiy asar o‘z ijodiy maqsadi yo‘lida muallifdan ozuqa sifatida foydalanadi. Bunday jarayonda vujudga keladigan asarlar o‘z qudrati bilan muallifni jilovlab oladi va uning qo‘lini shunday boshqaradiki, har qanday iste'dod egasi ham bunda lol qoladi. Asar muallifning ongiga o‘zi bilan birga o‘z shakl, uslub va qonuniyatlarini olib kiradi; ijodkor kiritmoqchi bo‘lgan narsalar inkor qilinib, u olib tashlamoqchi va chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan detallarni o‘ziga tortib oladi. Bunday favqulodda badiiy hodisa bilan kurashib, uni yengishga ulgurmagan muallif asarning yetovida yurishga majbur bo‘ladi; agar ixtiyor o‘z qo‘lida bo‘lganda edi, ijodkor hech qachon asar talab qilgan o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymasdi. Biroq ijodkor ayni paytda bularning hammasini o‘z tabiatidan chiqayotganligini, o‘zi - o‘z tabiati  gapirayotganini ham tan olmasdan iloji yo‘q. Ijodkor o‘zidan ko‘ra ko‘proq san'at asari kuchliroqligini, asarning unga tegishli bo‘lmagan va u boshqa­rishga kuchi yetmagan qudratga ega ekanligini his qiladi, o‘z faoliyati jarayonida faqat begona impulsga ergashayotganini sezib turadi. Shu sababli, u ijod jarayoni bilan uyg‘unlashib ketmaydi, asarga bo‘ysunayotganini, o‘zi undan alohida ekanini anglaydi.

San'atda bunday hodisalar juda ko‘p, chunonchi, Anna Kareninaning o‘limini istamagan, lekin asar talabi bilan uni o‘ldirishga majbur bo‘lgan Lev Tolstoyning iztiroblari, Kumushbibini «o‘ldirib» qo‘yganidan yig‘lab, ko‘zlari shishib ketgan Abdulla Qodiriyning ruhiy holatlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Bunday holatni ba'zan ilmiy ijodda ham uchratsa bo‘ladi.

Ba'zan ijodiy ehtiros shu darajada insonni qamrab olib, o‘ziga bo‘ysundiradiki, unday ijod jarayoni hatto san'atkor sog‘lig‘iga zid ravishda davom etadi. Buyuk Alisher Navoiyning ijodiy jasorati va matonati bunga misol bo‘la oladi. Ijodga bo‘lgan chanqoqlik uni xastalantirib, o‘limga olib keldi. Cho‘lponning zamona qaltisligini ko‘ra-bila turib, milliy ozodlik, istiqlol haqida she'rlar yozgani ham shundan bo‘lsa kerak.

Lekin, ta'kidlash kerakki, introvert ijodkorning ekstra­­vertga aylanish hodisasi ham uchrab turadi, ijodkorning avval yozgan asari keyin­gi asarlaridan farq qilishi mumkin.

Ekstravert badiiy ijod jarayonida tug‘ilgan san'at asarlari zamon bilan hamnafas, o‘sha zamonning aniq va ravon tushuntiriladigan dolzarb muammolarini aks ettiradi. U oddiy xalq tomonidan yaxshi qabul qilinadi, ommaga tushunarli bo‘ladi. Biroq bunday asarlar vaqt o‘tishi bilan jonli asarlik xususiyatini yo‘qotib, tarixga aylanadi. Introvert jarayonga tegishli asarlar esa ko‘p hollarda ommaga tushunarsiz bo‘ladi. Chunki ularda nafaqat zamon, balki butun borliq va koinot muammolari ifoda topadi; inson qalbi zamiridagi qorong‘u yo‘laklar yoritiladi. Uni idrok etgan kishi bunday ifoda qoshida qay darajadadir dovdirab qoladi. Bunga misol qilib Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadir» asarini yoki Frants Kafkaning «Qasr» romanini keltirish mumkin.

Yung «Ruhshunoslik va badiiy ijod» maqolasida ruhshunoslikni inson ruhiy holatidagi jarayonlar borasidagi ilm deb baholab, uni adabiyotshunoslik bilan bog‘laydi. Zero uning fikricha, har qanday san'at asarining ibtidosi - ruhdandir. Albatta, ijodkorning shaxsiy ruhiyati uning asaridagi ko‘p narsani aniqlashtirishi mumkin, ammo asarning o‘zini tushuntirib berolmaydi. Agar buning imkoni bo‘lganda asar oddiy simptomga aylanib, ijodkor va uning asariga hech qanday obro‘ va mashhurlik keltirmagan bo‘lardi. Aynan mana shu masalalar ijod jarayoni hamda ijodkor shaxsi borasidagi ruhshunos va estetik olimlar o‘rtasida bahsli munozarani keltirib chiqaradi.

K.Yung agar ruhshunoslik badiiy ijod va badiiy asarni bog‘lovchi sabablarni aniq ochib bera olganda edi, unda san'atshunoslik mustaqilligini yo‘qotar va ruhshunoslikning bir bo‘limi sifatida o‘rganilar edi, degan fikrni bildiradi. San'atshunoslik hamda ruhshunoslik doimiy ravishda bir-biriga bog‘liq bo‘ladi va biri ikkinchisining tamoyilini rad qila olmaydi. Ruhshunoslik tamoyili - berilgan psixologik material­­ni sababiylikdan kelib chiquvchi qandaydir holat sifatida olib qaraydi. San'atshunoslik tamoyiliga ko‘ra esa,  gap asar haqidami yoki ijodkor haqidami, qat'i nazar, undagi ruhiylik bevosita mavjudlik sifatida o‘rganiladi. Ikkala tamoyil ham o‘zining nisbiyligiga qaramasdan o‘z kuchida qoladi, ular alohida mavqe va qimmatga ega.



Yung har bir ijodkorda ikki holat - o‘zida qisman shaxsiy-insoniy, qisman esa noshaxsiy insoniy jarayonni mujassam etadi, degan qarashni ilgari suradi. Zero inson sifatida u sog‘lom yoki kasal bo‘lishi va shu bois, individual ruhshunoslik uning shaxsi borasida izlanishlar va xulosalar chiqarishi mumkin. Ijodkor sifatida esa u faqatgina o‘zining yaratgan asari orqaligina tushunilishi mumkin.

Demak, ijodkorni biz faqat ijod jarayonidagina ijodkor deya olishimiz mumkin  bo‘ladi. Qolgan vaqtlarda esa u oddiy inson kabi illat va fazilatlardan xoli bo‘lmagan shaxsdir. U holda ijodkor oddiy odamlardan nimasi bilan farq qiladi? Ijodkorlarning boshqalardan ajralib turishini Yung ularning energiyasi bilan izohlaydi. Har bir inson odamlar bilan muloqot qilar ekan, u o‘zining salbiy munosabatlarini va illatlarini berkitishga harakat qiladi, aniqrog‘i, bunga kuch topa oladi. Biroq ijodkor barcha quvvatini ijod jarayonidagi ehtirosga berilib, asarga baxshida qilib yuboradi. Shu tariqa u o‘zining illatlarini, odamlar bilan bo‘lgan munosabatda berkitishga kuch topa olmaydi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Siz o‘zingizni o‘rab turgan jamiyat­ oldida, odamlar orasida qusurlaringiz oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaysiz. O'ki haqiqatni ochiq-oydin aytishga bo‘lgan intilish hissini aql bilan cheklaysiz. Aql esa o‘z yo‘lida cheklov uchun sizning quvvatingizdan foydalanadi. Ijodkorlar esa bunday imkoniyatga  ega bo‘la olmaydilar. Zero ular, hattoki o‘z imkoniyatlariga ham yetarli darajada hukmronlik qila olmaydilar. Ijod jarayoni ijodkordan ijodiy ehtiros orqali hamma narsani, hattoki undagi ixtiyorni ham olib qo‘yadi.
Download 20,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish