1. Kasbiy psixologiya tushunchasi va ularning vazifalari



Download 61,5 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2021
Hajmi61,5 Kb.
#68573
  1   2
Bog'liq
Mahmudjonov Bobur Kasbiy psixologiya Yakuniy nazorat


23-Variant

1.Kasbiy psixologiya tushunchasi va ularning vazifalari

2.Kasbiy psixologiyada marketing tushunchasi va ularning mohiyati

3.Psixologiyada shaxs va uning faolligi masalasi

4.Motivatsiya va uning ta`sir etuvchi omillari

‘’Kasbiy ta`lim’’ kafedra mudiri dots. SH.Allayorov

Javob:

1.Inson bolasi voyaga yetgach o‘z qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra biror kasb yoki hunarni tanlaydi. Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, kasbiy faoliyat uzoq vaqt davomida inson hayotining ajralmas qismiga aylanib qoladi. Psixologik tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra ham odamlarning salomatligi hamda o‘zini baxtli his etish darajasi uning tanlagan kasbi bilan uzviy bog‘liq ekan. O‘z kasbin ota – onalarning majburlashi orqali tanlagan insonlarda esa sog‘liqning yomonligi, ruhiy tushkinlik, o‘zini baxtsiz hi etish, kasbiy faoliyatida hech qanday o‘sish kuzatilmagan. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo‘lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo‘lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O‘smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo‘ladi: ular “Men shifokor bo‘laman”, “Bizning o‘g‘limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo‘lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o‘quvchilar uchun to‘qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo‘nalishlarini tanlash – eng dolzarb masala bo‘lib qoladi.



Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo‘lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo‘lsam ekan? – degan savolni o‘z oldilariga qo‘yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi. Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo‘ladi.

Kasb - hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo‘ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari – mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo‘shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo‘ladi. Kishilarning individual-psixologik xususiyat-larini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya’ni unga ko‘ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.Bo‘lajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo‘lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi – “maktab – oila –jamiyat” tizimi o‘rnida yangi ya’ni “kasb-oila ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar” vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo‘ladi. Masalan: kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo‘lgan layoqatini yo‘qotish, majburiy ishdan bo‘shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo‘ladi. Ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi.

O‘z kasbini ustasi bo‘lishga erishish variantlari ko‘p bo‘lib, bu borada talaygina muammolar paydo bo‘ladi. Shaxsning kasbiy rivojlanishi turli xilda namoyon bo‘lishini qanday tushuntirib bersa bo‘ladi? Nega bir kishi hayoti davomida ma’lum bir kasbga sodiq qoladi, boshqasi esa yillar davomida mehnat turlarini o‘zgartirib turadi? Kasbni o‘zgartirish sabablari (qanday) nimada? Kasbdan qoniqish, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi, lavozimlardan ko‘tarilishi qanday omillarga bog‘liq? Qanday qilib kasb ustasi bo‘lish mumkin? Insonning kasbiy hayotini o‘zgarishida shu savollarga javob berish kerak bo‘ladi.Shu bois talaygina muammolar ishsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa ertangi kunga bo‘lgan ishonchsizlik psixologik zo‘riqishni kuchaytiradi. Bunda ko‘pgina ishsizlar uchun kasbini o‘zgartirish muammosi kelib chiqadi. Yangi kasbni shakllanishi jarayonida kasbiy qarashlar shaxs xususiyatlarining o‘zgarishini talab etadi.Har bir kishining kasbiy hayotida kasbiy rivojlanish inqirozlari uchrab turadi. Bir necha yil davomida ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatish mutaxassisning kasbidan zerikish holatlarini keltirib chiqaradi. Kasbiy tiklanish shaxs faolligini susaytiradi, hordiq chiqarish imkoniyatlarini qidirishga olib keladi.

Hozirgi kunda sun’iy intellektli texnologiyani hamma joyda uchratish mumkin. U quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: logistikani rejalashtirishda, moliyalashtirishda, ma’lumotlarni taxlil qilishda, ishlab chiqarishda, internetdagi izlash tizimsida, avtomobillarda, mobil telefonlarda va hokazolarda.Sun’iy intelektning psixik sog‘likni saqlashda ishlatilishi, shubhasiz, psixologik amaliyot va izlanishlar olib borilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tarixdan ma’lumki, psixologiya sun’iy intellekt sohasiga katta hissa ko‘shgan. Masalan, Frank Rozenblatt psixolog bo‘lgan va neyron turi konsepsiyasi asosida ishlaydigan, o‘zidan o‘zi bilim o‘rgana oladigan Mark 1 Perceptron mashinasini yaratgan. Devida Rumelxarta va uning xamkasblari ( Rumelhart, McClelland & PDP Research Group, 1986) neyron turi xotira modelini o‘rganib, mashina singari bilim olishni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishdi. Bundan tashkari, 1960- yilda psixologiyada butun kognitiv revolyutsiya, ya’ni kompyuter modelining odamga xos anglash xususiyati qiziqishni uyg‘otdi.

Sun’iy intellekt texnologiyasini malakali qo‘llanmalari mavjud va ular bemorlarga, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarga, avtomobil yullarida xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda, samaradorlikni oshirishlarida foyda keltirishi mumkin. Ammo, bu texnologiyani qo‘llashda salbiy oqibatlarga olib kelishi xavfi bor. Bir xil kasbiy faoliyati jarayonida mutaxassisda muhim kasbiy fazilatlar rivojlana boshlaydi. Shaxsning o‘z kasbiy ustasi bo‘lishi faoliyat mahsuldorligiga ta’sir etadi. Qanday qilib mutaxassisning ishga bo‘lgan layoqatini saqlab qolish, gohida esa tiklash mumkin. Ma’lumki, mutaxassis muntazam ravishda kasbiy psixologik tomonidan yordamga muhtoj bo‘ladi.

Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa – nafaqaxo‘rlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ular psixologik ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar.Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p jihatli psixologik fundamentlari an’anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion jihatlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari haqida, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasbiy psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasbiy psixologiyaga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.Keng tarqalgan ta’riflarga ko‘ra psixologiya – psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi fan. Psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlari psixologiya tarmog‘ida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bo‘lgan sohalarni ajralib chiqishiga turtki bo‘ldi. Ular jumlasiga kasbiy psixologiyani kiritishimiz mumkin.

2.Psixologiya (psixo... va ...logiya) — inson faoliyati va hayvonlar xattiharakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. P.ning tadqiqot predme-tiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. P.ning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda P. bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. P. eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) tal-qin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.

Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) P. yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.P. taraqqiyotida umuman 19-asrdagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. P.ningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. P. Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari P. taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912 yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psi-xologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asr ning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, P. P. Blonskiy va boshqa dialekti-kaga asoslangan ilmiy P.ni yaratishga kirishdilar.

Hozirgi zamon P.si koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy P., aviatsiya P.si, harbiy P., differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq P.si, tibbiyot P.si, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat P.si, sport P.si, max-sus P., ijodiyot P.si, menejment P.si, marketing P.si, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy P., din P.si, oila P.si, P. tarixi, genetik P., amaliy P., eksperimen-tal P., kasb P.si, psixolingvistika, siyosiy P. va boshqa P.ning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. P. sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. P. erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy P.da elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. P.daoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.Oʻzbekistonda P. 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida P. labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.

3.Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi.

Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:


Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish