Barqaror kar’erada xodimning kasb faoliyati va lavozimda o’sishida muayyan chekinishlarga yo’l qo’yilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ya’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o’z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o’zgartirganligi, shuningdek ma’lumoti bo’yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni egallashiga to’g’ri kelganligini bildiradi.
Uzlukli kar’era xodimning kasbda va lavozimda o’sishi beqaror bo’lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini tez-tez o’zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo’yicha ixtisosligiga muvofiq bo’lmagan lavozimlarni egallashi demaqdir.
Lavozimda o’sish bosqichlarini aniqlashning uslubiy asosi sifatida ikki: kar’era turi va boshqaruv tizimi omillari hisobga olinishi kerak (11.4- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |