2. Korxona ichidagi kar’era. Bu muayyan xodim o’z kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning barcha: ta’lim olish, ishga joylashish, kasbiy o’sish, butun salohiyatini namoyon etish, pensiyaga chiqish bosqichlarini bosib o’tishini anglatadi.
Korxona ichidagi kar’era:
ixtisoslashtirilgan;
ixtisoslashtirilmagan bo’ladi.
Ixtisoslashtirilgan kar’era muayyan xodim o’z kasbiy faoliyatida
kar’era turli bosqichlaridan o’tishi bilan farqlanadi. Muayyan xodim bu bosqichlarni bitta yoki bir nechta korxonada o’zi ixtisoslashgan faoliyat turida bosqichma-bosqich o’tadi. Masalan, bir korxonaning bosh muhandisi ikkinchi bir korxona bosh muhandisi lavozimiga o’tishi mumkin. Bu o’tish yoki ish haqi miqdoridagi, yoki mehnat jarayonidagi o’sish istiqboli bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan kar’eraga yana bir misol sifatida korxona boshqarmasi boshlig’i korxona rahbari o’rinbosari lavozimiga tayinlanishini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |