1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida detsil va kvintil koeffitsiyentining oʻzgarishi, barobar
Mutaxassislar fikricha, detsil koeffitsiyenti 5-7 barobar atrofida boʻlishi eng maqbul holatdir. Masalan, Germaniya, Fransiya, Avstriya kabi rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 5-7 barobar, AQSHda – 15, Braziliyada – 39 barobarni tashkil etadi.
Yalpi daromadning aholi guruhlari oʻrtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi Djini indeksi koʻrsatkichi qoʻllaniladi. Uning aniqlanish sohasi 0 bilan 1 oraligʻini (0 < Djini indeksi <1) tashkil etadi. Bu koʻrsatkich qanchalik katta boʻlsa, yaʼni 1,0 ga intilsa, tengsizlik shuncha kuchli boʻladi. Aksincha, 0 ga intilsa, jamiyat aʼzolari daromadlari tenglashib boradi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Mamlakatimizda yaqin yillargacha boʻlgan davrda iqtisodiy atamashunoslikda “kambagʻallik” degan tushuncha qoʻllanilmas edi. Xuddi Oʻzbekistonda umuman kambagʻal aholi yoʻqday. Uning oʻrniga uzoq yillardan beri “kam taʼminlanganlik” degan tushuncha qoʻllanilib kelindi. Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan samarali ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida kam taʼminlangan aholi ulushi yildan yilga kamayib bormoqda. Xususan, uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan 2009-yilda Oʻzbekistonda jami aholi tarkibida kam taʼminlanganlarning ulushi 19,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2018-yilda 11, 4 foizni tashkil etdi. Yaʼni, 1,7 barobardan ortiqroqqa kamaygan (2-rasm).
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida kam taʼminlangan aholi ulushi, foiz
2-rasmda keltirilgan raqamlarni Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat statistika qoʻmitasi Jahon banki tavsiyasiga koʻra kam taʼminlanganlik darajasi koʻrsatkichi kunlik 2100 kkaldan kelib chiqib hisoblagan.
O‘zbekistonda shu paytgacha yashash minimumi haqida so‘z yuritilmagan. Dunyoning aksar mamlakatlarida esa bu tushunchadan amaliyotda keng foydalanib kelinadi. Mamlakatimizda “kambag‘allik” va “qashshoqlik” tushunchalarining o‘rniga “kam ta’minlanganlar” tushunchasi ishlatib kelindi. Yashash minimumi miqdorini hisob-kitob qilish aholini ijtimoiy himoyalash borasida davlat zimmasiga yuklatilgan vazifalar ko‘lamining kengayishiga olib keladi.
Yashash minimumi – inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning eng kam to‘plamlarini, shuningdek, majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni o‘z ichiga olgan iste’mol savatchasining qiymat bahosini ifoda etadi.Boshqacha qilib aytganda, yashash minimumi insonning eng zaruriy ehtiyojlarini qondira olmaydigan yoki kambag‘allik qashshoqlik bilan almashinuvchi chegarani aks ettiradi.
Sodda qilib aytganda, iste’mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to‘plamidir. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va hokazo. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma’lumotlaridan, o‘z navbatida, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni (iste’mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.
Iste’mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos bo‘lmog‘i lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |