Ijtimoiy xizmatchi uchun, sizning fikringizcha, eng zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini tuzing. Mazkur ro‘yxatdagi hujjatlarni tasnif qilish yo‘lini aniqlang.
Har bir hujjat muayyan vaqtda tuziladi va demak, u o‘zining zaruriy tarkibiy qismi sifatida muayyan sanaga ega bo‘lishi lozim. Amaliyot ko‘rsatishicha, sanalarning turi ko‘p, ular hujjat tuzilgan sana, imzo chekilgan, olingan, qayd qilingan, e'lon qilingan va h.k. sanalar bo‘lishi mumkin.
Masalan. ariza olti tarkibiy qismdan iborat:
adresatni belgilash;
ariza muallifining ifodasi;
hujjat turining nomi (“ariza”) ;
ariza mazmuni (matni);
muallif imzosi;
imzo qo‘yilgan sana.
Mazkur tarkibiy qismlarning bari ushbu hujjatda ham, boshqa har qanday hujjatda ham bo‘lishi zarur. Masalan, sanani qo‘ymasak, hujjat zamondan tashqariga chiqib qoladi. Imzosi yo‘q arizani ham qabul qilishmaydi. Mazmunsiz ariza ham, tabiiyki, bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatdan foydalanish qulay bo‘lishi uchun arizaning barcha tarkibiy qismlari shunday ajratilishi va joylashtirishili lozimki, ularni darrov topish va o‘qish oson bo‘lsin.
Tarjimai hol esa quyidagi tartibda joylashtirilgan to‘rt tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
hujjat turining nomi (“tarjimai hol”);
mazmun (matn);
muallif imzosi;
imzo qo‘yilgan sana.
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘rinishi boshqacharoq, uning shakli va mazmuni qonun yo‘li bilan aniq belgilangan bo‘lib, ular namunaviy, ya'ni tug‘ilganlik to‘g‘risidagi barcha guvohnomalar uchun umumiy hisoblanadi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar oldindan chop etilgan blanklarga yoziladi. ZAGSlar (fuqarolik holatlarini qayd qilish bo‘limlari)da, ya'ni fuqarolikning tug‘ilish, nikoh, o‘lim singari holatlari qayd etiladigan muassasalarda faqatgina blankda belgilab qo‘yilgan o‘rinlar to‘ldiriladi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
hujjat turining nomi (“tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma”);
mazmun ;
qayd qilish joyi;
berilgan sana;
guvohnomaning raqami;
mansabdor shaxs imzosi;
muhr.
Blankdagi ba'zi elementlar bo‘yicha qanday ma'lumotlar yozilishi to‘g‘risida oldindan ko‘rsatmalar berilgan (ular ko‘pgina nuqtalardan iborat bo‘lgan chiziqlar ostida mayda shrift bilan yozib qo‘yilgan). Guvohnomaning butun mazmuni blankda oldindan ko‘zda tutilgan. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomada tuzatishlar, o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Guvohnoma shaklini har qanday buzishlar va noto‘g‘ri to‘ldirish yaroqsiz qilib qo‘yadi.
Yig‘ilish bayonnomasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
hujjat turining nomi (“bayonnoma”);
yig‘ilish o‘tkazgan tashkilotning nomi;
yig‘ilish sanasi;
majlisda kimlar ishtirok etdi?;
kun tartibi;
mazmun;
imzolar (tashkilot kotibi, yig‘ilish raisi va h.k).
Hujjat original yoki nusxa shaklida taqdim qilinishi mumkin. Original deb u yoki bu hujjatning yagona, odatda, birinchi nusxasiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |