1. Ko'payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri xisoblanib, uning moxiyati o'ziga o'xshash nasl koldirish xususiyatidir. Natijada xar bir turning saklanishiga, tiklanishiga va ko'payishiga sabab bo'ladi. Turlarni ko'payishi xayotida ba'zi o'simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo'lishi mumkin.
Ayrim bir xujayrali o'simlilkar bir yilda bir necha marta ko'paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko'p yillik o'simliklar - bambuk, agovalar xayotida bir marta ko'payadi. O'simliklarning ko'payishini kuyidagi turlari mavjud.
1. Jinsiz ko'payish. 2. Jinsiy ko'payish. 3. Vegetativ ko'payish.
2. Vegetativ ko'payish. Vegetativ ko'payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ xujayraning xisobiga xosil bo'ladi. Vegetativ ko'payish tabiatda keng tarkalgan bo'lib, bir xujayrali organizmlarda xujayraning teng ikkiga bo'linishi, ko'p xujayrali suv o'tlarida tollomini bo'linishdan, zamburuglarda mitseylining bo'linishdan xosil bo'ladi.
Ko'p yillik gulli o'simliklarda vegetativ ko'payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o'simliklar: itburun, pechak kabi o'simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlar vositasida kulupnay, ayiktovon, gozpanja kabi o'simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko'payadi.
Vegetativ usulda ko'payuvchi o'simlilkarning ko'pchiligi kishlok xo'jaligi ekinlari orasida begona o't xisoblanadi.
Payvadlash mevali o'simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saklab turuvchi asosiy vegetativ ko'paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o'simliklar payvandlash yo'li bilan ko'payadi.
O'simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovukka va kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvandlash 2 turga bo'linadi: 1. Kurtak payvand. 2. Kalamcha payvand. Kurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o'tkaziladi. Kalamcha payvandning 100 dan ortik tur mavjud bo'lib, kalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo'lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o'simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o'rmon olmasi bilan payvandlash.
Xar xil oilaga kiruvchi o'simliklarni payvandlashda xam yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo'lishiga olib keladi. N. V. Tsitsin akatsiyaning ildiziga no'xotni payvand kilgan. Respublikamizda yantok ildiziga tarvuz urugini ekib undan xosil olish mumkin.
Masalan: Michurin Mentor usulidan foydlaanib olmaning gibrid navlarini yaratdi: Belfler - kitayka, kandil - kitayka, antonovka navlari va boshkalar. Payvantlanadigan o'simlik payvandtag, ko'rtagi foydalaniladigan o'simlik payvand dust deb nomlaandi. Payvandlashdagi asosiy xusuisyat payvandtag va payvanddustning kambiysini bir biriga mos joylashtirishdir.
3. Jinsiy ko'payish. Jinsiy ko'payishning moxiyati shundan iboratki, bunda yangi organizm fizioloigk xar xil bo'lgan ikkita gometaning ko'shilishi natijasida xosil bo'ladi. Gometalarning ko'shilishidan zigota xosil bo'ladi.
Jinsiy ko'payish tuban va yuksak o'simliklar uchun xos bo'lib, gametalar suv o'tlarida xarakatchanligi bilan xarakterlanadi. Gametalar shakli va xarakatiga karab kuyidagi turlarga ajratiladi.
1. Izogamiya. 2. Geterogamiya 3. Oogamiya.
Jinsiy ko'payishning izogamiya yo'li bilan ko'payishida bir xil kattalikdagi va bir xil xarakatdagi gametalarni ko'shilishi natijasida zugota xosil bo'ladi. Masalan: suv o'tlaridan ulotriksda va zamburuglarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |