1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati va nazorati tizimi Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari



Download 60,5 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi60,5 Kb.
#953028
Bog'liq
j2


MAVZU. JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINI OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKLIK
Reja:
1.Jamoatchilik nazoratining mohiyati va nazorati tizimi
2.Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari
3.Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari
4.O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi

Jamoatchilik nazoratining mohiyati va nazorati tizimi
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavur qilish qiyin. SHuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish fursati etdi.”
1.Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.

“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizdaMudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi. SHu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan, fuqarolik nazorati alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitutsiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy me’yorlarga mosligi ustidan o‘tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‘rinda ko‘rinadi. Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.

Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan bo‘lsa ham, shunday qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash;jamiyat manfaatlarini himoya qilish”.
Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratiningvazifalari quyidagicha tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”.


Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shuo‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi.
2014 yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgarishlar jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berdi. Konstitutsiyamizning 32-moddasi endi quyidagi tahrirda bayon qilindi: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.”
2.Fuqarolarimizning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishining Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi jamoatchilik nazoratiga mamlakatimizda qanchalik katta ahamiyat berilayotganining belgisidir.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis jamoatchilik nazoratini iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida ana shunday o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Bu esa faoliyat sub’ekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilishi mumkinligini anglatadi.
Mamlakatning barqaror rivojlanishida jamiyat va shaxsning munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri bo‘lgan davlat nazorati muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda, jamiyat, undagi fuqarolik institutlari va barcha fuqarolar jamoatchilik nazorati orqali davlat va boshqaruv sub’ektlarining faoliyatini mavjud ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, huquqiy andozalar yordamida nazorat qiladi.
Jamoat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari bilan birga nazorat ishlarini olib borishlari va zarur hollarda davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlari ham mumkin. Bu ikki vaziyatbir-birini inkor qilmaydi.Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk allomalar va faylasuflar asoslab berishgan. Masalan, Aristotelь o‘zining asarlarida xalqning mansabdor shaxslar va hukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy baqarorligi hamda gullab-yashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan.
3.Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ham hukmdorlarning aholi oldida hisob berib turishlari va ularning qonunlarga so‘zsiz buysunishlari zarurligi alohida ta’kidlanadi.
4.SH.Monteskьe jamiyat hukumatsiz mavjud bo‘la olmasligi, lekin mavjud qonunlar fuqarolarga hukumat faoliyati ustidan nazorat olib borish imkoniyati berishini ta’kidlaydi.Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Xuddi shuni hisobga olib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni bajarish yuzasidan Samarqand va Buxoro viloyatlarida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi.Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan holda jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni ularga bermoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularningulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda.Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi.Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim.
Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati sub’ektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida hamda mazkur qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi.NNTlarning vujudga kelishi ob’ektiv voqelikning in’ikosi bo‘lib, hatto eng rivojlangan demokratik mamlakatlarda ham davlat o‘zining fuqarolariga o‘z organlari va mansabdor shaxslarining suiiste’molliklardan xoli ekaniga to‘la kafolat berolmaydi.

Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo‘lgan Aleksis de Tokvilь demokratik tuzumning mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning huquqini hukumat emas, birinchi navbatda, qonun, shaxsning o‘zi va jamiyat himoya qilishi kerak. Demokratik jamiyatda jamoat birlashmalarining vujudga kelishi jamiyatni boshqarish qonunlaridan biri bo‘libgina qolmay, mutlaq zaruriy qonun hamdir. De Tokvilning fikriga ko‘ra, “Dunyodagi mamlakatlar orasida eng demokratik mamlakat fuqarolari maqsadga etishishda o‘zaro maslahatlashish asosida ish ko‘radigan va mazkur jamoaviy harakat usulini boshqalardan ko‘ra ko‘proq qo‘llaydigan mamlakatdir”6. Huquqni himoya qilish bo‘yicha tuzilgan jamoat tashkilotlari barcha mamlakatlarni tezkor, samarali va kam sarf bilan inson huquqlari muammosini hal qilishga ko‘maklashadigan va hokimiyat organlari suiiste’molliklaridan himoya qiladigan tashkilotlarga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi.


Demokratik mamlakatlarda tuzilayotgan NNTlar bir qator umumiy funksiyalarga ega. Fuqarolarning talablarini ifodalash; so‘z erkinligini ta’minlash; jamoatchilikni davlatni boshqarish va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga safarbar qilish kabilar ana shunday funksiyalar jumlasiga kiradi..XX asr oxiriga kelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini himoya qilishda NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.

Jamoatchilik nazorati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:


- u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha a’zolari ehtiyojlari va manfaatlarini uyg‘unlashtirish shakli sifatida namoyon bo‘ladi;
- mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishda va bu manfaatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
- jamiyatdagi tezkor hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-g‘ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
- jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita hisoblanadi.
Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz berar ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz bermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi;
- mehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari;

- notijorat xarakterga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi;


- mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin;
- mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo‘g‘ini hisoblanadigan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi. O‘zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati aholini o‘zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri shundaki, jamiyat o‘sib va rivojlanib borishi jarayonida oddiy xalq va hokimiyat o‘rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. Masalan, qishloq joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega. SHaharlarda, ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim vositachilar paydo bo‘ladiki, ular bir tomondan, xalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga etkazib tursa, ikkinchi tomondan, hokimiyat faoliyati to‘g‘risida aholiga axborot etkazib turadi. Ana shunday vositachilar jumlasiga ommaviy axborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.SHundan xulosa qilib aytish mumkinki, xalq va hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki turli bo‘lishi mumkin:

Unchalik katta bo‘lmagan ijtimoiy tizimlar uchun xos bo‘lgan bevosita o‘zaro ta’sir.SHaharlar va umuman, katta ijtimoiy tizimlarda hokimiyat va aholi o‘rtasida bavosita o‘zaro ta’sir vujudga keladi. Bunda vositachilik vazifasini ommaviy axborot vositalari, PIAR va reklama agentliklari kabilar bajarishadi.Jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og‘ish bo‘lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o‘zgartirgan.O‘zbekistonda qadimdan o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lgan mahalla nazoratchilik funksiyalarini ham bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan.Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.YUqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning o‘zini o‘zi tartibga solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me’yorlar yordamida hamda mazkur tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni, yo‘naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning xarakteri, mohiyati va tipi bilan belgilanadi. Jamoatchilik nazorati ibtidoiy, arxaik jamiyatlarda hozirgi rivojlangan industrial jamiyatlardagiga nisbatan mutlaqo o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Arxaik jamiyatlarda u sodda tuzilmaga ega bo‘lsa, industrial jamiyatlarda murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi.


Sanksiyalar ― jamoatchilik nazoratining elementi. Alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar, muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kelishi tasodifiy hol emas. Me’yorlar jamiyat qadriyatlarini himoya qilish maqsadida yaratilgan bo‘lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Me’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal qilmay qo‘yadi.Sanksiyalar moddiy va ma’naviy bo‘lishi mumkin. Moddiy sanksiyalar vazifasini jarima, mol-mulkni musodara qilish kabilar bajaradi. Ma’naviy sanksiyalar esa tanqidiy fikr, xayfsan, kesatiq, piching, izza qilish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Fuqarolik jamiyati institutlari ma’muriy va huquqiy sanksiyalarni qo‘llash vakolatiga ega emas. Ular faqat ma’naviy sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Lekin o‘rinli va to‘g‘ri qo‘llangan ma’naviy sanksiyalarning kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam bo‘lmasligi mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir butunlikni tashkil qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo‘lmasa, u odamlar va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi.Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo‘yinsunishni istamasa yoki ularni chetlab o‘tishga harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini qo‘llaydi. Hozirgi jamiyatlarda majburlash orqali nazorat qilishning qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisidan iborat.
2.Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari
Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutish samarali emas. Chunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq to‘lovchilarning mablag‘lari sarflanib bo‘lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o‘rinsiz ekani aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag‘lar noo‘rin sarflangan,deb topish ehtimol to‘g‘ridir. Lekin endi noo‘rin sarflangan mablag‘larni qaytarib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. SHuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan.Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;7Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida ham fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi”8Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi” tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.” Ko‘rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta’rif ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan “Vikipediya” lug‘atida keltirilgan ta’rifga to‘la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda jamoat birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidankengroq va mustahkamroqdir.

Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llab-quvvatlagan narsalargina yashashi kerak.Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko‘ra aholi qo‘llab-quvvatlamaydigan narsa va hodisalarga barham berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo‘lgan jamoatchilik ekspertizasi mamlakatda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur jarayonlarning qay biri yashashi va qay biridan voz kechilishi kerakligi to‘g‘rsida xalqning hukmini ifodalaydi.Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar harakatlari, ekologik harakat, turli jamg‘armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar tom ma’noda jamoat birlashmalaridir. Konstitutsiyamizning XIII bobida jamoat birlashmalariga quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.”10Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan.



Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.Tashkilot va korxonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba uyushmalarining ko‘pchilik boshlang‘ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda.Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy axborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’ektlari tomonidan aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng jamoatchilikka etkazishda muhim rolь o‘ynaydi. Ular etkazgan ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi.O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish,ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq.Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon bo‘ladi.Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir.Yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi. OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar bilan intervьyu tashkil qilish haqidagi so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi.Fuqarolik jamiyati shakllanishida fuqarolik jamiyati barcha institutlarining o‘zaro aloqadorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati organlarining aholi oldidagi barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilayotgan hozirgi sharoitdajamoatchilik nazoratining roli beqiyos darajada ortadi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mamlakatda qonunchilikni ta’minlashning kafolati vazifasini bajaradi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati turli ko‘rinish, shakl va usullar yordamida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazorati turlari va shakllarini to‘la va chuqur anglash uchun quyidagi holat va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim:
- davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tushunchasining mazmun va mohiyatini tahlil qilish:
- jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish:
- fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati olib borishdagi amaliy faoliyatlarini tahlil qilish.
Jamoatchilik nazorati muayyan shakllarda olib boriladi. Jamoatchilik nazorati shakllari xilma xil bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar:
- jamoatchilik ekspertizasi;
- jamoatchilik monitoringi;
- jamoatchilik tinglovi;
- jamoatchilik surishtiruvi;
- jamoatchilik muhokamasi;
- jamoatchilik kuzatuvi.

Jamoatchilik nazoratining hozirgi sharoitda bizning mamlakatimizda eng ko‘p qo‘llanayotgan shakllaridan biri jamoatchilik tinglovidir. Mazkur shakl ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan u yoki bu muammoni hal qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘zaro kelishtirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik tinglovi quyidagi maqsadlarni ko‘zlab o‘tkaziladi:ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan muammolarni aniqlash va muhokama qilish;mazkur muammoni hal qilishdan manfaatdor bo‘lgan tomonlarni aniqlash;manfaatdor tomonlarning mazkur muammo bo‘yicha mavqeini qayd qilish va barcha tomonlar uchun maqbul bo‘ladigan qaror variantini ishlab chiqish.Jamoatchilik tinglovi ishtirok etayotgan barcha tomonlarning o‘z fikr va dalillarini bayon qilishini ko‘zda tutadi. Bunda ular muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqadi.


Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:mazkur muammoni kun tartibiga qo‘yishda tashabbus ko‘rsatgan tomon (investor, tayyorlangan loyiha mualliflari);mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ma’muriyat, davlat nazorat idoralarining vakillari;muhokama qilinayotgan masaladan manfaatdor bo‘lgan jamoatchilik, shu jumladan, jamoat tashkilotlarining vakillari.Jamoatchilik tinglovini tashkil etish va o‘tkazishga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalarining vakillari jalb etilishi lozim.
Jamoatchilik tinglovining ob’ekti jamiyatda vujudga kelgan muammoni hal qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha bo‘lishi mumkin. Mabodo, loyiha tarkibida yopiq ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, loyiha mualliflari jamoat tinglovi uchun alohida ma’ruza tayyorlashadi. SHu bilan birga, muammoni hal qilish bo‘yicha tayyorlangan hujjatning qisqacha mazmuni ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lgan sodda tilda tayyorlangan bo‘lishi zarur.Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri tuman va shaharlarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, xususan hokimlarning hudud aholisi oldida muayyan davr (chorak, yarim yil yoki yil) davomida rejalarning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir bo‘lishadi. Tinglov davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rejadan orqada qolish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning to‘laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. Bunday tinglovlar mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi.Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo‘yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur.qaror loyihasi bo‘yicha tayyorlangan hujjatga tinglov jarayonida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli o‘zgarishlar kiritish;jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish.Jamoat tinglovining asosiy hujjatlari quyidagilar: muhokama qilinayotgan loyiha, berilgan savollar hamda takliflar, ularga berilgan javoblar; jamoatchilik tinglovining bayonnomasi; tomonlarning kelishmovchiligi qayd etilgan yakuniy hujjat; loyihaga tinglov natijasida kiritilgan o‘zgarishlar ro‘yxati.
Jamoat tinglovining yakunlovchi hujjatini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tavsiya etiladi

Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish, jamoatchilik tinglovini o‘tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy mablag‘larni talab etadigan masalalar bilan bog‘liq. Odatda, tegishli moliyaviy mablag‘ bu muammoni hal qilishdan manfaatdor tomon va hal qilish uchun buyurtma bergan buyurtmachi yoki investor tomonidan qoplanadi. SHuningdek, qo‘shimcha mablag‘lar (xayriya mablag‘lari, jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin.
Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish