Zamonaviy fan – texnika taraqqiyoti va uning mazmun - mohiyati. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiridan XXI asrning boshlarigacha fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi.
Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integratsiyasining zarurligi. shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish;
uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish;
uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash;
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish, “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish;
uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k.