20.3. Internet kodlari Internet tizimiga ma’lumot uzatayotgan har bir davlat o’zining maxsus kodiga egadir. Quyidagi jadvalda ayrim mamlakatlar va ularning internet-kodlari keltirilgan.
Kod
Davlat
Kod
Davlat
*.uz
O’zbekiston
*.us
AQSH
*.ru
Rossiya
*.uk
Buyuk Britaniya
*.ua
Ukraina
*.ca
Kanada
*.kz
Qozog’iston
*.ch
Shveytsariya
*.kg
Qirg’iziston
*.cn
Xitoy
*.de
Germaniya
*.no
Norvegiya
Xuddi shunday, internetdagi fayllar ham o’zlarining maxsus kodlari, ya’ni kengaytmalariga egadir. Ayrim turdagi fayllar va ularning kengaytmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kengaytma
Faylning turi
.asm
Assembler tilida yozilgan dastur
.an
Tovushli fayl
.bas
Beysik tilida yozilgan dastur
.bmp
MS Windows grafik fayli
.c
C tilida yozilgan dastur
.cpp
C++ tilida yozilgan dastur
.com
MS DOS ni boshqaruvchi fayl
.dbf
Ma’lumotlar bazasi fayli
.doc
Word da tayyorlangan matnli fayl
.exe
MS DOS da boshqariluvchi fayl
.gif
Grafik formatdagi fayl
.dz
GNU yordamida arxivlangan fayl
.hlp
Ma’lumotlar (yordam) fayli
.ini
Initsiallashtiruvchi fayli
.jpg
JPEC grafik formatidagi fayl
.mid
MIDI formatidagi fayl
.mpg
MPEG formatidagi video fayli
.pcx
PC Paintbrush formatidagi fayl
.pdf
Adobe Arcobate formatidagi fayl
.qt
Qvict Tinee formatidagi fayl
.tar
UNIX dagi tar tipidagi arxiv fayli
.tif
TIFF grafik formatidagi fayl
.txt
Faqat ASCII kodida yozilgan fayl
.wav
Wave formatidagi fayl
.wri
Write muharririda yozilgan fayl
20.4. Respublikamiz kompyuter tarmoqlari Respublikamiz xalq ho’jaligini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish to’g’risidagi ilmiy tadqiqot ishlari o’tgan asrimizning 50-60 yillarida boshlandi va shundan buyon jadallik bilan rivojlanib kelmoqda.
Buni quyidagi misollardan ham ko’rish mumkin:
- 1956 yilda O’zFA matematika instituti qoshida O’rta Osiyoda birinchi bo’lib hisoblash texnikasi bo’limi ochildi va bu bo’limga yosh olim, hozirda O’zFA akademigi Vosil Qobulovich Qobulov boshchilik qildi;
- 1958 yilda shu bo’limda O’rta Osiyoda birinchi bo’lib qudratli “Ural” EHMi ishga tushirildi;
- 1962 yilda zamonaviy M20, M220, “Minsk-22”, “Ural-2”, BESM-6-1, BESM-6-2 EHMlari ishga tushirilda;
- 1966 yilda “Kibernetika” ilmiy ishlab-chiqarish instituti (keyinchalik “Kiber-netika” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi) tashkil qilindi;
- 1978-1979 yillarda shu institut qoshida markazlashtirilgan maxsus konstruktorlik-texnologik byurosi tashkil qilindi;
- 1985-1986 yillarda o’rta maktablarning X-XI sinflarida “Informatika va hisoblash texnikasi” fani keng o’qitila boshladi;
- 1991 yilda Toshkent shahrida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash, kompyuterlarni sotish, ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish bilan shug’ullanuvchi AQSH ning COMPUTERLAND firmasining shtabi ochildi.
Respublikamiz mustaqillikga erishgach, bu boradagi ishlarga yanada ko’proq e’tibor berila boshladi. Mamlakatimiz hukumati xalq xo’jaligimizga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy qilish borasida bir qancha muhum qarorlar va dasturlar qabul qildi.
Masalan, 1999 yilning fevralida O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog’ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to’g’risida” qarori qabul qilindi.
Shu yilning o’zida “1999-2003 yillarda O’zbekiston respublikasida ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish” dasturi qabul qilindi.
Bu dasturga muvafiq quyidagilarni amalga oshirish ko’zda tutildi:
- Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar davlat, jamoat organlari, fuqorolar, tashkilotlar, muassasalar, jamoalarning axborotlarga bo’lgan talabini qondirish uchun elektron axborot almashishni amalga oshirish;
- Respublikada transport-kommunikatsiya asoslarini yagona axborotli muhitini yaratish va uning dunyo axborot almashish tizimiga kirishini ta’minlash;
- Respublikada ma’lumotlarni uzatish pravayderlar tarmog’ining dunyo ma’lumotlarini uzatish tarmog’iga, jumladan internetga markazlashgan holda ulanishini ta’minlash;
- Davlat, boshqarish va hokimiyat organlarida markazlashgan hujjat almashishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
“Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” da ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalariga katta ahamiyat berildi.
Bu qabul qilingan qaror va dasturlarga muvafiq 2001 yilda “Kibernetika” birlashmasi qoshida “Axborot texnologiyalari markazi” ochildi.
O’zbekiston aloqa va telekommunikatsiya (UzPak) va Vazirlar mahkamasi huzuridagi xo’jaliklararo axborot-kompyuter xizmati (UzNet) hamkorligida Respublikamizda mavjud ma’lumotlarni uzatish va ularni texnikoviy ta’minlash milliy tarmog’i yaratildi.
Respublikasmizda Internet provayderlari 1997 yildan boshlab xizmat ko’rsata boshladi. Hozirgi paytda esa, bunday provayderlarning soni 50 tadan oshib ketdi.
Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan asosiy Internet provayderlari quyidagi jadvalda keltirilgan.