7 Urug‘chilik davrida O‘rta-Osiyoda ta’lim-tarbiya mazmuni, metodlari qanaqa bo‘lgan
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parken kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o’zbeklarning «ildizi» sanalgan sakmassagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, baxtadlar, parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi.bular hozirgi Markaziy Osiyo hududidagi xalqlarning ajdodlaridir.
Bu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topgan.
Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga ta’lib-tarbiyaga oid merosi ham kiradi. Hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarining bizgacha etib kelgan arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining merosi va namunalari buning dalilidir. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha etib kelmagan.
Turkiy va forsiy zabon xalqlarning turmush tarzi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», M. Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk» kabi manbalarida saqlangan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada rol o’ynaganligidan dalolat beradi.
Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham, insoniyat jamiyatning tarkib topishiga yordam bergan. Insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan.
Kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan.
Qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, fazilatlari va qadimgi eposlarda o’z ifodasini topgan.
Qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch manbaga tayaniladi:
1. Xalq og’zaki ijodi materiallari.
2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
3. Arxeologik qazilma ashyolar.
Tarixchilar va pedagoglarning xabar berishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan uch guruhga bo’lingan.
1. Bolalar va o’smirlar.
2. Hayot va mehnatda to’la qatnashuvchilar.
3. Keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bolalar o’zlari uddalay oladigan faoliyatga qo’shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o’rgangan. O’g’il bolalar ov qilish, qurol yasash bilan shug’ullanganlar, qizlar esa ayollar mehnati bilan tanishganlar.
Urug’chilik jamoasida kasb-hunarga intilish kuchaydi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozuvga ham o’rgana boshlaganlar. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash usullariga oid bilimlarga intilish avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezildi. Dastlab sur’atkashlar rivojlanib «Piktografik xat» paydo bo’lgan, keyinchalik yozuvlar takomillashgan. Oromiy, Yunon, Xorazm, Sug’d, Kushan, Run, Uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan. Bu esa ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim rol o’ynagan.
Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid ma’lumotlar berilgan.
Forslarning ulug’laydigan narsalaridan jasurlikdir, -deydi olim, shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illariga ega bo’lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, har doim sovg’a salom yuborib turgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’rgatilgan. Bola besh yoshgacha otasiga ko’rsatilmagan, ayollar tarbiyasiga bo’lmagan.
O’g’il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onasiga hurmatsizlikni nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb bilganlar.
Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan deydi. Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar: bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir qilib tarbiyalashga e’tibor berganlar. Ayollar ham jasorat ko’rsatganlar. Plutarxning xabar berishicha, Podshoh Kir forslarni shoh Asitaga qarshi otlantirgancha ular jangda engiladilar va fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvlab shaharni egallashga yaqin qolganda ularga qarshi darvozadan ayollar chiqib shunday xitob qiladilar: «Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisiz? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysiz-ku?» Forslar ayollarning bu hayqirig’idan ta’sirlanib, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni uloqtirib tashlaydilar.
Bu hodisaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: bu shaharga agar qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilinsin.
Qadimgi Samarqandda ta’lim-tarbiya yaxshi tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar bor. Samarqandda o’g’il bolalar besh yoshga to’lgach, unga savdo ishlari o’rgatilgan, o’qishni o’rganishi bilan savdo ishiga o’rgatila boshlangan.
Boshqa bir tarixchi Samarqand aholisining axloqiy va xulq odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini qayd qiladi.
Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlar xalq og’zaki ijodi namunalari-afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda o’z ifodasini topgan.
Epik rivoyatlarda ajdodlarimizning vatanparvarlik kurashi o’z ifodasini topgan. Jasurlik, kuchlilik, mardlik, qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo’lgan fazilat sanalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |