2-Mavzu: Istiqlol mohiyati aks etgan she’riyat mohiyati: she’riyatda poetik fikrning yangilanishi. Muhabbat tuyg‘usining ufqi kengligi. Sevgining ijtimoiylashuvi. Sog‘inchda ko‘ngil izhori. Bahrom Ro‘zimuxammad, Qo‘chqor Norqobilov, Rustam Musurmon she’rlari misolida
Reja:
1. Istiqlol davri adabiy jarayoni haqida umumiy tushuncha
2. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti nazariy masalalari fanining maqsadi va vazifalari.
3. Istiqlol davri badiiy adabiyotidagi poetik o’zgarishlar haqida umumiy tushuncha.
4. Bu davr adabiyoti haqidagi turfa xil qarashlar.
Istiqlol yillari qator adabiy jarayonimiz muayyan maʼnodagi, ijodiy sarxisob davri boʻldi. Yangi bosqich oʻzbek sheʼriyatining koʻlami yanada kengaydi. Gʻarb adabiyotining sonet va modern yoʻnalishlaridan tortib, olis yapon sheʼriyatidagi tanka, xokku shakllaridagi asarlargacha paydo boʻldi.Toʻgʻri, bu shakllarning ayrimlari sheʼriyatimizda ilgarigi bosqichda ham mavjud edi. Biroq shakl va yoʻnalishlarda endi yangi davr muammolari, istiqlol davri kishisining ichki dunyosi va tasvir vositalari, yangi gʻoyalar oʻz ifodasini topa boshladi. Bu davrdagi ijod namunalarida avvalgi bosqichdagi asarlarga xos boʻlmagan Vatan, Istiqlol, erk mavzu va muammolarning yangicha tasvirlariga, yangicha uslubiy talqinlariga va bu yoʻnalishdagi yangi-yangi badiiy obrazlar, timsollarga duch kelamiz.Bu davrda A.Oripovning “Hikmat sadolari”, “Savob”, “Dunyo majmualari”, “Ranjkom”, “Sohibqiron” dramatik dostoni, Ye.Vohidovning “Yaxshidir achchiq haqiqat” sheʼriy toʻplami, “Donishqishloq latifalari”, turkumi, Zulfiyaning “Xotira siniqlari” dostoni Asqad Muxtorning “Yillarim”, “Uyqu qochganda”, O.Matjonning “Ardaxiva afsonasi”, “Nega men”, “Qush yoʻli”, Ikrom Otamurodning “Uzoqlashayotgan Ogʻriq”, “Sopol siniqlari”, Oydin Hojiyevaning “Najot”, Qutlibekaning “Tavba”, “Qadimgi kuy”, majmualari, Rauf Parfinning “Tavba” Sirojiddin Sayyidning “Qaldirgʻochlarga ber ayvoningni” “Koʻksimdagi zangorilarim” “Vatanni oʻrganish” Matnazar Abdulhakimning “Oydinlik”, Faxriyorning “Ayolgʻu” Mahmud Toirovning “Haqni tanib” toʻplamilari Tohir Qahhor, Farida Afroʻz Usmon Azim, Minhojiddin Mirzo, Iqbol Mirzo va boshqa koʻplab ijodkorlarning ijodlari hozirgi adabiy jarayonimizda anchagina salmoqli va zalvorli falsafiy-psixologik taxlil xisobga kengayib teranlashib borayotganni maʼlum boʻladi. Soʻngi oʻn besh yil ichida adabiy jarayonga nazar tashlar ekanmiz adabiyotimizning hech bir bosqichi deyarli barcha masalalarda bu davrdagidek rang-barang, sertarmoq, sermahsul, serjilo va hatto baʼzan ayrim kutilmagan, hayratomuz hodisalarga boy boʻlmagani koʻramiz.bu yangilanish jarayonida, milliy gʻoya va Vatanga muhabbatning badiiy talqini haqida fikr yuritiladi.Badiy ong va dunyoqarash milliy oʻyga xos hususiyatlari balan ajlarib turadi. Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi, fikr ongni ezgu maqsad sari yoʻnalishda milliy gʻoya va milliy mafkuraning roli katta. Uni odamlar ongi va qalbiga singdirishga bir qancha omillar qatori adabiyot alohida rol oʻynaydi. Adabiyotda boʻlgani kabi milliy gʻoya va milliy mafkura ham plyuralizm tamoyiliga ega boʻlsagina kelajagi porloq boʻladi va abadiy yashaydi. Lekin Sovet davrida adabiyotning ham, milliy gʻoya va mafkuraning bunday tamoyili cheklangan edi. Bunday xarakterdagi fikrlar qoralanardi.Istiqlol tufayli bunday cheklanishga barham berildi. Adabiyot ham oʻz oʻaniga tushdi. Mustaqilik davri adabiyoti zamirida xalq maʼnaviyatini oʻstirishga, estetikasiga taʼsir etadigan, maʼnaviy ozuqa bera oladigan gʻoyalar yotadi. Bugungi lirikamiz ham shu hususiyati bilan aloxida oʻrin tutadi. Bu, eng avvalo, xalqning Xurlik, erkinlik, Ozodlik, Istiqloldan iborat asriy orzusi roʻyobga chiqishining bevosita badiiy adabiyotda aks etishidir. O`zbek modern she`riyati namoyandalari sifatida shoirlarimizdan Rauf Parfi, SHavkat Rahmon, keyingi ijodkorlardan Abduvali Qutbiddin, Ikrom Otamurod, SHaxriyor, Bahrom Ro`zimuhammad, Farida Afro`z, Husniddin SHaripov Bektemir Pirnafasov kabilar nomlarini keltirishimiz mumkinki, bulardan Rauf Parfii, Ikrom Otamurod, SHavkat Rahmon, Bahrom Ro`zimuhammad kabi ijodkorlar asarlarini deyarli to`laligicha mana shu yo’nalishda ijodkorlarni aytishimiz mumkin. Boshqalarining esa ayrim she`rlari mana shu yangiliklar borasida o`zini sinab ko`rish, ta`sirlanish tuyo’usidan yuzaga chiqqan.
Hozirgi o`zbek modern she`riyati uchun juda ko`p xususiyatlar xos. Ularning ayrimlariga quyidagilar: Modern she`riyatda insonning ichki dunyosi taftish etishga harakat qilinadi. Inson qalbini esa real aks ettirishning yoki umuman, jo`n qilib aytganda, ushlash, ko`rish, eshitish imkondan tashqari holat bo`lganligi sababli, uni ramzlar obrazli detallar, predmetlar vositasida reallashtirishga harakat qilindi. YAngilik bunday she`rlarning nomlanishidayoq ko`zga tashlanadi. Kitobxon ularning nomini o`qigan zahoti uyga toladi, «bu nima?», «u qanaqa bo`ladi?» kabi so`roqlar oo’ushida qoladi. Masalan, Ikrom Otamurodning bir to`plami «Tao’azzul», SHaxriyorning bir asari «Ayolo’u» deb atalgan. Nima u ayolo’u, yoki Tao’azzul. eng avvalo kishini hayratga soladigan va qiziqishiga sabab bo`ladigan holat mana shu paytdayoq yuzaga keladi.Modern shoirlar biz mavhum deb anglaydgan tushunchalarga shakl izlaydi. Mana shu mavhum tushunchalar modern she`rlarning lirik obrazini ko`pincha tashkil etadi. Aslida ham shoir nigohi ba`zan oddiy odam anglolmagan mavjudlikni anglash, ko`rolmagan borliqni ko`rish qobiliyatiga egalik iqtidori taqdir qilingan ilohiy nazardir. Masalan, Faxriyorning yana bir to`plami, to`plamining nomi «Dardning shakli» deb nomlanadi. Mana shu sarlavhaning o`ziyoq shoirning tuyo’uga shakl berishga intilayotganligini ko`rsatadi. YOki umuman, an`anaviy she`riyatimizda odatda real shakli, amal qilish xususiyatlariga qarab talqin qilinib kelinayotgan tushunchalar modern she`riyatda lirik qahramonning ruhiy olamini chizib ko`rsatishda qo`llanuvchi vosita sifatida butunlay boshqacha funktsiya bajara boshlaydi: metaforik tafakkurning o`ta yopiq va ayni paytda antiqa, hech xayolga kelmagan ko`rinishidan foydalaniladi.Xullas, modern she`riyat bu betakror obrazli ifodalar, nozik fahmni talab etuvchi sirli ishoralar makonidir. YAna bir tomoni borki, modern she`rlarda axloqiy-tarbiyaviy xulosalar aytilmaydi, balki asar mao’zidan ularni topish mumkin. Masalan, yuqoridagi she`rda yolo’izlik yomon, u insonni qaritadi, hatto ko`zlarini emas, yuragini miltillatadi, yio’latidi emas, hatto singratadi, inson uchun hamdard, hamnafas do`st, yor, qarindosh-uruo’ yoki shunga o`xshash bir inson yonma-yon bo`lishi kerak, degan o’oya aytilmaydi, balki shunday tuyo’ular, holat tasviri beriladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |