1. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dinidagi oqimlar. Tasavvuf va fikr



Download 63,5 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi63,5 Kb.
#835192
Bog'liq
Mavzu №10. Islom dinining kelib chiqishi, mohiyati va ta’limotla


Mavzu: Hozirgi davrda islom va uning mohiyati.


Reja:


1.Islom dinining vujudga kelishi.
2.Islom dinidagi oqimlar.
3.Tasavvuf va fikr.

1.Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo’lib, hozirgi kunda 172 mamlakatning 1,5 mlrd. aholisi unga e’tiqod qiladi.


Islom davrigacha bo’lgan davr johiliya (arabcha jahula-bilmaslikdir) deb ataladi. Bu davrda turli arab qabilalari ko’pgina but-sanamlarga topinishgan ya’ni ko’pxudolikka e’tiqod qilganlar. Sanamlarni ko’pligi tez-tez arab qabilalar o’rtasida ixtiloflar keltirib chiqargan, shuningdek aholi o’rtasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa buzuqliklar keng tarqalgan edi.
Islom so’zi arabcha «Allohga o’zini bag’ishlamoq», «taslim bo’lish», «itoat etish» «bo’ysunish» degan ma’nolarni anglatadi. Islom dinining payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamdir. U kishi milodiy 571 yil 21 aprel kunida Makka shahrida dunyoga kelganlar. 632 yil 8 iyunda Madina shahrida vafot etganlar. Shamsiy yil hisobi bo’yicha payg’ambarimiz 61 yoshu, 1 oy, 18 kun, qamariy yil hisobi bo’yicha 63 yoshu, 3 oy, 3 kun umr ko’rganlar.
Otalarining ismlari Abdulloh, onalarining ismi-Omina bo’lgan. 25 yoshlarida beva ayol –Hadichaga uylanganlar, 40 yoshida payg’ambarlik kelgan, 23 yil payg’ambarlik, 19 marta jihod, 4 marta umra va 1 marta haj qilganlar.
Payg’ambarimizning otalari Abdulloh ular tug’ilmasdan 2 oy avval Suriya safaridan Makkaga qaytayotganda Madina shahrida kasallanib 25 yoshida olamdan o’tadilar. Payg’ambarimizni onalari dard ko’rmasdan, sunnat qilingan va kindiklari kesilgan holda tug’adilar. Orqalarida, ikki kiftining orasida payg’ambarlik muhri-hollari bo’lgan. Bobolari payg’ambarimizga Muhammad deb, onalari Omina esa Ahmad ism qo’yganlar. Payg’ambar tug’ilgan paytlarida bir qancha g’ayrioddiy hodisalar ro’y berdi. Ka’badagi but-sanamlar yiqildi, Eron shohi Husravning saroyi tebranib, butlari sinib ketdi, Otashparastlarning ming yildan beri o’chmagan olovlari so’ndi, Sova ko’li toshib o’sha mamlakatda suv toshqini bo’ldi.
Payg’ambarimiz onalari Omina ularni 7 kun emizadilar. Undan so’ng cho’ri ayol Suvayba, Marvaha, Ummu Aymanlar emizdilar. Eng ko’p sutgan bergan ayol Halima bo’ldi. Payg’ambar Halima tarbiyasida 4 yoshigacha bo’ldi. Onalari tarbiyalarida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’ldi. Undan so’ng bobolari Abdulmutallib qo’llarida 8 yoshgacha, amakilari Abu Tolib qo’llarida balog’atga etgunicha tarbiyalandilar.
Payg’ambarlar ikki turga bo’linadi: Nabiy va Rasullar. Nabiiy (xabarchi) payg’ambarlarga xudo tomonidan kitob va shariat tushirilmay, balki o’zlaridan avvalgi payg’ambarlar ishlarini davomchilaridir. Rasul (elchi) payg’ambarlarga esa xudo tomonidan alohida kitob va shariat berilgandir. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. ham nabiy ham rasul payg’ambarlardan hisoblanadi.
Islom aqidasida asosan etti narsa-Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas kitoblariga, yuborgan payg’ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonligi Allohdanligiga, o’lgandan keyin qayta tirilishga iymon keltirishdan iborat. Bu aqidalar 6 ta iymon kalimalarida ifodalangan.
Islom dinining 5 ustuni mavjud, bular:
1)Kalima keltirish.
2)Besh mahal namoz o’qish.
3)Zakot.
4)Ro’za tutish.
5)Haj.

Islom dinining muqaddas kitoblari bo’lib Qur’oni Karim va hadislar hisoblanadi. Qur’on o’z ichiga 114 ta surani oladi. Qur’onda suralar mazmuniga yoki vaqtiga qarab emas, balki hajmiga qarab ya’ni avval katta suralar keyin kichik suralar tartibi bilan Payg’ambarimiz ko’rsatmalariga binoan tartiblangan. Qur’ona Payg’ambar davrida kitob holiga keltirilmagan edi, ulardan so’ng bu ishni Abu Bakr amalga oshiradi, u Qur’onni yaxshi yodlagan va payg’ambar bilan ko’p bo’lgan Zayd ibn Sobitni chaqirtirib kitob yozishni topshiradi. Zayd va Umar Qur’onni kiyik terisiga yozib chiqadilar, bu ilk sahifalar suhuf sahifalar deb nomlangan. Keyinchalik bu sahifalarni Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit birinchi Qur’on kitobini jamlaydi va undan nusxalar ko’chirtirilib boshqa shaharlarga yuboriladi. Usmon Qur’oni ruslar bosqiniga qadar Samarqandda Xo’ja Axror madrsasida saqlangan. Rus imperiyasi davrida bu kitob imperator kutubxonasiga 1869 yilad olib ketiladi. Keyinchalik kitob 1923 yilda Toshkentga keltiriladi.


Islomdagi muqaddas kitoblar sarasiga hadislar ham kiritilib – ular payg’ambar aytgan so’zlari, qilgan ishlari, u kishiga berilgan sifatlarni o’zida mujassam etadi. Hadis so’zining ma’nosi–yangi, xabar, hikoya bo’lib, to’liq nomi al-hadis an-Nabaviy ya’ni Payg’ambar so’zlaridir. Hadislardan ko’pgina huquqiy masalalarni hal etishda foydalaniladi.
Hadislar 2 xil bo’ladi:

  1. al-hadis al-qudsiy – ma’no Ollohdan lafz esa payg’ambarniki.

  2. al-hadis an-nabaviy – ma’no ham lafz ham payg’ambarniki.

7-8 asr boshlarida hadisshunoslik ilmi juda taraqqiy etgan. Bu paytga kelib hadislarning eng yirik 6 ta majmuasi paydo bo’ldi, bular:

  1. Imom al-Buxoriy tomonidan jamlangan «al-Jomi as-Sahih».

  2. Imom Nishopuriy tomonidan jamlangan «sahih Muslim».

  3. Imom Sijistoniy tomonidan jamlangan «sunani Abi Dovud».

  4. Imom Nasoiy tomonidan jamlangan «sunani Nasoiy».

  5. Imom Ibn Mojja tomonidan jamlangan «sunan ibn Mojja».

  6. Imom at-Termiziy tomonidan jamlangan «sunan at-Termiziy» asarlari.

2.Islom diniga amal qiluvchilar ma’lum sabablarga ko’ra 3 yo’nalishga ajraldilar. Ulardan dastlabkisi xorijiylik bo’lib, keyingilari sunniylik va shi’alik yo’nalishlaridir.


Xorijiylik hozirgi davrda deyarli yo’q bo’lib ketgan. Sunniylik va shi’alik hozirda amalda. Hozirda islomdagilarning 92,5% sunniylikka, 7,5% shi’alik mazhablariga mansub.
Xorijiylik (arabcha: ajralib chiqqanlar, isyonchilar) ilk yo’nalish bo’lib, xalifa Ali va ummaviylar o’rtasidagi kurash davomida 7 asrda vujudga kelgan. Xalifalik uchun kurashda Ali, Muoviya tarafdorlari ya’ni ummaviylar bilan oxirigacha jang olib bormay muzokara yo’lini tutganlar. Bu hol hazrat Alini haqiqiy halifa deb tan olganlar o’rtasida norozilik tug’diradi va ular keyinchalik Alining o’ziga ham ummaviylarga ham qarshi kurash olib borganlar. Ularning ta’limoti bo’yicha xalifa diniy jamoa tomonidan saylanib jamoaga bo’ysunadi. Har qanday taqvodor musulmon, hoh qul yoki xabash bo’lsin xalifa etib saylanishi mumkin. Keyinchalik 7-9 asrlarda ummaviylar va abbosiylar davrida ularni deyarli qirib tashlaganlar. Hozirda Jazoir, Tunis, Ummon, Tanzaniyada juda oz bo’lsa ham uchraydi.

Sunniylik deb diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’on Karim va Payg’ambar hadislari ya’ni Sunnaga birdek rioya qiluvchilarga aytiladi. Sunniylikning to’liq nomi «Ahli sunna val jamoa»dir. Sunna arabcha so’z bo’lib odat, an’ana, hatti-harakat tarzi ma’nosini anglatadi.


Sunniylar barcha xalifalarni, jumladan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilarni e’tirof etadi. Shi’alar esa faqat Alini haqiqiy halifa sifatida tan oladilar. Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va hajga boradigan muqaddas shaharlar hisoblanadi, hajga shi’alar ham qisman boradilar. Ayrim diniy marosimlar, urf-odatlar v an’analarda ham anchayin farqlar mavjud.
Shia’lik (arabcha guruh, tarafdordir) aslida guruhlar o’rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo’lsada keyinchadik diniy ta’limotdagi tafovut shaklida ham barqarorlashdi. Shi’alar Qur’onni muqaddas deb biladilar, lekin uch halifa davrida uning ayrim qismlari tushib qoldirilgan deb hisoblaydilar. Ular faqat Ali va uning tarafdorlari bilan bog’liq bo’lgan hadislarni tan oladilar va mustaqil hadislar to’plamini tuzib uni «Axbor» deb ataganlar. Shi’alarning imomlari dafn etilgan joylari muqaddas sanalib, hatto ular uchun haj qilish o’rnini bosadi. Hozirgi vaqtda shialar Iroq, Afg’oniston, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon, Tojikistonning Pomir tog’lari atrofida va asosan Eronda istiqomat qiladir.

3.Islomda turli diniy-falsafiy oqimlar, yo’nalishlar bilar birga so’fiylik (tasavvuf) tariqatlari (suluklari) ham vujudga kelgan. So’fiylik tariqatlari «uyushma», «jamoa» degan ma’noni beradi. Bazan suluk-«yo’l» deb ham ataladi. So’fiylik arabcha «suf» ya’ni jun so’zidan olingan bo’lib, islomdagi diniy-falsafiy ta’limotdir. Ilk davrlardagi zohidlarning yo’lidan borganlarga VII-VIII asrlarda so’fiy, ular yurgan yo’lga esa tasavvuf deyila boshlandi. So’fiylar moddiy boylikni qoralab, haqiqiy boylik-ma’naviy, ruhiy boylik deb hisoblaganlar va asosiy e’tiborni unga qaratdilar. Bu dunyo o’tkinchi, bevafo, undagi hayot haqiqiy emas, qorong’u zulmatdan iborat deb tushunadilar.


So’fiylik va tasavvuf ta’limotining vujudga kelishi sabablaridan biri shuki, payg’ambarimizdan keyingi uchinchi halifa Usmon davrlaridan (644-656 yillar) boshlab ayrim musulmon jamoalari orasida mahalliychilik, oshna-og’aynigarchilik, tanish-bilishchilik, bir-birini siylash, hokimiyat lavozimlariga qarindosh-urug’larni tayinlash, boylik yig’ishga intilish, ayniqsa arab halifaligining Ummaviylar davrida (661-750 yillar) Alloh yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlarga, mol yig’ishga hirs qo’yish, zebu-ziynatlarga, hoyu-havaslarga berilish kabi salbiy illatlar egallay boshladi. Hashamatli uylar, dabdabali saroylar qurish, qimmatbaho bezaklar, oltin-kumush, boshlik to’plash avj oldi. Bunday ishlar e’tiqodi mustahkam, taqvodor musulmonlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Bu ishlarning oldini olish uchun ular Payg’amg’arimiz hadislarini yig’a boshladilar. Ba’zi muslimlar bunday holatga qarshi o’laroq norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik-zohidlik g’oyalarini targ’ib qilib, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullana boshladilar.
So’fiylar ko’pincha jun chakmon, jun matodan bo’lgan hirqa, janda, quloh va qo’y terisidan qilingan dunli po’stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun xalq ularni jun kiyimlilar ya’ni so’fiylar deb atay boshlagan.
So’fiylikning ilk namoyondalari bo’lib Payg’ambarimizning Abu-d-Dardo, Abu Zarr, Huzayfa kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi bu asketik-mistik oqimning shakllanishi VIII asr o’rtalari va IX asrning boshlariga to’g’ri keladi. So’fiylikning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ilohiyotchi olim al-Hasan al-Basriy so’fiylikning asoschilaridan hisoblanadi.
Bizning o’lkamizga so’fiylik ilmi Eron orqali kirib kelgan. Movorounnahrdan ilk so’fiylik ta’limoti al-Hamadoniy (1140 y.da vafot etgan) maktabi hisoblanadi. U ikki tarmoqqa ajralgan bo’lib, birinchisi Xuroson madrasasi, ikkinchisi Ahmad Yassaviy maktabi edi.
Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish