Qur’on – Kalomi sharif
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga Qur’on qay tariqa kelgan?
- Alloh taoloning amri bilan farishta Jabroil Muhammad alayhissalomga Qur’ondagi sura va oyatlarni bayon qilgan, xotiralariga singdirgan. Jabroil alayhissalom ketganidan so’ng Payg’ambarimiz nozil bo’lgan oyatlarni sahobai kiromlarga yodlatganlar. - Kalomulloh Muhammad alayhissalomga necha yil davomida kelgan?
- Yigirma uch yil davomida bobma-bob, oyatma-oyat, bo’linib-bo’linib nozil bo’lgan.
- Qaysi tilda bayon qilingan?
- Arab tilida.
- Qur’oni karim necha sura va necha oyatdan iborat?
- Bir yuz o’n to’rt sura, olti ming ikki yuz yigirma olti oyatdan iborat.
- Unda necha so’z va necha harf bor?
- Yetmish yetti ming to’rt yuz o’ttiz to’qqiz so’z, uch yuz yigirma besh ming uch yuz qirq
uch harf bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |