Zamonning oxiri
- Zamonning oxir bo’lishi ma’nosi nima?
- Ushbu dunyoning oxirlashi va tugashidir.
- Zamon tugashining belgilari qanday?
- Yer yuzining jami mavjudoti – odamzot va hayvonot, osmonda esa butkul farishtalar
qirilib halok bo’lishi zamon oxirining asosiy belgisidir.
- Zamon qay vaqtda tugaydi? Unga necha yil qoldi?
- Zamonning qachon va qay holatda tugashi yolg’iz Allohga ayondir. Biz faqat shuni ayta
olamizki, har kuni va har lahzada qiyomat bo’lishining ehtimoli bor.
- Zamon tugamasidan avval uning qanday alomatlari ko’rinadi?
- Zamon tugamasidan avval yer yuzini faqat bir millat vakillari egallab oladi. Ammo
Islom davlatlari juda zaif bo’ladi. So’ngra o’sha qudratli millat ham zaiflashadi va o’zga
qavmning tasarrufiga kirib ketadi. Musulmonlar esa taraqqiylashib ketadi. So’ngra yana
jamiki odamlar ibodatsizlikka mubtalo bo’ladilar. Jabr va zulm ko’payadi. Zilzila, yerning
cho’kishi, shaharlarni suv bosishi hodisalari ko’p bo’ladi. Vaboga o’xshash turli-tuman
dardlar va dardmandlar ko’payadi. Tug’iluvchidan ko’ra o’luvchi ko’p bo’ladi. Erkaklardan
ko’ra ayollarning hisobi ortiq keladi. Ba’zi ellarda to’qlik, farovonlik ortib, ba’zilarida qattiq ochlik hukm suradi. Mashriq tarafdan Ya’juj-Ma’juj qavmi yer yuziga tarqaladi Ular mag’rib xalqlarining ustidan g’alaba qozonib, o’z hukmini, jabrini o’tkazadilar.
So’ngra bir kazzob ko’pchilikni o’ziga tobe qiladi, fosiqlikni o’rgatadi. Uning ismi Dajjoldir. Dajjol xaloyiqni yo’ldan ozdirib yurgan vaqtida Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari hazrati Fotima naslidan bo’lmish solih zot xalqni va’z va nasihat bilan fosiqlikdan va imonsizlikdan qaytarib, yaxshilik va odillikni targ’ib qiladi hamda qo’shin to’plab Dajjol qavmiga qarshi jang qiladi. Ul zotning ismlari Mahdiydir. O’sha vaqtlarda osmondan Iso alayhissalom yerga tushib, hazrati Mahdiyga yordam beradi.
Ushbu urushda Dajjol halok bo’ladi va askarlarining ham aksari qirilib ketadi. Qolganlari hazrati Iso bilan Mahdiyga tobelikka o’tadilar. O’sha zamonda Iso bilan Mahdiy adolatl ko’payadi. Xazina va chorva mollari juda barakali va ziyoda bo’ladi. Davlatmandlar ko’payadi. Hatto, zakot va sadaqa oluvchi kishi topilmaydi. So’ng yana kishilar imonsizlik va gunoh
tomonga yuzlanadilar. Keyin esa g’arb tomonda sovuq shamol qo’zg’alib, mo’minu musulmonlarni ado qiladi. Yer yuzida faqat imonsiz, gunohkor kishilar qolib, hamma tomonni bulg’alaydilar. Va nihoyat, Alloh taoloning hikmati bilan quyosh teskaridan, ya’ni mag’ribdan chiqadi. Ushbu kun dunyoning so’nggi kunidir. Ushbu kungacha tavba qilib qolish kerak. So’ng tavba-tazarru’lar qabul etilmas. Yer yuzini dud bosib, har tirik
kishining hushi yo’qolur. So’ng farishta Isrofil surni chalib, jondorlarning tanasidan joni chiqishiga ko’maklashadi. Qattiq shamol turib yer yuzini xarobaga, dashtga aylantiradi. Alloh taolodan o’zga biror tirik narsa qolmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |