Dasrning maqsadi: Qo`l sohasining erkin muskullarini tuzilishi, birikishi, vazifasi va joylashgan o`rni haqida aniq tushuncha hosil qilish.
Kerakli asboblar: maket, mulyaj, planshet, plakat, tablitsa, qog`oz, qalam, chizg`ich va o`chirg`ich.
Ishning borishi: Qo`lning erkin qo`l muskullarini aniq dalillar bilan talabalarga tushuntirish uchun qo`l muskullariga oid planshet, plakat, maket, mulyaj hamda tablitsalardan foydalaniladi. Keyin birin-ketin qo`l muskullar haqida ma’lumot beriladi. Laboratoriya darsi ma’ruza darsidan foydalangan holda o`tiladi. So`ngra talaba olgan bilimlariga asoslanib, muskullarni ketma-ketlikda yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |