1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi



Download 0,71 Mb.
bet1/12
Sana25.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#702908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AUDITor Etikasi


1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish natijasida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xoʻjlik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchligi toʻgʻrisida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yoʻl-yoʻriq va boshqa turlardagi amaliy yordam koʻrsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda.
Darhaqiqat, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan qayd etilganidek, “…bizni audit tizimining hozirgi ahvoli qoniqtirmaydi, chunki u hali – beri biznes samaradorligini real baholashning zarur vositasiga aylangani yoʻq. Bu sektor shunchaki rasmiyatchilik uchun ishlamoqda va hozirgi kunga qadar moliya bozorida yetarli ishonch qozona olmayapti”1. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish esa koʻp jihatdan nazariy, huquqiy-meʼyoriy, amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirishga bogʻliq. Bu borada soʻngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida” 4-aprel 2007-yil 615-qarori qabul qilindi boshqa qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Natijada, auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun attestatsiya oʻtkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari aniqlandi.
Shuningdek, mamalakatimizda xoʻjalik subeʼtlarining oʻtgan yilgi moliyaviy faoliyati va ularning barqarorligiga aniq baho berishimiz asosida ularning kelajakdagi istiqbollarini belgilashga sharoit yaratishimiz lozim.
Mamlakatimizda 1992-yil 9-dekabrda birinchi marta meʼyoriy hujjatlarda audit soʻzi tilga olindi va auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish tizimini rivojalantirish yoʻlida xalqaro audit tajribasi va rivojlanishiga tayanib bir necha bosqichlar bosib oʻtildi. Auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pogʻonasida “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (yangi tahriri) turadi. Qonun Oliy Majlisning 2000-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan va 29 moddadan iborat. Ushbu Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pogʻonasiga kiritish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan meʼyoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha koʻrinishga ega (3-chizma):
Auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pogʻonasida Oʻzbekiston Respublika-sining «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan boʻlib, 29 moddadan iboratdir.
Ushbu tizimning birinchi pogʻonasiga “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham kiritish mumkin. Jumladan, 2000-yil 22-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida»gi Qaror qabul qilindi. Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom», «majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom» va «auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish toʻgʻrisidagi Nizom» tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xoʻjalik yurituvchi subyektining moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish oʻtkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi. Qarorning 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  • oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish;

  • malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.

Auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pogʻonasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻz ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari oʻzlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim boʻlgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida roʻyxatga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISAS) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xoʻ-jalik faoliyatining barcha subʼyektlarida bir xil qoʻllaniladi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli boʻlishi taʼminlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab byeradi..

Uchinchi pogʻona - standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar toʻplami, yaʼni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qoʻllash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Taʼkidlash joizki, mustaqillikka dastlabki yillari Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi boʻlgan huquqiy – meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib oʻtishga asos boʻldi.
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent R.D.Doʻsmuratovning taʼkidlashicha, respublikamizda auditorlik faoliyatini meʼyoriy-huquqiy tartibga solishning rivojlanishi quyidagi uch bosqichga ega(1-jadval):
1-jadval

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish