19.2. Ishsizlik va uning turlari. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning to‘liq muvozanati bo‘lmasligi surunkali xarakterga ega. Ishsizlik - bu iqtisodiy faol aholining bir qismi ishsiz bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Ishsizlik muammosining keskinligi bir qator sabablarga ko‘ra vujudga keladi: - inson - bu maxsus turdagi iqtisodiy resurs. Agar u hozirda iqtisodiyot tomonidan talab qilinmasa, uni zaxiralab "yaxshi paytgacha muzlatgichga qo‘yish" mumkin emas. Yo‘qotilgan ish vaqtini tiklab bo‘lmaydi va bugungi kunda ishsizlik sababli ishlab chiqarilmagan ne’matlar miqdorini qoplab bo‘lmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |