J.M. Keynsning ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining to‘liq bandligi vujudga kelishi mutlaq tasodif emas, shu sababli kapitalistik iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim bo‘lishi mumkin emas, ushbu soha davlat tomonidan doimiy tartibga solishni talab qiladi. Shu bilan birga, u ishsizlik va inflyatsiyaning aholining mablag‘lari va tadbirkorlarning investitsiyalarini rag‘batlantirish orqali bozor iqtisodiyotining davlat aralashuvi bilan puchga chiqadigan tabiiy xususiyati sifatida ko‘rdi. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasida bandlik masalasida yangi klassik maktab yo‘nalishi namoyondalari tarafdorlari oshib bormoqda. Ularning fikricha, ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishi shart, undan qutilish mumkin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |