bandlik nazariyasining yangi konsepsiyasini J.M.Keyns o‘zining 1936 yilda nashr etgan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida e’lon qildi. Unda bandlik nazariyasiga yangi konseptual yondashuv ishlab chiqilgan. Uning fikricha, erkin raqobat bozorni o‘zini o‘zi tartibga soluvchi emas. Bozor mexanizmining o‘zi muvozanatni, to‘liq bandlikni ta’minlamaydi. U yangi sharoitda klassik nazariyani butunlay rad etadi va iqtisodiyotning muvozanatliligiga davlatning tartibga soluvchi roli orqali erishilishini asoslab beradi. Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: ish bilan bandlik darajasining oshishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol oshadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq oshadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg‘arishga intilish» kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |