Xarajatlar – jami
Xalq xo‘jaligiga ijtimoiy iqtisodiy tadbirlarga jami:
undan
maorif, madaniyat fanga, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiyaga, ishtimoiy ta’minotga, ko‘p bolali va yolg‘iz onalarga nafaqa, xalqning turmush darajasini oshirish
davlat organlari va boshqaruv
Davlat byudjetining bajarilishi uch xil bo‘lishi mumkin:
- balanslashtirilgan (daromad = xarajat);
- defitsitli (daromad < xarajat);
- profetsitli (daromad > xarajat).
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari miqdori tengligi taqozo qilinadi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining miqdori daromadlar miqdoridan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi, ya’ni tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarish, asoslanmagan (puflangan) ijtimoiy sohalardagi dasturlarga sarflarni oshirish, shuningdek iqtisodiyotdagi tanazzul ijtimoiy ishlab chiqarishda me’yoriy xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |