17.2. Tijorat banklari va ularning vazifalari
Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatli shartlar asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir.
Bank bu tijorat muassasasi bo‘lib, uning maqsadi foyda olish. Bank o‘z faolyatida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi: mijozlarning manfaatiga ustuvorlik berish va ularni jalb etish uchun kurashish: foyda olib ishlash; raqobatda ishtirok etish tavakkal qilish; o‘z mablag‘larini naqd pulga aylantira olish.
Banklarning aksaryati tijorat banklaridir. Vaqtinchalik bo‘sh pullarni to‘plash, kredit berish, pul hisob-kitoblarini amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tijorat banklarning asosiy vazifalaridir. Amalga oshiradigan operatsiyalarga ko‘ra universal va ixtisoslashtirilgan banklar farqlanadi. Ixtisoslashtirilgan banklar – muayyan mijozlar guruhiga xizmat ko‘rsatadi yoki ayrim xizmatlarga ixtisoslashadi (investitsiyaviy, eksport, ipoteka).
Do'stlaringiz bilan baham: |