1. iqtisodiyotga kirish


- davlatning bozor jarayonlariga aralashuvi, iqtisodiy usullar yordamida amalga oshirish samaraliroq bo‘ladi



Download 20,98 Mb.
bet247/396
Sana27.01.2022
Hajmi20,98 Mb.
#412331
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   396
Bog'liq
Турсунов иқтисодиёт асослари маърузалар

- davlatning bozor jarayonlariga aralashuvi, iqtisodiy usullar yordamida amalga oshirish samaraliroq bo‘ladi;

- davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirish umumiy iqtisodiy inqirozlarni, shuningdek davlatlararo iqtisodiy aloqalar sohasidagi jarayonlarni nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlatning iqtisodiyotga ta’siri ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:

- davlat sektori orqali;

- turli xil iqtisodiy vositalar (iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish) yordamida iqtisodiyotning xususiy sektori faoliyatiga ta’sir o‘tkazish orqali.


Iqtisodiyotning davlat sektori - bu davlat tasarrufidagi va davlat organlari yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslar tomonidan boshqariladigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar majmui.

C.R.Makkonnell va S.L.Bryuning fikriga ko‘ra, davlat sektori to‘liq davlat

( hukumat) tomonidan boshqariladigan iqtisodiyotning bir qismidir.15 Iqtisodiyotning davlat sektori davlatga tegishli bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslarni o‘z ichiga oladi, ularning yordamida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladigan barcha tashkilotlar (davlat ishlab chiqarish korxonalari, boshqaruv, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mudofaa, davlat sohasidagi davlat tashkilotlari) yerlar, shuningdek davlat moliyasi (davlat byudjeti) .16 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning quyidagi vositalari mavjud: ma’muriy va huquqiy hujjatlar; moliyaviy (soliq) tizimi; davlatning pul tizimi; davlat mulki; davlat buyurtmasi. Ma’lumki, bozor ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismi, ya’ni talabga javob qaytaradi. Biroq, jamiyatda shunday ehtiyojlar borki, ularning pul qiymati yo‘q. Bunday ehtiyojlarni qondiradigan tovar va xizmatlar ijtimoiy nem’atlar deyiladi.Ushbu turdagi ne’matlar individual foydalaniladigan tovar va xizmatlardan (ne’matlar) bo‘linmasligi va individual xaridorlarga sotib bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Masalan, milliy mudofaa, yagona energetik tizim, transport, fundamental fanlar. Ijtimoiy ne’matlardan xarajat qilmasdan foydalanish mumkin. Biroq, ushbu tovarlarning haqi to‘lanishi zarur. Ijtimoiy ne’matlarning narxlarini davlat belgilaydi, soliq to‘lovchilar esa uni to‘laydi.

Tashqi samarani tartiblashda davlatning aralashuvi zarur. Gap shundaki, bozor mexanizmi atrof-muhitni muhofaza etish mexanizmiga ega emas. Korxonalar o‘z faoliyatlarida atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin. Davlat esa ushbu muammoni yuridik asosda hal etadi, yani korxonalarga tozalovchi inshootlar qurdirish yoki soliq yordamida bunday korxonalardan nisbatan yuqori soliq olish asosida hal etadi.

Bozor mexanizmi fuqarolarning mehnatga bo‘lgan huquqini ta’minlab bermaydi. Natijada davlat ushbu masalani hal etishga aralashishi va ishsizlik darajasini tartibga solish zaruriyati kelib chiqadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bozor mexanizmi, fan va texnika sohasini jadallashtirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o‘zgartirish, uzoq muddat qoplanadigan yirik investitsiyalarni amalga oshira ololmasligi bilan bog‘liqdir. Bunday sharoitda davlat biznesga yordamga keladi, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti (FTT), investitsiyaviy va tuzilmaviy siyosatni rag‘batlantiradi.

Nihoyat, bozor mexanizmi monopolizm, inflyatsiya va iqtisodiy faollikning pasayishi kabi kasalliklarga qarshi tura olmaydi. Bunda davlat monopolizmga, infilyatsiyaga qarshi samarali siyosatni olib borishi, iqtisodiy faollikning pasayish oqibatlarini yumshatishi zarur buladi.

Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishining maksimal doirasi ana shular bilan belgilanadi. Agar ushbu doira kengayib ketsa, bunda bozor jarayonlarining buzilishi ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Shunday qilib, milliy iqtisodiyoni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi sabablari quyidagilardan iborat:

- ulkan mehnat va moliyaviy resurslarni talab etuvchi ilmiy – texnika inqilobining rivojlanishi;

- bozorning aholining ijtimoiy tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondira ololmasligi;

- bozornihg ishsizlik, inflyatsiya va ekologik muammolarni hal eta ololmasligi.



Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish