3.5-rasm. Tovarlar taklifining g‘ayribaho omillar ta’sirida o‘zgarishi
3.5-rasm taklifning S egri chizig‘i S1 dan S2 ga siljiganda narx o‘zgarmagan holda tovarlarning taklifi Q dan Q1 ga kamaymoqda. Agarda taklifning S egri egri chiziq S dan S2 ga siljiganda narx o‘zgarmagan holda tovarlarning taklifi Q dan Q2 ga ortmoqda. Taklifdagi bu o‘zgarishlar g‘ayribaho omillar ta’sirida yuz bermoqda.
3.3. Bozor muvozanati. Bozor narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Talab va taklifni ko‘rib chiqqandan so‘ng, biz ularni birlashtirib, bozorda mahsulotning qancha qismi xarid qilinishi va sotilishini aniqlay olamiz. Biz mukammal raqobatli bozorda mahsulotga xaridorlarni ham, sotuvchilarni ham qondiradigan narx qanday qilib shakllanadi degan savolga javob topishimiz zarur. Bozorda shartnoma asosida sotiladigan tovarning real narxi tovarga talaba va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida aniqlanadi.
Agar narx past darajada belgilangan bo‘lsa, unda xaridorlar sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlarni kerakli miqdorda topa olmaydilar. Bozor sharoitida bunday holat uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin emas. Darhaqiqat, firmalar uy xo‘jaliklari ko‘proq tovarlarni talab qilayotganliklarini ko‘rishadi. Bu ishlab chiqaruvchilarni qo‘shimcha ishlab chiqarish resurslarni yollashga va ishlab chiqarishni kengaytirishga undaydi, chunki har bir qo‘shimcha sotilgan tovar birligi ularga foyda keltiradi. Shuni esda tutish kerakki, bozorda qisqa muddatli davrda ishlab chiqarishning kengayishi mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada mahsulot narxi oshadi. Shunday qilib, ortiqcha talab va tovarlarning yetishmasligi ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi. Bozorda tovar tanqisligini keltirib chiqaradigan ortiqcha talab narxlarga "pastdan" bosim o‘tkazadi, ularni yuqoriga «itaradi», ya’ni ko‘tarilishiga majbur qiladi.
Bozor muvozanati sharoitida firmalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun rag‘bat yo‘qoladi. Darhaqiqat, ishlab chiqarish hajmining yanada o‘sishi tovarlarga narxlarning oshishi va bu borada talab mavjud bo‘lgan tovarlar miqdorining kamayishi bilan birga keladi, ya’ni haddan tashqari taklif talabdan oshib ketadi. Sotilmagan mahsulotlar omborga tushadi va natijada ishlab chiqaruvchilarni yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu holat uzoq vaqt saqlanib turolmaydi. Bozorda ortiqcha mahsulotni vujudga keltiruvchi ortiqcha talab narxlarga "yuqoridan" bosim o‘tkazib, ularni yuqoriga «itaradi» va pasayishga majbur qiladi.
Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchilar bozorda muvozanatli narx o‘rnatilgunga qadar ishlab chiqarishni qisqartirishni boshlaydilar. Ushbu narx muvozanatlashgan narx deb ataladi - bu talabga javob beradigan tovarlar miqdori firmalar tomonidan sotuvga qo‘yiladigan tovarlar miqdoriga teng. Boshqa barcha narxlar muvozanatlashgan emas.
Bozor (muvozanatlashgan) narxni jadvaldan ko‘rish mumkin. Jadvaldan go‘shtning 1 kg narxi 30 ming so‘m bo‘lganda bozorda go‘shtning taklifi va unga bo‘lgan talab (425=425) tengligini ko‘rish mumkin. Go‘shtning narxi 20 va 25 ming so‘m bo‘lganda bunday tenglik yo‘q. Bu bozorda go‘shtning narxi 20 ming so‘m bo‘lganda 950 kg va 25 so‘m bo‘lganda 400 kg miqdorda iste’molchilarning talabi qondirilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Go‘shtning bahosi 40 va 50 so‘m bo‘lganda esa 250 va 425 kg go‘sht sotilmay qolayotganini ko‘rishimiz mumkin.
3.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |