21.5. Xalqaro savdo nazariyalari.
A.Smit "erkin savdo "konsepsiyasini yaratgan. Uning negizini "absolyut afzallik" nazariyasi tashkil etadi. Xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish uchun mamlakatlar absolyut xarajatlar tamoyiliga asoslanib, boshqa mamlakatlarga nisbatan tabiiy va absolyut ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga asoslanishi zarur. Chunki, har bir mamlakatda o‘ziga xos sharoitlar va resurslar mavjud bu esa ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishda boshqa mamlakatga nisbatan ustunlikka ega bo‘lishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |