Import va eksport o‘rtasidagi farq sof eksport deyiladi. Sof eksport, eksport importdan katta bo‘lganda ijobiy, eksport importdan kichik bo‘lganda salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy sof eksport jami sarflarni va milliy mahsulot hajmining o‘sishiga, salbiy sof eksportda esa jami sarflar va milliy mahsulotning kamayishiga olib keladi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsiyenti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |