Bandlik muammosi barcha iqtisodiy maktablar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ular tomonidan bandlik va ishsizlik masalalariga turli ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning har biri jahon iqtisodiyotidagi iqtisodiy taraqqiyot davrlarining muayyan bir bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu nazariyalardan biri bandlikning klassik nazariyasidir. Unda aholining to‘liq bandligiga bozorda raqobat mavjudligining zaruriy sharti sifatida qaraladi, bu esa yalpi talabning yalpi taklifga mos kelishiga asoslanadi. Klassik maktab namoyondalari bozorga o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida qaraganlar, ya’ni o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm deb hisoblaganlar. Shu bois iqtisodiyotda majburiy ishsizlik mavjud emas, deb hisoblaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |