Birinchi konsepsiyaning asosini davlat byudjetini har yili muvozanatlashtirish lozim, degan qoida tashkil etadi. Ammo bu masala chuqurroq tadqiq etilsa, unda bu qoida asosida tuzilgan byudjet iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan davlat fiskal siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir etishini ko‘rish mumkin. Masalan, inflyatsiya sharoitida aholining daromadi oshib boradi, bu esa avtomatik ravishda soliq tushumlarini ko‘paytiradi, hukumat daromadlarni xarajatlardan ortib ketishining oldini olishga harakat qiladi. Unda u soliq stavkasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish yoki ularning ikkalasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Buning natijasida inflyatsiyaning kuchayishi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |