17.1. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari.
Kredit tizimi – bu pul resurslarini tarkib toptiruvchi va o‘zida jamlovchi va ma’lum muddatda qaytarib berish va haq to‘lash shartlari asosida ularni qarzga beruvchi kredit muassasalarning majmui. Kredit tizimi uch darajadan iborat strukturaga ega:
1. Markaziy ( davlat ) banki;
2. Bank tizimi;
3.Maxsus kredit muassasalari (sug‘urta kompainyalari, nafaqa fondlari, investitsiyalar va h.k).
Mamlakatda mavjud banklarning mamlakat hududida o‘zaro birgalikda harakatlanuvchi bank muassasalarining jamisiga bank tizimi deyiladi.
Bank tizimi ko‘pchilik holatda ikki pog‘onali, ya’ni markaziy (emission) bank va tijorat(depozit) banklaridan iborat bo‘ladi.
2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimida O‘zbekiston Markaziy banki, 30 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda. Bundan 5 tasi davlatga qarashli, 13tasi - aksiyadorlik tijorat, 6 tasi xususiy, 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar.
MDH standartlari bo‘yicha respublika banklar bilan yuqori darajada ta’minlangan - 2011 yil 1 yanvar holatiga shunday muassasalardan biriga (bank yoki uning filiali) 33,8 ming kishi to‘g‘ri keladi, bu, masalan, Rossiyada, Qozog‘iston yoki Belorussiya kabi mamlakatlarga nisbatan ko‘p. Lekin Germaniya yoki Italiya kabi rivojlangan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda ancha darajada past.
2019 yil 1-iyuliga ko‘ra:
• O‘zbekistondagi tijorat banklarining aktivlari - 264,54 trillion so‘m
• banklarning umumiy kapitali - 30,00 trillion so‘m
• banklarning kredit qo‘yilmalari - 205,48 trillion so‘m
• jalb qilingan depozitlar hajmi - 84,69 trillion so‘m30
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Ayrim hollarda markaziy bank rasman davlatga qarashli bo‘lmaganda (Shvetsariya milliy banki ) yoki davlat uning kapitalini bir qismiga egalik qilganda ham ( Yaponya banki 55% ) ularning faolyati davlat yo‘riqlari asosida amalga oshadi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi:
Birinchidan, davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi;
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank “banklar banki” deyiladi;
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat yuritmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlash;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlash va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish;
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish.
Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko‘proq ularning iqtisodiy samaradorligiga qarab beriladi.
Mamlakatimizda markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: narxlar barqarorligi; bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi; to‘lov tizimining barqaror rivojlanishi.
O‘zbekistonda Markaziy bank "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida" gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Markaziy bankning amalga oshiradigan operatsiyalarini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Markaziy bankning faol operatsiyalariga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotish hamda kreditlarni berish kiradi. Hukumat qimmatli qog‘ozlari (davlat obligatsiyalari, g‘azna veksellari) davlat qarzining bir qismini tashkil etadi. Bozor sharoitida davlat zayomlarini sotib olish va sotish tijorat banklari zaxiralari hajmiga va davlatdagi pul massasi hajmiga ta’sir qiladi.
Markaziy bankning (MB) yana bir faol operatsiyasi - bu tijorat banklariga ssuda berish. Markaziy bank barcha banklarga kredit olishda teng imkoniyatlarni taqdim etadi. Banklarning zaxira talablarini ta’minlash uchun ularga beriladigan kreditlar, mavsumiy kreditlar va moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lmagan banklarga beriladigan kreditlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Aktivlarga valyuta qimmatlari (oltin, chet el valyutasi) ham kiradi.
Markaziy bankning majburiyatlarning asosiy moddalari - bu g‘aznachilik (hukumat) depozitlari, tijorat banklarining zaxiralari va banknotalarni chiqarish. Hukumat o‘z majburiyatlarini soliq tushumlari bilan tuziladigan va to‘ldiriladigan depozitlar, shuningdek aholi va banklarga qimmatli qog‘ozlarni sotish bilan to‘laydi. Markaziy bank uchun tijorat banklarining zaxiralari majburiyatdir, chunki bu uning tijorat banklari oldidagi majburiyatlari. Markaziy bank tomonidan chiqarilgan banknotalar ham uning egalarini tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yuzasidan MBning o‘ziga xos majburiyatidir.
Qog‘oz pullarni chiqarish mexanizmi quyidagicha: Markaziy bank chet el valyutasini sotib oladi (qimmatli qog‘ozlar, veksellar va banknotalarda to‘laydi). Muammolar hukumat byudjeti defitsiti sharoitida yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda Markaziy bank hukumatdan mustaqildir. (Federal rezerv tizimi AQSH, Bundesbank Germaniya) Boshqa mamlakatlarda masalan, Angliyada markaziy davlatga qarashli, shuning uchun Moliya vazirligi (G‘aznachilik) va Markaziy bank davlat byudjetini bajaruvchisi hisoblanadi. Ortiqcha xarajatlar (byudjet kamomadi) ko‘pgina mamlakatlarning byudjet amaliyotida tez-tez uchraydigan hodisa. Bu xarajatlarni ikki manbadan qoplash mumkin: aholidan pul qarz olish, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish yoki banknotalarni qoplashsiz muomalaga chiqarish, bu muqarrar ravishda inflyasiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank har qanday miqdordagi pul belgilarini chiqarishi mumkin. Biroq, agar pul emissiyasi iqtisodiy rivojlanishga, pul massasi va tovar taklifi hajmining muvofiq amalga oshirilsa MB barqarorlikni ta’minlash vazifasini bajaradi. Banknotlar - bu Markaziy bankning o‘ziga nisbatan qarz majburiyatlari.
Majburiyatlardan tashqari Markaziy bank o‘z kapitaliga ega bo‘lib, unga bank mol-mulki, hisob varag‘i va foydasi qiymati kiradi. Markaziy bank balansining soddalashtirilgan sxemasi 17.1-jadvalda keltirilgan.
17.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |