16.1- rasm. Pul bozori modeli
Pul taklifi egri chizig‘i pul taklifining foiz stavkasiga bog‘liqligini aks ettiradi. Pul bozorida muvozanat markaziy bank ta’sirida shakllanadi. Agarda markaziy bank pul taklifini nazorat qilsa, foiz stavkasini o‘zgarishidan qat’i nazar pul
hajmini belgilangan miqdorda ushlab tursa, unda taklif egri chizig‘i (Ms) vertikal ko‘rinishga ega bo‘ladi (16.1- rasm). Pul bozorida muvozanat talab va taklif egri chizig‘i kesishgan A (r0M0 ) nuqtada kuzatiladi. Foiz stavkasi r1 gacha pasayishi, natijasida obligatsiyalar daromadliligi pasayadi, pulga bo‘lgan ehtiyoj esa oshadi. Bunday vaziyatda iqtisodiy subyektlar obligatsiyalarni sotadilar, natijada obligatsiyalarga talab va ularning bozor narxi pasayadi. Ularni sotish evaziga olingan daromadlar esa oshadi. Ushbu bitimlar natijasida pul mablag‘larining ko‘chishi sodir bo‘ladi va asta sekinlik bilan pul bozoridagi muvozanat tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |