1. iqtisodiyotga kirish


O‘zbekistonda inqirozli jarayonlarning namoyon bo’lish xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo’llari



Download 20,98 Mb.
bet278/396
Sana27.01.2022
Hajmi20,98 Mb.
#412331
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   396
Bog'liq
Турсунов иқтисодиёт асослари маърузалар

14.8. O‘zbekistonda inqirozli jarayonlarning namoyon bo’lish xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo’llari

2008 yilda boshlangan va chuqurlashib borgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatdi. Chunki bu inqiroz global inqiroz edi, O‘zbekiston esa xalqaro hamjamiyat, jahon xo‘jaligi va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomlangan asarida birinchidan, jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar ochib berilgan, ikkinchidan esa mamlakatimizda inqirozni bartaraf etish va jahon bozoriga yanada qo‘shilib borishning ustuvor yo‘llari asoslab berilgan. O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatish imkonini beradigan omillar quyidagilardan iborat edi:



  • tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashish darajasini oshirishga qaratilgan siyosatning 2005 yildan boshlab izchillik bilan amalga oshirilganligi;

  • puxta o‘ulangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida saqlanib qolayotganligi;

  • oqilona byudjet-soliq siyosatining olib borilganligi natijasida Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilmoqda, soliq yukining pasayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2008 yilda Davlat byudjeta profitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foizni tashkil qildi;

  • tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirishga muvaffaq bo‘linganligi;

  • mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorij investitsiyalar miqdorining barqaror o‘sish sur’atlarga ega bo‘layotganligi;

  • mamlakat tashqi qarzining mu’tadil darajasini ta’minlashga muvaffaq bo‘linganligi;

  • fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan katta miqdorda moddiy va moliyaviy resurslar ajratilayotganligi.

Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul kilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi.

Inqirozga qarshi dasturning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Birinchidan - korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish

Ikkinchidan — joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish



  • aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun korxonalar Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish;

  • tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan (qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno) ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;

-banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarning penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz va preferensiyalar berish.

Uchinchidan - qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish

To‘rtinchidan - elektroenergetika tizimini moderni­zatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va ener­giya tejashning samarali tizimini joriy etish.

Beshinchidan - jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’­sirini bartaraf etish va inqirozdan keyingi taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish sharoitida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturining muhim ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:

  • 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan mamlakatda qabul qilingan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish va shu asosda iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;

  • tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yunaltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;

  • qishloq turmush sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga, har tomonlama yunaltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;

  • aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifati­ni oshirishning muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;

  • mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish. Banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.

O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi qabul qilingan dasturning amalga oshirilishi natijasida, global inqirozning iqtisodiyotiga ta’sirini yumshtaish va qisqa muddatda ushbu inqirozdan chiqish imkonini beradi.


Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish