11.6 - rasm. Yalpi taklifni vertikal (klassik) kesimidagi iqtisodiy muvozanat
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1;dan AD2 ga oshishi faqat narx darajasining R1dan R2 ta qadar o‘sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja — Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.
Klassik nazariya’ning bu pozitsiyasi J.B.Sey qonuniga asoslanadi - taklif o‘zining talabini yaratadi, ya’ni olingan barcha daromad sarflanadi. Ammo savol tug‘iladi: nima uchun barcha daromad sarflanadi? Axir, daromadning bir qismi jamg‘arilishi mumkin, bu esa umumiy xarajatlar va bandlikning kamayishiga olib keladi.
Bunday bo‘lmaydi, deyishadi klassiklar, chunki jamg‘arma tadbirkorlar tomonidan investitsiya qilinadi, tadbirkorlar barcha harajatlarini faqat tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga sarflamaydilar, balki tovarlarga sarmoya kiritib, bir-birlariga sotadilar. Ammo uy xo‘jaliklari odatda iste’mol qilishni afzal ko‘rishadi va agar ular mukofot sifatida investorlarga to‘laydigan foiz stavkasini olsalargina jamg‘aradilar, ya’ni tadbirkorlar, foiz qancha yuqori bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining jamg‘arish istagi shunchalik yuqori bo‘ladi, shuning uchun jamg‘arish egri chizig‘i yuqoriga ko‘tariladi. Foiz stavkasi qanchalik past bo‘lsa, investorlarning jamg‘arishga murojaat qilish istagi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Jamg‘arish o‘sganda, egri chiziq o‘ng tomonga siljiydi(So dan S1 ga) va foiz stavkasi pasayadi (r0 dan r1 gacha )va bu o‘z navbatida investorlarning talabining o‘sishiga olib keladi va foiz stavkasi oldingi darajaga ko‘tariladi.
11.7- rasm. Foiz stavkasining o‘zgarishi
Agar foiz stavkasi investitsiya va jamg‘arma bozorini muvozanatlay olmasa, unda narx darajasi yordam beradi. Jamg‘arishni ko‘paytirishi narxlarning pasayishiga, pulning xarid qobiliyatini oshirishga olib keladi. Talab qonuniga ko‘ra, odamlar ushbu jamg‘armani arzonroq tovarlarga sarflashadi.
Narxlarning pasayishi, o‘z navbatida, resurslar, shu jumladan ishchi kuchi narhlarini pasaytiradi. Mahsulotga bo‘lgan talabning umumiy pasayishi resurslarga, shu jumladan ishchi kuchiga talabni kamaytiradi. Natijada ishsizlik paydo bo‘ladi. Ishidan mahrum bo‘lganlar eski stavkalarda yollana olmaydilar va past narxga rozi bo‘ladilar. Ularni bunga ishsizlar o‘rtasidagi raqobat majbur qiladi, bu esa ish haqini yanada pasaytiradi.
Natijada tadbirkorlarga ( ish byeruvchilarga) xodimlarni ish haqining past stavkasi bo‘yicha yollash foydali bo‘ladi, natijada majburiy ishsizlik bo‘lmaydi. Klassik maktab iqtisodiyotni o‘zini- o‘zi tartibga solish tizimi sifatida qabul qildi va davlatning aralashuvini rad etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |