Uch bosqichli ishlab chiqarish jarayonida qo‘shilgan qiymat. (mln. so‘m)
Ishlab
chiqarish bosqichlari.
|
Mahsulotni
sotish narxi.
|
Qo‘shilgan
qiymat.
|
korxona: jamoa
xo‘jaligi
|
20
|
20
|
2– korxona: paxta tozalash zavodi
|
30
|
10
|
3 – korxona:
Ip yigiruv fabrikasi
|
37
|
7
|
Sotilgan mahsulotning
umumiy qiymati
|
87
|
-
|
Qo‘shilgan qiymat
|
-
|
37
|
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YaMM (YaIM)ni qo‘shilgan qiymat usulida hisoblanganda pirovard mahsulotni ishlab chiqarishning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat miqdori jamlanadi (10.1 – jadval).
Ikki marta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun YaMMga faqat korxona tomonidan qo‘shilgan qiymat kiritilishi zarurdir. U ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor narxi bo‘lib, unda harid qilingan va istemol qilingan xomashyo hamda materiallar qiymati chegirib tashlanishi kerak. Buni misolda tushuntirishga harakat qilamiz. Faraz qilamizki, jamoa xo‘jaligi paxta yetishtirdi va uni qayta ishlovchi korxonaga 20 mln. so‘mga sotdi. Paxtadan ushbu zavod xarajat qilib paxta tolasi yaratdi va uni ip yigiruvchi fabrikaga 30 mln so‘mga sotdi. O‘z navbatida fabrika paxta tolasidan ip yigirib, 37 mln. so‘mga sotdi. Nimaga e’tibor berish kerak? Avvalo paxta jamoa xo‘jaligi uchun mahsulot hisoblanadi, paxta tozalash zavodi uchun xomashyo, paxta tolasi zavod uchun tayor mahsulot, ip yigiruvchi fabrika uchun xom – ashyo hisoblanadi. Ikkinchidan esa, jamoa xo‘jaligining paxta sotishdan olgan tushumi 20. mln so‘mni tashkil etadi, paxta tozalash zavodiga esa 20 mln xarajat bo‘lib hisoblanadi. Paxta zavodning qo‘shgan qiymati 10 mln. (ya’ni 30-20=10), ip yigiruvchi fabrikaning qo‘shgan qiymati 7 mln. so‘mni (y’ani 37-30=7) tashkil etadi.
Demak qo‘shilgan qiymat korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining bozor narxidan iste’mol qilingan xomashyo va materiallar ayirmasiga teng.
YaMMni hisoblaganda noumumli bitimlarni, y’ani moliyaviy bitimlar va ishlatilgan tovarlarni sotishni chegirib tashlash kerak bo‘ladi. Chunki moliyaviy bitimlar aslida qiymat yaratmaydi. Ishlatilgan tovarning qiymati yangiligi davrida YAMM hisoblanayotgan davrda hisobga olingan bo‘ladi. Moliyaviy bitimlar quyidagi bitimlardan iboratdir:
a) davlat byudjetidan transfert (o‘tkazilgan) to‘lovlari (nafaqa, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va boshqalar);
b) xususiy transfert to‘lovlari (xususiy kishilar yuborgan nafaqa va yordamlar);
d) qimmatbaho qog‘ozlar bilan bitimlar ( aksiya, obligatsiya va shu kabilarni sotib olish va sotish)
Milliy hisob tizimida YaMM va YaIMdan tashqari sof milliy mahsulot, milliy daromad, shaxsiy daromad va foydalaniladigan daromad. Yalpi milliy mahsulot joriy ishlab chiqarish hajmini oshirib ko‘rsatadi, chunki u yillik ishlab chiqarishning kapitalni qoplashga sarf etadigan (amortizatsion ajratmalar) qismini chiqarib tashlashni nazarda tutmaydi. Shu sababli ishlab chiqarishning sof hajmini tasniflash uchun sof milliy mahsulot ko‘rsatkichi ishlatiladi. Sof milliy mahsulot iqtisodiyotning kelajak davrlarda ishlab chiqarish imkonyatlarini kamaytirmasdan yillik ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi. Agarda biz YaMMdan amortizatsiya ajratmalarini (A) chegirib tashlasak, qolgan qismi sof milliy mahsulotni tashkil etadi: SMM = YAIM - A
Do'stlaringiz bilan baham: |