1. iqtisodiyotga kirish


Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash



Download 20,98 Mb.
bet166/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

14.8. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning iqtisodiy o‘sishining yuqori sur’atlarini ta’minlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
- ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish;
-iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
- «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
-valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror pul-kredit siyosatini amalga oshirish;
-iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Ushbu masalalarni samarali hal etish mamlakatimizda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bilan birga yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz rivojlanishida iqtisodiyot va ijtimoiy sohada bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda:
- iqtisodiyotning xalkaro darajadagi raqobatbardoshligining pastligi va uning asosan xomashyo (tabiiy gaz, oltin va boshqalar) eksportiga tayanganligi;
- aholi turmush darajasi va sifati boshqa ko‘plab mamlakatlarga solishtirganda ortda qolayotganligi;
- iqtisodiyot va ijtimoiy sohada davlat boshqaruvi sifati yetarli darajada emasligi;
- ta’lim, fan va texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri nihoyatda pastligi.
Ushbu tizimli muammolarni hal etishning aniq maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi mamlakatda 2030 yilda aholi jon boshiga YaIMning ikki baravarga oshishi, mehnat bozorida barqaror yuqori daromadli ish o‘rinlarining yaratilishi hamda aholi kam ta’minlangan qatlamining ikki marotabaga qisqarishiga olib keladi. Mazkur maqsadlarga quyidagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarni amalga oshirish orqali erishiladi:
- aholi jon boshiga YaIMning ikki baravarga oshishi, mehnat bozorida doimiy yuqori daromadli ish o‘rinlarining yaratilishi hamda aholi kam ta’minlangan qatlamining ikki martaga qisqarishiga olib keladi:
- iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtacha yillik 6,4 foiz, kapital qo‘yilmalar 9,9 foiz, eksport 9,6 foizni tashkil etishi;
-ishsizlik darajasi 9,3 foizdan 5,2 foizga, inflyatsiya darajasi
14,3 foizdan 4,3 foizga pasayishi;
- iqtisodiy o‘sishning asosiy yangi drayveri o‘rta texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,3 martaga (YaIM dagi ulushini 2018 yil 26,3 foizdan 2030 yilda 33,3 foizga), qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarini 2,1 martaga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 1,8 martaga oshirish;
- iqtisodiy o‘sishda intensiv omillarning ulushini oshirish, jumladan, muqobil va qayta tiklanuvchi energiyaning energiya balansidagi ulushini 25 foizga yetkazish, energiya samaradorligini 2 baravarga, mehnat samaradorligini esa 1,8 baravarga oshirish;
Uzoq muddatli davrda (2030 yillarda) quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
-institutsional o‘zgarishlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, byudjet xarajatlari samaradorligining fiskal qoida va mezonlarini amaliyotga tatbiq etish, qattiq inflyatsiyaning targetlash siyosatiga o‘tish, mamlakat moliyaviy barqarorlik indikatorlariga xalqaro talablarni bosqichma-bosqich joriy etish, kapital va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirishni inobatga olish;
- iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, faol eksportga yo‘naltirilgan siyosatga o‘tish, ishlab chiqarishda noan’anaviy resurs va energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishda resurs tejovchi va yashil iqtisodiyot talablarining qo‘llanishiga e’tibor qaratish;
- inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda ilmga asoslangan iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish tizimiga davlat xususiy sheriklik mexanizmini keng joriy etish, aholining sport bilan shug‘ullanish darajasini oshrish, majburiy tibbiy sug‘urta qamrov darajasini 90 foizgacha yetkazish, tibbiyot xodimlari mlakasini baholash tizimiga xalqaro standartlarni qo‘llash, aholi turmush darajasi standartlarini dunyoning ilg‘or mamlakatlar darajasiga yetkazishni inobatga olish;
- innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda milliy innovatsion tizimni shakllantirish, milliy iqtisodiyot xususiyati va ixtisoslashuviga qarab joylarda innovatsion markazlarni tashkil etish, innovatsiyani belgilovchi jahon standartlarini amaliyotga qo‘llash, ishlab chiqarishda innovatsiyalarning joriy etilishi va korxonalarning ilmiy tadqiqot va konstruktorlik muassasalarini tashkil etishni rag‘batlantirishga e’tibor berish;
- muhandislik kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda aviatransport koridorlarini rivojlantirish, havo yo‘llari navigatsiyasi tizimini takomillashtirish, mintaqalarni bir biriga bog‘lovchi temir yo‘l tizimini rivojlantirish, davlat boshqaruvida «Blokcheyn» texnologiyasini qo‘llash, an’anaviy ma’lumot markazlari (Big Data center) o‘rniga bulutli (Cloud) hisoblash tizimini joriy etishni inobatga olish;
- investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari va aholini innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish, iqtisodiyotning innovatsion rivojlantirish bosqichiga o‘tish, innovatsiya va texnologiyalarning import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatga o‘tish tizimini yaratishga e’tibor berish;
- hududlarni mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda hududlarda ishlab chiqarish resurslarining erkin harakatini amalga oshirish, hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib innovatsion mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish, respublika hududlari o‘rtasidagi nomutannosiblikni bartaraf etish dastaklarini ishlab chiqishni inobatga olish.
Konsepsiyada o‘rta va uzoq muddatlarda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‘ladigan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, real sektorning o‘sish nuqtalarini aniq belgilash, inson kapitalini rivojlantirishning samarali yo‘llarini amaliyotga joriy etish, innovatsion iqtisodiy rivojlanish modeliga asos yaratish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy omillaridan samarali foydalanish, iqtisodiy o‘sish va tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlovchi natijaga yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bunga, makroiqtisodiy institutlarni mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmini joriy etish, davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, ekologiya va resurslarni tejash siyosatini olib borish kabi institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali erishish nazarda tutilgan.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish