11.4 Yapi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlik hamda uning o‘zgarishi
Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka yerishiladi.
YUqorida aytib o‘tilganidek, iqtisodiyot uch xil holatda bo‘lishi mumkin va yalpi taklif egri chizig‘i uch qismdan (gorizontal, oraliq, vertikal) iborat bo‘lganligi sababli, yalpi talab egri chizig‘i uning turli kesmalarida kesishishi mumkin.
Keyns muvozanat modelida (gorizontal qism), iqtisodiy rivojlanishning siklik xususiyatini, ortiqcha ishlab chiqarishning muqarrarligini tan olgan bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soluvchi ichki mexanizmlariga ega emas, shuning uchun hukumat iqtisodiyotni tartibga solishi zarur degan g‘oya’ni asoslagan, narxlar va ish haqini tartibga soluvchi o‘zaro ta’sirida avtomatizmni rad etgan, jamg‘arma darajasi foiz stavkasiga bog‘liq emas va samarali talab siyosatini amalga oshirish zarur deb hisoblagan.
Keyns iqtisodiyoti quyidagi farazlarga asoslanadi:
1. Noaniqlik iqtisodiyoti. Iqtisodiyot holati shaxslarning vaziyatni qanday baholashiga va ularning kelajak haqidagi qarashlariga bog‘liq.
2. Talab iqtisodiyoti. Talab ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatlarini belgilaydi. U ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabni dolzarb (samarali) deb ataydi.
3. Bandlik bozor muvozanatiga to‘g‘ri kelmaydigan iqtisodiyot.
4. Monetar (pul-kredit) iqtisodiyoti. Pul nafaqat bitimlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi, balki bu asosiy likvidlikdir. Foiz stavkasi pul bozorida belgilanadi, bu talabga (likvidlikni afzal ko‘rish) va ichki pul taklifiga bog‘liq.
11.4 -rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesimidagi iqtisodiy muvozanat
AS egri chizig‘i gorizontal, ya’ni ishlatilmayotgan bo‘sh resurslarning mavjudligini anglatadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga zamin bo‘lishi mumkin. AS egri chizig‘ining Keynscha kesimi nol ishlab chiqarishdan to‘liq bandlik bilan yerishilgan hajmgacha cho‘ziladi, bunda AS egri chizig‘i vertikal ko‘rinishda bo‘ladi. (11.4 -rasm).
AD barqaror emas, hatto pul massasi o‘zgarmasa ham u o‘zgaruvchan, chunki AD ning tarkibiy qismlaridan biriga, ya’ni investitsiyalarga ko‘plab omillar ta’sir qiladi.
ADning qisqarishi AD egri chizig‘ining AD1 holatiga siljishiga olib keladi, bu esa bandlik va milliy ishlab chiqarish hajmining bir xil narx darajasida kamayishini anglatadi. Ushbu holat uzoq vaqt davom etishi mumkin. Shu sababli, iqtisodiyotni depressiyadan chiqarish uchun Keyns davlat harajatlarini investitsiyalar va xarid qilish va rag‘batlantirish shaklida ko‘paytirish, shuningdek soliqlarni va foiz stavkalarini pasaytirishni taklif qiladi. Bu bilan davlat yalpi talabni rag‘batlantiradi, ya’ni oshiradi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida AD egri chizig‘i avvalgi holatiga qaytishi yoki to‘liq bandlikka yerishilganda "AD2 holatiga o‘tishi" mumkin. AS egri chizig‘i gorizontal ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Talabning oshishi bilan firmalar birmuncha vaqt ishchilarni yollashadi, ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va talabni oldingi narx darajasida qondiradi. Shuning uchun AS egri chizig‘i gorizontal ko‘rinishda bo‘ladi. Agar nominal ish haqi qattiq bo‘lsa va narxlar nisbatan moslashuvchan bo‘lsa, unda AD o‘sishi natijasida ularning o‘sishi real ish haqining pasayishiga olib keladi va ishchi kuchi arzonlashadi. Bu firmalarning ishchi kuchiga bo‘lgan talabini oshiradi va ishlab chiqarish hajmi oshadi. AS egri chizig‘i ijobiy nishabga ega bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini oraliq kesmada kesib o‘tadi va uning siljishi narx darajasining va real YaIMning o‘zgarishi bilan birga keladi
( 11.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |