1. iqtisodiyotga kirish


-rasm. Tovarlarga bo‘lgan talabning g‘ayribaho omillari ta’sirida o‘zgarishi



Download 20,98 Mb.
bet32/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

3.2-rasm. Tovarlarga bo‘lgan talabning g‘ayribaho omillari ta’sirida o‘zgarishi.
3.2- rasmda egri chiziq yuqoriga, yoki D dan D1ga siljimoqda, bunda talab narxdan tashqari omillari ta’sirida oshmoqda, narx o‘zgarishsiz qolmoqda (R1) sotish hajmi esa Q dan Q1 ga o‘zgarmoqda, ya’ni ortmoqda. Egri chiziq pastga chapga, yoki D dan D2 ga siljiganda esa talab narxdan tashqari omillari ta’sirida kamaymoqda, narx o‘zgarishsiz qolmoqda (R1), sotish hajmi esa Q dan Q2 ga o‘zgarmoqda, ya’ni kamaymoqda.
Talab qonunidan "Giffen paradoksi" deb nomlanadigan istisno mavjud. "Giffen paradoksi"ga ko‘ra tovarlarning ayrim turlariga (asosan muhim tovarlarga) narxlar ko‘tarilganda, boshqa tovarlarni tejash hisobiga ularning iste’moli oshadi.
Giffen mahsuloti - bu narx oshganda iste’moli ko‘payib, narx pasayganda kamayadigan mahsulot. Buning sababi, odatda narxning o‘zgarishi natijasida ayirboshlash samarasi daromad samarasining ta’siridan ustunroq ekanligidadir. Ma’lum shart sharoitlar mavjud bo‘lganda (ayniqsa barqaror daromad darajasi), Giffen tovarlarini iste’mol qilish talab egri chizig‘ining ijobiy qiyaligini aks ettiradi.
Aksariyat tovarlar uchun narx ko‘tarilganda uning iste’moli kamayadi: go‘sht narxi ko‘tarilganda aholi go‘shtni kamroq sotib oladi va uning o‘rnini masalan baliq bilan almashtiradi va hokazo.
Giffen tovarlari uchun buning aksi - kartoshka narxi ko‘tarilganda odamlar ko‘proq kartoshka sotib olishni boshlaydilar, ammo makaronni esa kamroq. Giffenning barcha tovarlari iste’mol byudjetida muhim o‘rin tutadigan va unga teng keladigan, o‘rnini bosadigan mahsulot mavjud bo‘lmagan past qiymatli tovarlardir. Giffenning qimmatbaho mollari yo‘q. Masalan, Rossiyada Giffenning tovarlari choy, non va boshqalar, Xitoyda esa guruch va makaron. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi Ernst Engel (1821-1896) tomonidan tadqiq etilgan. Engel qonuni - oilaviy xarajatlar tarkibining uning daromadlarining o‘zgarishiga bog‘liqligini ifodalaydi. Ushbu qonunga muvofiq, oilaning daromadi o‘sishi bilan oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar salmog‘i pasayadi,kiyim-kechak, uy-joy, kommunal xizmatlar harajatlari nisbatan kam o‘zgaradi, madaniy ehtiyojlarni (sayohat, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari, internetdan faol foydalanish, kitoblar, jurnallar va boshqa ma’lumot manbalarini sotib olish) qondirish harajatlari hissasi esa ortadi, mablag‘larning bir qismini kapital sifatida ishlatish mumkin bo‘ladi (bank depozitlarida saqlash, aksiyalar, obligatsiyalar sotib olish va boshqalar). Misol uchun, bir kishi, masalan, 2 mln so‘m ishlab topsa, daromadning 50 foizini oziq-ovqatga sarflashni anglatadi, 4mln so‘m ishlab topadigan boshqa odam birinchisiga nisbatan oziq – ovqat mahsulotlariga kamroq sarf etadi, ikkinchi tarafdan uning boshqa turdagi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari birinchisinikiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Engel qonuniga binoan oilalar kambag‘al va o‘ta kambag‘al ( qashshoq) deb tasniflanadi, agar ularning oziq-ovqat harajatlari oilaviy byudjetning 80-100% bo‘lsa, o‘rtacha ta’minlangan oilalarda bu xarajatlar 40 dan 80% gacha, boy va o‘ta boy oilalarda bu ko‘rsatkich 40% gachani tashkil etadi. Ushbu mezon dunyoda (70: 20: 10) tashkil etadi. Engel qonunining asosiy g‘oyasi milliy daromadning oziqovqat mahsulotlari uchun sarflangan hissasi farvonlikning bevosita indikatori ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Bu hissaning past bo‘lishi farovonlikning yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (3.3 - rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan maqsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha - 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha - 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish