Kuznes sikllari. (Saymon Kuznets) Davomiyligi 15–25 yil. Qurilish sikllari (reproduktiv, demografik) qurilishga talabning notekisligi, turar-joy binolarini, ishlab chiqarish obyektlarini yangilashning davriyligi, demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Kondratyev sikli (N.D.Kondratev davomiyligi 50-60 yil). Ijtimoiy ishlab chiqarishning texnologik bazasini tubdan o‘zgartirish, uni tarkibiy qayta qurish bilan bog‘liq uzoq muddatli (uzun) sikllar. Uzoq muddatli tebranishlar davriyligining moddiy asosini uzoq xizmat muddatiga ega asosiy kapitalni yangilash, uning negizida yangi texnologiyalar, materiallar, xomashyo va energiya manbalarini (bug‘ dvigatellari, temir yo‘llar, elektr energiyasi, ichki yonish dvigatellari, kompyuterlar) joriy etish yotadi. N.D.Kondratyev tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi.
I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin.
II-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin.
Yuqoridagi barcha sikllar birinchidan, sarmoyalar, ikkinchidan esa vaqt oralig‘ida orqada qolish bilan bog‘liq. Kitchin sikli investitsiyalarni taqsimlash va yangi ishlab chiqarish vositalarini joriy etish o‘rtasidagi vaqtning uzilishi (oralig‘i) bilan bog‘liq; Jyuglyar sikli - mehnat vositalarining faol qismini kiritish va chiqarib yuborish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bilan; Kuznes (asosan) va Kondratyev sikllari mehnat vositalarining passiv qismini kiritish va chiqarib yuborish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Kitchin sikli sof investitsiyalar dinamikasiga, Jyuglyar, Kuznes va Kondratyevlarning sikllari kapitalni yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan yalpi investitsiyalarga bog‘liq. Real takror ishlab chiqarish - bu turli xil sikl turlarining kombinatsiyasi va o‘zaro bog‘liqligidir. Ular o‘rtasida sinxronizatsiya samarasi vujudga keladi. Kombinatsiyalangan sikllar iqtisodiyotning barcha subyektlari har kuni shug‘ullanadigan iqtisodiy siklni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |