4.2 Talab elastikligi va uning turlari
Talabning narxga bog‘liq elastikligi (ingl. price elasticity of demand) bu narxning o‘zgarishiga javoban talabning naqadar o‘zgarganligini bildiradi. Masalan, agarda mebelning narxi 15% o‘zgarsa, ma’lum vaqt ichida ularni sotish hajmi qanday o‘zgaradi? Yoki, agarda aholi daromadlari 10% o‘zgarsa, tovarga bo‘lgan talab qanday o‘zgaradi. “O‘zgaruvchanlik”ni hisoblash birligi qilib “foiz” qabul qilingan. Chunki, foiz har qanday o‘zgaruvchining xoh u tonnada, xoh metrda va boshqa birliklarda o‘lchangan taqdirda ham, o‘zgarish darajasini ko‘rsatib berish qobiliyatiga ega. Agar narxga javoban talab jiddiy o‘zgarsa, talab elastik hisoblanadi, agar bu o‘zgarish sust bo‘lsa, noelastik talab majud bo‘ladi. Talabning elastikligini odatda 5 ta omil yuzaga keltiradi:
Birinchi omil, mahsulotning iste’mol xususiyatlari. Ma’lumki tovarlar 2 xil bo‘ladi:
-iqtisodiyotda iste’molchiga eng kerakli va tez tez ishlatiladigan, odatda, daromad o‘zgarganda iste’mol darajasi sezilarli darajada o‘zgarmaydigan mahsulotlar birinchi galda zarur tovarlar deb ataladi. Ya’ni, ushbu tovarlarni inson inkor eta olmaydi. Masalan non, don va shu kabi mahsulotlar;
- zebu ziynat (hashamatli) tovarlariga xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho mashinalar (Rolls-Royce, Mercedes, Bentley, Ferrari), dala-hovli va kottejlar misol bo‘la oladi. Bu tovarlarni aholining barchasi emas, balki ma’lum xaridorlar iste’mol qiladi, ular odatda puldorlar yoki ayrim tovar havasmandlari bo‘ladi. Ushbu mahsulotlar yuqori narxga ega va oz miqdorda sotiladi. Ular yordamida odamlar hayotdagi muvaffaqiyatlarini namoyish etishadi.
Kundalik tovarlarga talabning elastikligi past bo‘ladi, chunki narxning o‘zgarishiga javoban ularga talab kamroq o‘zgaradi yoki shunday tovarlar borki, ular narxining o‘zgarishi talab elastikligini vujudga keltirmaydi. Masalan; non, tuz, elektr energiya va boshqa har kungi zarur bo‘lgan tovarlar. Bularni iste’mol qilmaslikning iloji yo‘q, shu sababli ularga narxlarning oshishi iste’molning sezilarli kamayashiga olib kelmaydi. Operatsiya’ning narxi oshganligiga qaramasdan hech kim yalg‘illangan appendiksni oldirib tashlashdan voz kechmaydi. Ammo billur, zargarlik buyumlari va shunga o‘xshash hashamatli tovarlarga narxlarning o‘sishi ushbu mahsulotlarning insonlar iste’molidan osonlikcha chiqarib yuborilishiga olib kelishi mumkin.
Tuzga bo‘lgan talab mutlaqo noelastikdir, chunki birinchidan tuz oila byudjetida juda kam ulushni egallaydi, ikkinchidan esa, tuzning o‘rnini bosadigan tovarning deyarli o‘zi yo‘q , hech kim ta’msiz tuzsiz ovqat iste’mol qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |