Elastiklikning eng umumiy ta’rifi - bu funksiya’ning nisbiy o‘sishining mustaqil o‘zgaruvchining nisbiy o‘sishiga nisbati.
Biz ko‘rib chiqayotgan talab va taklif funksiyalari uchun bunday mustaqil o‘zgaruvchilar, tovarlarning narxi, daromad darajasi, xarajatlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Demak, bozorning narxlar, daromadlar yoki boshqa har qanday boshqa bozor ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga sezgirligi elastiklik ko‘rsatkichida aks etadi, bu maxsus koeffitsiyent bilan tavsiflanishi mumkin.
Iqtisodiyot fanida elastiklik (ingl. elasticity) - bu ko‘rsatkichlardan biri (masalan, narx, daromad) 1% ga o‘zgarganda, boshqa ko‘rsatkichlar (masalan, talab yoki taklif) necha foiz o‘zgarishini ko‘rsatadigan o‘lchovdir
Iqtisodiyot faniga elastiklik konsepsyaisi fizika fanidan nisbatan kechroq kirib kelgan, ammo juda tez orada asosiy konsepsiyalardan biriga aylandi. Elastiklikning iqtisodiy ta’rifi birinchi marta 1885 yilda Alfred Marshall tomonidan berilgan edi. Mashhur ingliz olimi bu konsepsiya’ni birinchi bo‘lib tadqiq qilmagan, ammo iqtisodiy nazariyada ingliz klassiklari (Adam Smit va David Rikardo) matematika maktabining yutuqlaridan foydalanib, talabning narx elastikligi koeffitsiyentini aniqlagan.
Iqtisodiy tahlilga elastiklikni kiritish katta ahamiyatga ega. Talabning narx elastikligini bilishdan ko‘pqina bozor subyektlari manfaatdorlar. Masalan, firmalar ishlab chiqargan mahsulotlariga narxlarning o‘zgarishiga iste’molchilarning munosabatini baholashlari uchun aynan o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabning narx bo‘yicha elastligini hisoblashlari kerak. Bu firmalarning iste’molchilarning talablariga moslashishiga, o‘z mahsulotlarini bozorda muammolarga duch kelmasdan to‘liq sotilishiga imkon yaratadi. Shuning uchun firmalar iste’molchilarning ayrim mahsulot guruhlariga bo‘lgan munosabatini aniqlash uchun maxsus tadqiqotlar o‘tkazadilar. Xususan, elastiklik koeffitiysenti statistik o‘lchov vositasi bo‘lib, marketing tadqiqotlarida faol foydalaniladi (AQSHdagi konsalting kompaniyalari xususiy firmalar uchun elastiklikni hisoblash uchun 50 000 dan 75 000 dollargacha haq oladi). Shuningdek, davlat ham ayrim tovar yoki xizmatlar guruhlari uchun soliqlar yoki subsidiyalarni kiritmoqchi yoki kamaytirmoqchi bo‘lsa, albatta bunga iste’molchilarning javobni bilishi kerak, buning uchun esa hukumat talabning narx elastikligini bilishdan manfaatdor hisoblanadi.
Elastiklik tushunchasi iqtisodiy tahlil uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, chunki uni o‘lchash yetarli emas, shuningdek olingan natijani tushuntirib bera olish zarur.
Bugungi kunda talab va taklifni tahlil qilish, firma nazariyasi, iqtisodiy sikllar nazariyasi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda elastiklik konsepsiyasi qo‘llaniladi, ya’ni elastiklik konsepsiyasi qo‘llanilmaydigan biron bir iqtisodiyot sohasi mavjud emas deyishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |