1. iqtisodiyotga kirish



Download 20,98 Mb.
bet232/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

22.1 -jadval.
To‘lov balansining tuzilishi.

I. Joriy operatsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi

Tashqi savdo balansi qoldig‘i

  1. Xizmatlar eksporti

(chet el turizmidan daromadlar va h.k. - kreditli xizmatlar)

  1. Xizmatlar importi

(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. - kreditli xizmatlar)

5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)

6. Sof transfertlar

Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i

II. Kapital harakati hisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig‘i

Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig‘i

III. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarishi

- joriy operatsiyalar hisobi - joriy operatsiyalar balansi. Bu schyot savdo balansini o‘z ichiga olib, unda eksport import hajmi, tashqi savdo bilan bog‘liq xizmatlar balansi, turizm bo‘yicha to‘lovlar, bir tomonlama pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pensiya, sovg‘alar, chet elga pul o‘tkazmalari, chet ellarga beg‘araz yordam) hamda investitsiyalari bo‘yicha daromadlarini aks ettiradi. Joriy schyot balansi mamlakat qarzdorligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, joriy schyot milliy daromad va milliy xarajatlar o‘rtasidagi farq va mamlakatning qarzlar masalasidagi holatini aks ettiradi;


- kapital harakati hisobi - kapital bozori bilan bog‘liq operatsiyalar schyoti. Bu schyotda kapital transfertlar - asosiy kapital yoki asosiy kapitalni sotib olish va kapital qurilish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar harakatini aks ettiradi.
- rasmiy zaxiralar hisobi - Bu bo‘limda zaxiralarning o‘zgarishi , XVF kreditlari va qarzlaridan foydalanish hamda favqulodda moliyalashtirish (tashqi qarzni restruktizatsiyalash) to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Mamlakatning umumiy to‘lov balansi joriy operatsiyalar uchun to‘lov balansi, kapital balansi va kredit oqimlari balansi, shuningdek, oltin-valyuta zaxiralari harakatidan iborat bo‘ladi. Mamlakatning umumiy to‘lov balansi har doim muvozanatli bo‘ladi, ya’ni uning faol va passiv operatsiyalari bir xil miqdorda bo‘ladi.
Joriy operatsiyalar uchun to‘lov balansi quyidagilardan iborat:
1. Savdo balansi ma’lum vaqt (oy, chorak, yil) davomida qiymat shaklida import va eksport qilinadigan tovarlar o‘rtasidagi nisbatni tavsiflaydi. Savdo balansi - bu tovarlarning eksport va importi o‘rtasidagi farqqa teng. Mamlakat yoki mamlakatlar guruhining jahon bozoridagi iqtisodiy mavqeini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri.
2. Xizmatlar balansi - hozirgi vaqtda to‘lov balansida katta rol o‘ynaydigan xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi bu chet el vakolatxonalarini, harbiy bazalarni saqlash, tovarlarni tashish va sug‘urtalash, turizm va xususiy xizmatlarni ko‘rsatish, qarindoshlariga o‘tkazmalar, meros, grantlar bilan bog‘liq xizmatlar uchun to‘lovlar va tushumlardan iborat.
3. Kapital va kredit oqimlari balansi davlat va xususiy uzoq va qisqa muddatli kapitalni eksport-import qilish uchun to‘lovlar va tushumlarni aks ettiradi. Bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari, bank depozitlari, tijorat kreditlari, maxsus moliyaviy operatsiyalar va boshqalar kiradi.
4. Joriy transfertlar balansi. Transfert to‘lovlari - bepul yordam ko‘rsatish. Ular balansda har doim + belgisiga ega.
Joriy to‘lov balansining holati mamlakat valyuta kursiga bevosita ta’sir qiladi. Surunkali passiv to‘lov balansi bilan valyuta kursi pasayadi, aktiv bo‘lganida esa ko‘tariladi.
Savdo balansi, xizmatlar almashinuvi, bir martalik to‘lovlar va boshqa savdo-sotiq operatsiyalarini jamlash asosida joriy operatsiyalar bo‘yicha saldo aniqlanadi. Joriy to‘lov balansidagi profitsit yoki defitsit odatda "moliyalashtiriladi", aniqrog‘i kapital va oltin harakati bilan muvozanatlashadi.
Uni qurish tamoyillariga binoan to‘lov balansi umuman muvozanatda bo‘ladi. Binobarin, muvozanatsizlik haqida faqat uning alohida moddalari bo‘yicha gapirish mumkin. Uch xil saldo (qoldiq) mavjud: joriy operatsiyalar saldosi, kapital oqimi saldosi va rasmiy hisob saldosi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish